O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangiyer filiali
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
Umumiy fanlar kafedrasi
Falsafa fanidan tayyorlangan prezentatsiya
mavzu:Falsafiy dunyoqarashning mohiyati
topshirdi: 21-20KT guruhi talabasi M.A.Hamzaliyev
tekshirdi: Tarix fanlari nomzodi, dotsent F.u.O’sarov
Yangiyer shahri – 2022 yil
mavzu:Falsafiy dunyoqarashning mohiyati
reja:
- Kirish
- Asosiy qism
1. “Dunyoqarash” tushunchasi, uning mohiyati va tuzilishi
2. Falsafiy dunyoqarash
3. Falsafaning asosiy funktsiyalari
4. Falsafaning ilmiyligi muammosi
iii. Xulosa
iV. Foydalanilgan adabiyotlar
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o’rniga, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga munosabatiga bo’lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog’liq
“Dunyoqarash” tushunchasi, uning mohiyati va tuzilishi
Falsafaning
asosiy
funksiyalari
Dunyoqarashlik funksiyasi
Ontologik funksiyasi
Metodologik funksiyasi
Gnoseologik funksiyasi
Ijtimoiy funksiyasi
Aksiologik funksiyasi
Evristik funksiyasi
Dunyoqarash – inson ongining zaruriy qismidir. Biroq u ongning elementlaridan biri emas, ularning murakkab yig‘indisidir. Bilimlar, e’tiqodlar, fikr-mulohazalar, kayfiyatlar, his-tuyg‘ular dunyoqarash strukturasidan joy olar ekan, kishilarning olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini, tushunchalarini vujudga keltiradi.
Dunyoqarash – integral tuzilma bo‘lib, uning barcha elementlari o‘zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida esa eng asosiy o‘rinni umumlashtirilgan bilimlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik bo‘lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Ulardan tashqari dunyoqarash strukturasida qadriyatlar ham alohida ahamiyatga egadir.
Ko‘rinib turibdiki, inson dunyoqarashi ikki mustahkam asosga tayanadi: ulardan biri bilimlar bo‘lsa, ikkinchisi qadriyatlardir. Xullas, dunyoqarash – qarashlar, baholar, prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib, uning eng asosiy komponentlari bilim, e’tiqod va xulq-atvordir.
Dunyoqarashning boshqa shakl va tiplaridan farqli o‘laroq falsafaning barcha g‘oyalari nazariy jihatdan asoslangan, mantiqan izchildir. Faylasuf esa nafaqat ana shunday dunyoqarash sohibi, balki dunyoqarashning strukturasini tahlil qilishni o‘ziga kasb etgan zotdir.Dunyoqarash – bilimlar va qadriyatlar, intelekt va his-tuyg‘ular, e’tiqodlar va gumonlar yig‘indisidir. Shuning uchun ham uning uch tomoni mavjud: dunyoni his etish, dunyoni tushunish, dunyoni idrok etish. Sistemaliligi, “izchilligi”, g‘oyalarning asoslanganligi holatiga qarab dunyoqarashni ikki darajaga bo‘lamiz: hayotiy-amaliy dunyoqarash va nazariy dunyoqarash
Falsafa – borliq, turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistemasidir. Ushbu ta’rif “dunyoqarash” tushunchasiga berilgan ta’rifga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki dunyoqarashning tarixiy tiplari bir-biridan predmeti bilan emas, uni anglash usullari bilan farqlanadilar. Falsafa – donishmandlik haqidagi ta’limotdir, shu boisdan u, biz ta’kidlab o‘tganimizdek, olamni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinadi.Dunyoqarashni, ayniqsa falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda ham yurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o‘zi ulug‘ olam (olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta’kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo‘lagi sifatidagina emas, borliqning o‘ziga xos shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan uning farqi shundaki, u o‘ylash va bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg‘urish, orzu qilish va baxtli bo‘lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzusini tashkil etadi.
Olam va odam orasidagi munosabatlarni o‘rganishni falsafaning asosiy masalasi deb ta’kidlashga asos bormikan? Faylasuflarning ko‘pchiligi bu masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga intilmagan bo‘lsalarda, bir narsa oydek ravshan bo‘lib turibdi: olam va odam orasidagi munosabatlar muammosi o‘ziga xos xarakterga ega.
“Olam-odam” munosabatlarini uch asosiy tipga bo‘lish mumkin: gnesiologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O‘z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prinsipal ahamiyatga ega bo‘lgan uch savolni aytib o‘tgan edi. Ular quyidagilar: “Nimani bilishim mumkin?”, “nima qilishim kerak?”, “Nimaga umid qilishim mumkin?”. Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo‘lgan munosabatlarining uch tipiga mos tushiga ishonch hosil qilamiz.
Falsafaning shakllanishi – nazariy tafakkur tarixida yagni bosqich bo‘ldi. O‘zga bilim sohalariga nisbatan keyinroq yetuklikka erishgani tufayli falsafa uzoq yillar davomida universal nazariy bilim sifatida hukm surdi. Aristotelning fikriga ko‘ra, alohida fanlar borliqning konkret shakllarini o‘rgansalar, falsafa eng umumiy prinsiplarni aniqlashga intiladi. Kant esa falsafani turli bilimlarning sintezi deb hisoblardi.
Nazariy – falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o‘z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof – muhitni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tashlashga harakat ham qiladi
Falsafiy dunyoqarash – nazariy sistemalashtirilgan, izchil, asoslangan qarashlar yig‘indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy masalasi ana shu ikki qutb orasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq etishdan iborat. Bu masala bir necha savollar turkumiga bo‘linadi va olamni falsafiy bilishga undaydi
Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi.Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi.
Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy qonunlarini o’rganadi.
Falsafaning gnoseologik funktsiyasi.Falsafa inson-ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi.
Falsafaning gnoseologik funktsiyasi. Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi.
Falsafaning ijtimoiy-aksiologik funktsiyasi. Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Yigirmanchi asrning eng katta ijtimoiy illatlaridan biri bo‘lmish begonalashuv inson ma’naviy dunyosiga ayniqsa katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda bu illat milliy qadriyatlardan benasib bo‘lib qolishda, qiyofasiz qiyofalarning, manqurtlarning katta avlodi shakllanishida namoyon bo‘ldi. Shu munosabat bilan insonparvar, demokratik jamiyat barpo etilayotgan bugungi kunda mustaqil shaxsni shakllantirishda muhim ahamit kasb etadigan falsafiy dunyoqarashning qimmati yanada oshdi.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlanmasidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar ajralib chiqa boradi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammolarini birinchi bo’lib aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi. Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “BUYUK KELAJAK SARI” nomli 1998 yilda “O‘zbekiston” nashriyot matbaa uyushmasi tomonidan nashr etilgan kitobning 441- va 442- sahifalarida aynan falsafa faniga alohida to‘xtalib o‘tib, falsafiy dunyoqarashning tamoyillari haqida ta’kidlab o‘tganlar.
- Al- Kindiy, Gazzoliy, Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni, G’arb allomalari I.Kant, F.Gegel, L.Feyerbax, A.Shopengauerlar
ning nomlarini tilga olmasdan bo’lmaydi. Dunyoqarashning ikkita darjasi mavjuddir. Birinchisi, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa - Dunyoqarashning ikkita darjasi mavjuddir. Birinchisi, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa
- Ikkinchisi ilm-fan tufayli to’plangan nazariy bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |