Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni 
berish  yoki  olish  jarayonida  davlat  bevosita  ishtirok  etadi.  Ko‘pchilik 
hollarda  esa  davlat  kreditor  sifatida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 
kreditlar beradi.  
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning subyektlari sifatida 
davlat  nomidan  markaziy  va  mahalliy  davlat  boshqaruv  organlari 
maydonga  chiqsa,  ikkinchi  tomondan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda 
ko‘pchilik  hollarda  davlat  byudjeti  taqchilligini  qoplash  yoki  yirik 
investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  maqsadida  o‘z  nomidan 
qimmatli  qog‘ozlarni  muomalaga  chiqaradi.  Davlat  byudjetining  taq-
chilligini  qoplashda  davlat  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va 
jismoniy  shaxslar  kreditor  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Davlat  byudjeti 
taqchilligini  qoplashning  boshqa  manbalari  ham  mavjud  bo‘lib, 
ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

  amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish; 

  muomalaga  qo‘shimcha  pullarni  (xazina  biletlarini)  emissiya 
qilish; 

  Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish; 

  xalqaro kredit va moliyaviy yordam so‘rash; 

  davlatning qimmatli – qog‘ozlarini muomalaga chiqarish.  
Davlat  byudjeti  taqchilligini  qoplash  uchun  amaldagi  soliq 
stavkalari  miqdorini  oshirish  iqtisodiyot  tarmoqlarining  rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish 
hamda  xufyona  iqtisodiyotning  rivojlanishiga  moyillik  tug‘iladi. 


169 
Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush 
farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi. 
Muomalaga  qo‘shimcha  pullarni  chiqarish  hisobiga  davlat 
byudjeti  taqchilligini  qoplanishi  iqtisodiyotda  tovar  va  pul  massasi 
o‘rtasidagi  muvozanatni  ta’minlashga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ya’ni, 
pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday holatda mil-
liy  valyutaning  sotib  olish  qobiliyati  pasayadi  va  inflyatsiya  daraja-
sining ortishiga sabab bo‘ladi. 
Markaziy 
bankning 
krediti 
davlat 
byudjeti 
taqchilligini 
qoplashning  boshqa  manbalariga  nisbatan  bir  muncha  samaraliroq 
hisoblanadi,  lekin  Markaziy  bank  tomonidan  berilgan  kreditlar  asosan 
3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas. 
Davlat  byudjeti  taqchilligini  qoplashda  halqaro  kredit  va  xorijiy 
mamlakatlarning  moliyaviy  yordamini  olish  doimo  ham  ijobiy 
natijalarni  bermaydi.  Chunki,  kreditor  mamlakat  qarz  oluvchi 
mamlakatga qator shartlarni qo‘yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish 
orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o‘tkazish holatlari 
ham  amaliyotda  uchrab  turadi.  Shuning  uchun  davlat  byudjetining 
taqchilligini  qoplashning  eng  qulay  usuli  davlatning  qimmatli 
qog‘ozlarni  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  sotish  orqali  kredit  olishi 
hisoblanadi.  Shu bilan  birga,  alohida  ta’kidlash  lozimki,  davlat  krediti 
faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni 
tiklash  (asosan  tabiiy  ofatlar  yoki  urushlardan  so‘ng),  mamlakatda 
ijtimoiy  –  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qurilish  ishlarini  bajarish 
yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq 
muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish