Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari - bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablaglami tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bogliq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko‘rinishida mavjud bolgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan
dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilami kiritish mumkin.
Malumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalaming asosiy qismi bevosita risk bilan bogliq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ulaming aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ulaming daromadlarini shakllan- tirish bilan bogliq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bolsa ulaming daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori boladi va aksincha.
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablaglari, asosiy vositalar va shunga o^xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bolsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalami amalga oshirishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bogliq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablaglami daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida talddlash mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo"yilgan muddatli jamg'armalami kiritish mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlarining, shu jumladan, mikrokredit tashkilotlarini faoliyat yuritishi va tegishli xizmatlami ko‘rsatishi uchun yetarli darajadagi tashkiliy-huquqiy baza yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mikrokredit tashkilotlari o‘z faoliyatlarini yolga qo^yishlari va olib borishlariga asos bo lib hisoblanadi. Mikrokredit tashkiloti atamasi “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 3 moddasida quyidagicha izohlanadi:
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo"yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkilotlari tijorat tashkiloti sifatida tijorat banklarida hisob raqamlarini ochish orqali faoliyatini amalga oshiradi. Hisobvaraqlami ochish, yopish, boshqa banklarga ko'chirish Markaziy bankning tegishli yoliqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, suglirta, savdo- vositachilik kabi faoliyatlar bilan bevosita shug’ullanishga haqli emas. Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) berish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish kabilar shular jumlasidandir.
Shu olinda mikrolizing, mikrokredit va mikroqarzga O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunida berilgan ta’rifni keltirib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |