XIII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA
UNING TARKIBI
13.1. O‘zbekiston bank tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo‘g‘in-
dan tashkil topadi. Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida
shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul –
kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muas-
sasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan
davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat
bo‘lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va
tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat
yuritadi.
O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib,
ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.
Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank)
va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikro-
kredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 –
1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to‘g‘ri keladi.
O‘sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan
Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o‘zgartirish orqali,
iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan
banklarni tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan
islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish;
davlatning ixtisoslashgan banklarini xo‘jalik hisobi va o‘zini
o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif
etish, zamonaviy hisob – kitob shakllarini va kredit munosabatlarini
amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir.
230
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va bank-
larni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat
ko‘rsatishida, kredit va hisob – kitob munosabatlarida ayrim o‘zga-
rishlar sodir bo‘ldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega
bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurs-
larini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida
o‘z mavqiyeni deyarli yo‘qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi
davrida 1988 – 1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi
bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat
banklari vujudga kela boshladi.
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamla-
katda xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog‘onali bank
tizimi tashkil topishi yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yildi. «1991 yilning
o‘zidayoq «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika idorasi
bazasida mustaqil O‘zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va
unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi»
72
.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dast-
labki yilarida o‘z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonun asosida amaga oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, etmish
yildan ortiq markazdan rejalashtirish sharoitida faoliyat yuritib kelgan
bank tizimining maqsadi, majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi
yangidan tashkil etilgan ikki pog‘onali bank tiziminikidan tubdan farq
qilar edi. Shu jihtdan ham uning bazasida tashkil etilgan bank tizimi
oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, mam-
lakatda iqtisodiy jarayonlarni to‘xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti
sharoitiga asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish,
muomalaga milliy valyutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari
bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob – kitoblarni amalga
oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil
etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit
muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bog‘liq
vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro
bank andozalariga o‘tib bormoqda.
72
Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов таҳрири остида. Т.: Ўзбекистон, 2001.
34 б.
231
Do'stlaringiz bilan baham: |