13.2. O‘zbekiston Markaziy banki,
maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston Markaziy banki iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan,
yuridik maqomga ega tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o‘z daro-
madlari hisobidan xarajatlarni amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari
daromadlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, ushbu farq (zarar) davlat byudjeti
hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida Markaziy bank
ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag‘ (foyda) to‘lig‘icha davlat byudjeti
hisobiga o‘tkazib beriladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan
buyon hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha
hisobot yilning so‘nggida juda katta miqdordagi mablag‘ni davlat
byudjetiga o‘tkazib kelmoqda.
Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatida emission
daromad, tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash hisobidan
oladigan foizlar, hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini tasarruf
etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy me’yorlarni
buzganligi uchun undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron to‘lov
tizimidan foydalanganliklari uchun to‘laydigan to‘lovlari va boshqa
manbalarni keltirish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan O‘zbekiston
Markaziy banki qisqa muddat ichida banklarning banki sifatida juda
katta ishlarni amalga oshirdi, shuningdek, uning faoliyati takomillashib
va rivojlanib bordi. Buning natijasida uning faoliyatini amalga oshirish,
huquq va majburiyatlarini belgilaydigan alohida huquqiy hujjatni qabul
qilish zaruriyati vujudga keldi. Natijada 1995 yil 21 dekabrda
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun 9 ta bo‘lim va 60 ta moddadan iborat bo‘lib,
Markaziy bankning maqsadi, majburiyat va huquqlarini belgilaydi,
shuningdek, Markaziy bankning barcha faoliyat turlari mazkur
qonunda aniq va ravshan qilib belgilab qo‘yildi.
Mazkur qonunga ko‘ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shu-
g‘ullanishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy yordam ko‘rsa-
tishi va ularning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga
asosan Markaziy bank va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek
232
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari barcha
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi,
yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno.
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib,
to‘g‘ridan – to‘g‘ri aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi.
“Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonunning 31 – moddasida belgilangan
holatlar bundan mustasno. Unga ko‘ra Markaziy bank, qonun hujjat-
larida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va bosh-
qaruv organlari, ayrim davlat qo‘mitasi va muassasalari, shuningdek,
o‘zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy
hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalarini
amalga oshirishi mumkin.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqaror-
ligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadni amalga oshirish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi
siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali
tizimini tashkil etish va ta’minlash;
banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va
garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar,
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat
qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin – valyuta
rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda,
saqlash va tasarruf etish;
mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar
tekshiruvidan
keyin
hisobotni
keyingi
yilning
15
mayidan
kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi
va hisobot beradi.
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv
Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab
beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat bo‘ladi.
Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari,
shuningdek, bankning asosiy bo‘linma rahbarlari kiradi.
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkazib turila-
di, boshqaruv majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi va hal etiladi:
233
monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan,
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy
bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning
Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini
hal qiladi;
banknotalar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini,
shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgi-
laydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar
miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari,
mikrokredit tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy
operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya
etilishini ko‘rib chiqadi;
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va
ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyush-
malari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek
qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini
amalga oshiradi;
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi,
qayta tuzadi va tugatadi;
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib
chiqadi;
Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va
korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va
tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish,
ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning
kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga
muvofiq belgilaydi;
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib
chiqadi va hal qiladi.
234
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq,
shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror
faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank
faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida Markaziy
bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar
belgilab olindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |