165
kreditni taqdim etish muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga
(3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, asosan bunday tasniflanish kredit subyektlari o‘rtasida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek,
uning e’tiborli jihati material qiymatni o‘zida aks ettirganligi bo‘lib,
amaliyotda taqdim etish bilan bog‘liq holatlarni o‘zida namoyon etishi
hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manba-
larga tayanib, kreditning
a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari
mavjudligini ta’kidlash mumkin.
Kreditning
tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit
bilan bog‘liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida
rivojlangan. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha,
kreditning tovar shaklida u asosan buyum ko‘rinishida taqdim etilib,
qarzdor kreditorning kreditini qoplashda xuddi shu miqdordagi
buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko‘ra, kreditning ushbu shakli
antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga
kelgan va rivojlangan
51
.
Hattoki, o‘sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit”
iqtisodiy kategoriyalari o‘rtasidagi bir – biriga o‘xshashlik va farqlar
xususidagi ayrim fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala
hozirgi kunda ham iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o‘rtasidagi
munozarali holatlardan hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va
“kredit” o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud emasligini ta’kidlashsa,
ikkinchi guruh olimlari buni inkor etadilar.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o‘sha davrning huquqshunoslari
“ssuda” va “kredit” (qarz) o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlab
berishga urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar
shaklida kredit oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu
tovar yoki buyumni kreditorga taqdim etishi zarur bo‘ladi. Masalan,
qarzdor kreditga otni olgan bo‘lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan
shu ot unga qaytarilishi zarur bo‘ladi.
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o‘rniga shunga
o‘xshash turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof
etishadi. Masalan, tovar shaklida olingan bug‘doyning o‘rniga shu
navdagi va miqdordagi bug‘doy yoki boshqa mahsulot bilan
qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi.
51
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби, Проспект,
2008. С. 517.
166
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditning tovar shaklidagi jihatlari
bo‘yicha ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo‘lish
mumkin. Yuqorida kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli
o‘laroq, professor V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan
darslikda
52
, kreditning tovar shaklida mashina, stanok va boshqa
jihozlarga to‘lovni kechiktirish, ularni ijraga va hatto lizingga berish
ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu yerda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini
uning turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar
o‘rtasida pul munosabatlari vujudga kelib, to‘liq taraqqiy etgan
vaqtgacha qo‘llanilgan, keyinchalik ushbu kredit pul – tovar
ko‘rinishida qo‘llanilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat
taqsimotining tobora takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida
uning
pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. Kreditning pul
shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari
xususida batafsil to‘xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas.
Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini
tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to‘lovlilik, mud-
datlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O‘z o‘rnida qarzdor ham
ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli to‘lovlar
asosida kreditorga pul ko‘rinishida qaytaradi.
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo‘lganligi tufayli
kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida
kreditining tovar shakli o‘z o‘rnini sekinlik bilan kreditning pul
shakliga bo‘shatib berdi.
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning
Do'stlaringiz bilan baham: