Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda
qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni
ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas
60
http://ru.wikipedia.org/wiki
61
Лаврушин О.И. Банковские дело. М.: Ф и С, 2005. С. 486.
62
Нешитой А.С. Финансы и кредит. М.: Биржа и банки, 2006. С. 571.
63
Мўминова Э.А. Тижорат банкларида ипотека кредити рискларини самарали бошқариш
масалалари. и.ф.н. даражасини олиш бўйича тайёрланган диссертация иши. Т., 2010.
174
bog‘liqdir. Tijorat kreditining obyekti bo‘lib – savdo kapitali
hisoblanadi.
Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning
to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida
ta’kidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan
barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda
sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‘rsatgan
xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda ma’lum
muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan
bo‘lib, ushbu muddatdan kechiktirmasdan qo‘shimcha foiz to‘lovlari
bilan to‘lanishi lozim.
Oldingi bo‘limda ta’kidlanganidek, veksel kredit puli bo‘lib, ular
“oddiy” va “murakkab” (o‘tkaziladigan) turlariga bo‘linadi. Oddiy
veksel bu veksel egasining unda aks ettirilgan mablag‘ summasini
ko‘rsatilgan muddatda vekseldor shaxsga to‘lab berishi to‘g‘risidagi
majburiyatnomasidir.
Murakkab veksellar uchinchi shaxslarga ham
o‘tkazish
imkoniyatini beradi, ya’ni vekseldor shaxs ushbu vekselni uchinchi
shaxsdan tovar sotib olish uchun o‘tkazishi (berishi) mumkin. Bunday
veksellar vekseldor shaxsning unda ko‘rsatilgan mablag‘larni
belgilangan muddatda uchinchi bir shaxsga to‘lanishini aks ettiruvchi
veksel egasiga buyrug‘idir.
Vekseldor shaxslar istalgan ushbu veksellar evaziga tijorat
banklaridan pul shaklidagi kredit olish huquqiga egadir. Veksellar
tijorat banklar tomonidan ma’lum to‘lov evaziga qabul qilinishi yoki
veksel garovi evaziga kredit berishlari mumkin. Shu tariqa tijorat
kreditlari bank kreditiga aylanadi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo‘jalik krediti
sifatida ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan
bog‘liq iqtisodiy jarayonlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida
amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar
yoki pul ko‘rinishida berilishi mumkin. Tijorat kreditida kreditning
obyekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga to‘lovlarni kechiktirish yo‘li
bilan veksel asosida beriladi. Uning subyektlari ish yurituvchilar
hisoblanadi. Bir ish yurituvchi mahsulotlarini boshqa bir ish
yurituvchiga kreditga sotayapti. Kreditning maqsadi bo‘lib tovarlar
doiraviy aylanishini tezlashtirish hisoblanadi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |