Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

R=Dr+Do+P+S+A  
bu yerda: 
– bank krediti bahosi; 
Dr – bankning jalb qilingan resurslari bahosi; 
Do - tijorat banki operatsion xarajatlari qismi;  
P - kredit riski bo‘yicha ustama; 
S - bank marjasi;  
A- bank tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar. 
Tijorat  banklarida  kredit  bahosi  shakllanishiga  bankning  jalb 
qilgan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlarning 
ish haqi xarajatlari, kreditni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit 
monitoringi,  kreditlar  bo‘yicha  tashkil  qilinishi  mumkin  bo‘lgan 
maxsus  zaxiralar  bilan  bog‘liq  boshqa  xarajatlar  sezilarli  ta’sir  etadi. 
Shu  bilan  birga,  tijorat  banklari  kredit  portfeli  tahlili  asosida  riskli 
tarmoqlar aniqlanishi va kredit riski bo‘yicha ustamaning kredit bahosi 
shakllantirilishida hisobga olinishi maqsadga muvofiq.  
Kredit  foiz  stavkalari  hisoblash  usuliga  muvofiq  oddiy  va 
murakkab  foiz  stavkalariga  bo‘linadi.  Oddiy  foiz  stavkasida  foizlarni 
hisoblash  asosiy  qarzning  qoldiq  summasidan  kelib  chiqqan  holda 
amalga  oshiriladi.  Murakkab  foiz  stavkasida  esa,  hisoblangan  foizlar 
asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib foizlar hisoblanadi.  
To‘lash  shakliga  ko‘ra,  foizlar  oddiy  va  diskontlangan  shaklda 
bo‘lib, oddiy foizlarda kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash olingan kreditni 
qaytarish  grafigiga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Diskontlangan  foizlar 
esa,  kredit  berilgan  vaqtda  ushlab  qolinadi  va  jadval  asosida 
shartnomada qayd etilgan muddatda asosiy qarz summasi qaytariladi. 
Inflyatsiya  darajasini  hisobga  olgan  holda  kredit  foiz  stavkalarini 
nominal va real foiz stavkalariga ajratamiz. Nominal foiz stavkasi rasmiy 
e’lon  qilinadigan  va  shartnomalarda  belgilanadigan  foiz  stavka  bo‘lib 
hisoblansa, real foiz stavkasida inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.  
Tijorat  banklari  va  mijozlar  o‘rtasida  tuziladigan  kredit  shartno-
masida  iqtisodiyotda  yuz  beradigan  inflyatsion  ta’sirini  foiz  stavka-
larining  o‘zgarishi  hisobga  olinishi  lozim.  Bu  esa,  tijorat  banklari 


182 
kreditlari  va  ulardan  olinadigan  foizli  daromadlarning  o‘zgarishiga 
ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Suzib  yuruvchi  foiz  stavkalarni  qo‘llashni 
shartnoma  shartlari  sifatida  kiritish  orqali  bank  faoliyatida  oid 
stavkalari  o‘zgarishi  riski  kamaytiriladi  va  uni  samarali  boshqarishga 
yordam beradi.  
Tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash 
davriyligiga  muvofiq,  antisipativ  va  dekursiv  stavkalarga  ajratiladi. 
Antisipativ  foiz  stavkasida  kreditlar  bo‘yicha  hisoblangan  foizlar 
belgilangan davrning boshida mijozlardan undirib boriladi. Antisipativ 
foiz  stavkasi  rivojlangan  mamlakatlar  bank  amaliyotida  inflyatsiya 
yuqori  bo‘lgan  sharoitda  kreditlar  qadrsizlanishining  oldini  olish 
maqsadida  qo‘llaniladi.  Jahon  amaliyotida  kredit  foizlarini  to‘lashda 
keng  tarqalgan  usullardan  biri  dekursiv  stavkasi  orqali  amalga 
oshiriladi.  Dekursiv  foiz  stavkasi  qo‘llanilganda  hisoblangan  foizlar 
belgilangan davr oxirida to‘lanadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bank  kredit  bahosi  o‘ziga  xos 
funksiyalarni bajaradi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish