Birinchi bosqich. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bolgan davmi o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bogliq edi. Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga oshirilar edi. Bu davrda pul-kredit tizimi o‘z boshidan murakkab va og‘ir davmi kechirdi.
“Mustaqillikning birinchi yillarida 0‘zbekiston hukumati siyosiy va iqtisodiy islohotlami amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli, biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan - yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat edi”33.
Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi:
- banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan ta’minlashdagi muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki
“rubl zonasida”gi mamlakatlarga berayotgan bar bir rublini 25 foizi miqdorida tolov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 100 rublning 25 rublini qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo Isa, asta sekin bu tolov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq-ovqat mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi sababli о‘zidan olib kelayotgan mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini qo^di. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi olib ketayogan qadrsizlangan qog‘oz pullar o‘miga jahon bozorida qiymati oltin bilan olchanadigan paxta tolasi berishga majbur bolayotgan edi34;
sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlaming uzilishi bilan bogliq, shuningdek, hisob- kitoblami amalga oshirishda vujudga kelgan muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan bolsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar oltasidagi mavjud iqtisodiy aloqalarni birdan to'xtatib qoyishning imkoniyati mavjud emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablaglari bilan bogliq hisob-kitoblami tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal qilgan rubllaming keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob-kitob ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlami amalga oshirishni qiyinlashtirib yubordi. Shu bois ham, 1993 yil may oyidan mamlakatimiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari va O‘zbekiston oYtasidagi tuzilgan bitimlami qayta ко lib chiqib, tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag'ini chetlab olib, to‘g‘ridan to'g^ri hisob-kitoblami olib borishi ta’qiqlandi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi, chunki muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga oshirilib, ulami tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank tizimida, balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar vujduga kela boshladi. Natijada ular 1992 yilning may - iyun oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi.
Quyidagi jadvalda milliy valyutalami muomalaga kiritgan mamlakatlar va ulaming sanasi haqida malumotlar keltirilgan.
Buning natijasida, o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq Ittifoqning 1961 - 1992 yillar
namunasidagi rubliar qadrini yo‘qotgan “oddiy qogbz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bu jarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta hajmda chetga oqib ketishi гоў berdi.
MDHga a’zo mamlakatlari tomonidan milliy valyutalarining joriy
etilishi35
Do'stlaringiz bilan baham: |