Darsni kuzatish
Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir:
- dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib o‘qituvchi yoki
muhandis-pedagoglarni, o‘quvchilarni turli savollarga jalb etmaslik;
- savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish;
- dars paytida o‘quv xonasi, ustaxonasida yurish, daftarlarga qarash va
o‘quvchilarni turli savollar bilan chalg`itmoq mumkin emas;
- darsga kech kirish va qo‘ng`iroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas;
- dars jarayonida kuzatuvchi o‘qituvchining ishiga aralashishiga haqi yo`q,
xattoki o‘qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo`l qo‘ysa ham (dars
materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida hatoga yo`l qo‘ygan paytlarda). U
barcha kamchilik va hatolarni darsdan so‘ng ko‘rsatib o‘tishi mumkin.
- kuzatuvchi diqqat va e’tibor bilan darsni kuzatishi lozim va tez tanqidiy
nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak.
Kasb-hunar kollejlarida hozirgi zamon darsini tahlil qilishda shuni bilmoq
zarurki, qaysiki uni quyidagi tomonlariga e’tiborni qaratmoq zarurdir:
- darsning aniq maqsadini belgilash va buni dars jarayonida amalga oshirish;
- dars maqsadi va uslubini hozirgi zamon fani va texnikasiga mos kelishi;
- fan va texnika rivojini dars jarayonida ko‘rsata bilish;
- o‘quvchilarni tushunish va bilish faolligini oshirish, ularning olgan bilmlarini
mustaqil ko‘rsata bilishiga o‘rgatish;
- dars materialini ilmiy isbotlangan holda tanlash, dars maqsadiga mos xolatda
va o‘quvchilarning qobiliyatini hisobga olgan holda material miqyosini aniqlash,
darsda ilm olish vazifasini va o‘quvchilarning mustaqil ishlarini aniq belgilashdan
iboratdir.
Kasb-hunar kollejida nazariy darsda 4 -ta dars maqsadi belgilanar ekan,
darsning tahlilida shu maqsadlarning qanday amalga oshirilganligi va ularning
qanday amalga oshirish usullari aniq ko‘rsatilgan bo‘lmog`i zarur.
Ta’limiy maqsad o‘qituvchilarda yangi tushunchalar va xarakat usullarini, kasb
bilimlari tizimini egallashga chorlaydi. Unda aniqliklar bo‘lishi shart. Buni
quyidagicha amalga oshirish mumkin. Eng avvalo o‘quv dasturining talablarini
hisobga olish kerak. O‘quvchilarning bilim hajmi va ko‘nikmalarini, ularning ilmga
bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmoq kerak.
O‘qituvchi dars rejada o‘tilgan materialni so‘rash uchun va yangi materialni
bayon qilish uchun savollar tuzar ekan, o‘quvchilarga mustaqil ishlar belgilash yo`li
bilan ta’lim maqsadini dars jarayonida amalga oshirish yo`llarini rejalashtiradi. Dars
KASBIY TA’LIM METODIKASI
97
jarayonida ta’lim maqsadini amalga oshirilishini kuzatish uchun dars materialini
o‘quv dasturi asosida aniqlamoq kerak. Dars materialinining mazmunining
ilmiyligini, hozirgi zamon talabiga mos kelishini baholamoq darkor. Pedagogning
darsda qanday metod va uslublardan foydalanishiga etibor bermoq kerak.
O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga dars materialini etarli va qoniqarli
tushuntirdimi, o‘quvchilar diqqatini dars materialidagi asosiy tushuncha va
muammolarini to‘play oldimi, materialni aniq misollar va faktlar asosida tushuntira
oldimi, materialda ko‘rsatilayotgan voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini
yorita olishini hisobga olmoq kerak.
Dars tahlilida muhim narsa dars jarayonida oldinga qo‘yilgan maqsadni
amalga oshirishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish usulini baholashdir: texnik
vositalar, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar.
Darsni tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashini baholash muhim
o‘rinni egallaydi, qaysiki mustaqil ishlash o‘quvchilarga darsning qiyin davrida va
qanday maqsad bilan berildi-buni aniq baholash ham katta ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy maqsad o‘quvchilarda aniq shaxsiy hususiyatlarni shakllantirshga
qaratiladi. Bu hususiyatlar o‘quvchilardagi kichik mutaxasisslarning axloqiy
sifatlari, mehnatsevrligiga e’tiqod va xalq ishiga tayyor turishdan iboratdir.
O‘qituvchi shuni yaxshi bilmog`i zarurki, dars doim o‘quv-tarbiya ishining
asosiy shakli bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Tarbiyani o‘z ichiga olmagan darslar bo‘lmaydi. SHuni aytish o‘rinli va savol
tug`iladi: “Har qanday dars tarbiyaviy kuchga egamiq”. L.N. Tolstoy ta’kidlaydiki,
tarbiyasiz bilim bo‘lmaydi. Masala shundaki, qanday shaxsiy xususiyatlar
tarbiyalanadi. Bu o‘qituvchi tomonidan turli yo`llar va usullar yordamida amalga
oshiriladi. Eng muhimi tarbiyani dars mazmuni va uning tashkil qilinishi jarayonida
amalga oshiriladi. O‘qituvchining dars rejasida o‘quvchilarning tarbiyalashga
qaratilgan maqsadlar shu darsda amalga oshirish uchun mo‘lljallangan bo‘lmog`i
kerak.
O‘quvchilar dars jarayonida mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqealarni
anglamoqlari, har kungi o‘zgarishlarni va jamiyat boyligini ko‘paytirish uchun
barchaning harakati zarurligini anglamoqlari va bilmoqlari kerak. Dars mazmunini
tahlil qilishda darsning o‘quvchilarga ko‘rsatgan tarbiyaviy ta’sirchanligi nuqtai
nazardan qarash kerak.
Dars maqsadlariga baho berishda asosiy maqsadni o‘qituvchining
o‘rganilayotgan mavzuni jamiyat uchun qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatishiga
qaratgan harakatini ko‘rsatib, o‘tishi zarur. Nazariy darslarda darsning tarbiyaviy
maqsadlarini amalga
oshirish yo`llarini belgilashda o‘qish va tarbiya tizimi birligini hisobga olishga
diqqatni qaratmoq kerak. SHuni nazarda tutish kerakki, darsda tarbiya ta’sirchanligi
KASBIY TA’LIM METODIKASI
98
oldindan belgilangan bo‘lib, u bir nechta o‘zaro bog`langan va xarakatdagi
pedagogik va psixologik faktorlardan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |