6
2 - MA’RUZA.
MEXANIKAVIY YUK KO‘TARUVCHI VA TASHUVCHI
TRANSPORT QURILMALARI
Reja:
1.Tavsiflanishi. Ishlatilishi.
2.Tasmali konveyerlar.
3.Tasmali konveyerlarni hisoblash.
4.Zanjirli konveyerlar.
5.Elevatorlar.
6.Osma konveyerlar.
7.Vint (shnek) li konveyerlar.
8.Rolikli konveyerlar.
1.Sanoatning o‘rmon va yog‘ochsozlik, sellyuloza va qog‘oz
soxalarida korxona va sex ichida ishlarni bajarishda har xil transport
vositalaridan foydalaniladi. Ular yuklarni bir joydan ikkinchi joyga
tashib beradi, ko‘tarib beradi, tushirib qo‘yadi va xokazo.
Ko‘tarish- tashish mashinalari (PTM) o‘zlarining ikki asosiy
belgilariga qarab quyidagicha tavsiflanadi: xarakatlanish (ta’sir qilish)
xususiyatiga
ko‘ra;
tashiladigan
yuk
traektoriyasi
(chizig‘i)
ko‘rinishiga ko‘ra.
PTM lar o‘zining birinchi belgi, xususiyatiga ko‘ra uzluksiz va
davriy ravishda ishlaydigan mashinalarga bo‘linadi. Davriy shaklda
ishlaydigan mashinalar yukni ortish va tushirishda o‘z harakatini
ma’lum vaqt to‘xtatib turadi va keyin yana davom ettiradi.
Bularga misol qilib ko‘tarma kranlar, elektr- va avtoyuklagichlar
(elektro- i avtopogruzchiki) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. YUk
tutib olish (zaxvat) yoki uni bo‘shatishda o‘z harakatini to‘xtatmay
ishlaydigan mashinalarga uzluksiz ishlovchi mashinalar deyiladi.
Bunday turdagi PTMlarga har xil konveyerlar, elevatorlar va boshqa
shunga o‘xshash qurilmalar kiradi.
Yukni surilish, xarakat qilish traektoriyasiga ko‘ra PTMlar
quyidagicha bo‘ladi: yukni tik (vertikal) yoki biroz qiyalik bo‘yicha
tashuvchi qurilmalar; yukni gorizontal tekislik(yoki biroz og‘ma)
bo‘yicha tashuvchi qurilmalar; yuklarni ham vertikal, ham gorizontal
yo‘nalishda tashiydigan qurilmalar.
7
Yukni faqat vertikal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha harakatga
keltiruvchi qurilmalar
ko‘targichlar deb ataladi.
Yukni fakat gorizontal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha
harakatga keltiruvchi qurilmalar tashuvchi mashinalar deb ataladi.
Bularga konveyerlar va transporterlar kiradi.
Konveyerlar ham, trasporterlar ham uzluksiz yoki ozgina
to‘xtab turish orqali xilma-xil texnikaviy operatsiyalarni bajara oladi.
YUklarni ham vertikal ham gorizontal tekisliklar bo‘yicha
tashuvchi qurilmalar yuk ko‘tarish mashinalari deb ataladi. Masalan,
yuk ko‘taruvchi kran, avtoyuklagich yoki elektroyuklagichlar.
Sellyuloza va yog‘ochsozlik korxonalarida yuk ko‘taruvchi
mashinalar asosan xom ashyo omborlarida ishlatiladi, tashuvchi
mashinalar esa sex va sexlararo maydonlarda qo‘llaniladi. Tashuvchi
kurilmalardan, asosan xom ashyoni tashib keltirish va tayyor
maxsulotlarni olib ketish ishlarida foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: