Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 


156 
 
 
 
IX BOB. KREDITNING ZARURLIGI, FUNKSIYALARI,
SHAKLLARI VA TURLARI
 
9.1. Kreditning zarurligi va mohiyati 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan 
muhim ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri 
kredit munosabatlari
hisoblanadi.
Kredit bu 
kreditor va kredit oluvchi
o‘rtasida tuzilgan ssuda 
bitimiga asosan, kreditor tomonidan kredit oluvchilarga pul yoki tovar 
shaklidagi moddiy ne’matlarni ma’lum bir muddatga uning qiymatini 
qaytarib berishi va foydalangan davri uchun qo‘shimcha to‘lov (foiz) 
to‘lanishini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlardir. Demak, bu 
sharoitda kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib kreditor va kredit 
oluvchilar hisoblansa, uning obyekti bo‘lib tuzilgan bitimga binoan 
ma’lum muddatga foydalangani uchun berilgan pul yoki tovar 
shaklidagi moddiy buyumliklar hisoblanadi. Kreditning maqsadi bo‘lib 
foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish hisoblanadi. 
Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, pul mablag‘larining 
samarali ishlashiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxs-
larning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf qilmasdan qo‘shimcha pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy 
adabiyotlarda 
kredit 
munosabatlarining 
yuzaga 
kelishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar aks ettirilgan. 
Birinchidan
, ishlab chiqarish jarayonida kapitalning aylanish 
davrining turlichaligi. Ma’lum bir tovarni ishlab chiqarish davri bir 
necha soatni tashkil etsa, boshqa bir tarmoqda bu davr (P–T–I/Ch–T
1

P
1
) bir necha oylar hattoki yillarni tashkil etishi mumkin. Bu sharoitda 
qaysi tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish davri qisqa bo‘lsa ular 
bozorda sotuvchi sifatida tayyor, lekin boshqa bir tarmoqda ishlab 
chiqarish davri uzoqroq davom etsa ular bozorda sotib oluvchi sifatida 
tayyor bo‘lmaydi. Bu sharoitda ular tovarlarni kredit hisobidan sotib 
olishga yoki banklardan kredit olib mahsulot sotib olishga maj-
burdirlar.


157 
Ikkinchidan
, kapitalizmga kelib ishlab chiqarilgan tayyor mahsu-
lotlar hajmining keskin oshishi. Masalan, mehnat taqsimotining 
dastlabki davrlarida bir etikdo‘z bir juft etik tiksa uni kreditsiz bemalol 
sotishi mumkin edi. Biroq kapitalizm sharoitida oyoq kiyim fabrikasida 
bir kunda bir necha yuz minglab etik ishlab chiqarila boshladi. Bu esa 
o‘z navbatida mahsulotning bir qismini kreditga sotish zaruriyatini 
vujudga keltirdi. 
 Uchinchidan
, kapitalizm davrida mahsulot ishlab chiqaruvchilar 
va iste’molchilar orasidagi masofaning uzayishi. Avvallari etikdo‘z 
tikkan etigini shu kunning o‘zida sotgan bo‘lsa, endi bir mamlakatda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa davlatlarda sotilmoqda. Bu esa 
o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchining mahsuloti sotilgunga 
qadar (T
1
–P
1
) ma’lum bir davrni talab etadi. Bu davrda ishlab 
chiqaruvchi tovarlarni sotguncha o‘z faoliyatini yuritib turishi uchun 
kreditdan foydalanishga majbur bo‘ladi. 
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida 
bevosita yoki bilvosita alohida ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida 
o‘rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so‘zi lotincha 
“creditum”
– 
ssuda, qarz so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi 
olimlar “
credo”, 
ya’ni “
ishonaman
” degan ma’noni anglatishini qayd 
etadi
42
. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan subyekt-
larning bir – biriga bo‘lgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda 
kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan 
“ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi. 
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun 
birgina ishonchning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kredit va kredit 
munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday 
bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro 
iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz 
oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu muno-
sabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, 
ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish 
jarayonini uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaat-
dorlikka erishishdir.
42
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби, 
Проспект, 2008. С.410. 


158 
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini 
vujudga kelishi va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy 
manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omil-
lar bilan belgilanadi: 
– kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy 
manfaatdorligini ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz 
to‘lovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluk-
sizligini ta’minlash orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi; 
– iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar ssuda kapitali 
sifatida jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi; 
– iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi. Bunda ayrim 
tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari vujudga kelsa, 
boshqalarida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu 
jarayon kredit orqali tartibga solinadi; 
– ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha mo-
liyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali 
qondiriladi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifa-
tida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisob-
lanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlani-
shining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan 
bo‘lsak – kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital 
muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular 
yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflarni 
shakllantirgan. Xususan, Shegorsov V.A. tahriri ostida tayyorlangan 
darslikda, “Kredit – qaytarish va to‘lov sharti bilan qarzdorga 
vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag‘i yoki moddiy buyum 
ko‘rinishida 
berish 
jarayonida 
vujudga 
keladigan 
iqtisodiy 
munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifi shakllantirilgan
43
.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda 
kreditning mohiyatiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, 
kredit ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, iqtisodiy 
kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda 
43
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов/ Под. ред. В.А.Щегорцова. М.:ЮНИТИ – ДАНА, 
2005. С.176. 


159 
emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati 
jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks 
ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga kelish 
asosiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi
44
.
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar “Pulli (tovarli) kredit to‘lov 
asosida amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi 
o‘zaro harakatining yig‘indisir.”, degan ta’rifni berishgan
45
.
O‘zbekistonlik iqtisodchilardan professor Sh.Abdullayeva tomo-
nidan nashr ettirilgan darslikda: “Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddat-
ga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan 
kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir” tarzidagi ta’rif 
berilgan
46
.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ko‘rinib 
turibdiki, bu borada iqtisodchi olimlarning fikrlari bir – biridan sezilarli 
darajada farq qiladi. Shu bois, 
“Kredit – tegishli tamoyillar asosida 
(qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) 
qiymat va moddiy buyum ko‘rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga 
taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir shaklidir”
tarzidagi 
ta’rifni shakllantirishga jazm etdik. 
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‘liqroq ochib berishda 
uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit 
munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini 
ochib berishda kreditning subyektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. 
Kreditning subyektiv mohiyati bir – biriga bog‘liq bo‘lgan 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish