Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana05.11.2020
Hajmi0,53 Mb.
#51789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
etilenvinilatsetat ishlab chiqarish texnologiyasini organish

Fizik xususiyatlari 

Xolati  


Rangsiz suyuqlik 

Molyar massasi 

60,05 g/mol 

Zichligi


 

1,0492 g/sm³ 



Termik xususiyatlari 

T. suyuq.

 

16,75 °C 



T. qay.

 

118,1 °C 



T. chaq.

 

103±1 °F



[3]

 i 39±6 °C

[4]

 

 



 

 

 

 

12 


 


TEXNOLOGIK QISM 

VINILLASH JARAYONLARI KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI  

Hozirgi kunda organik birikmalarning vinil hosilalari kimyo sanoatida, 

iqtisodiyotda, qimmatbaho monomerlar va yarim tayyor maxsulotlar sifatida keng 

miqyosda qo’llanilmoqda. Undan tashqari bunday moddalardan maxsus xususiyatli 

polimerlar, sorbentlar, insektitsidlar, bo’yoqlar, pigmentlar, dorivor preparatlar, 

fotosezgir materiallar, biologik faol moddalar, shuningdek rangli plyonkalar, 

plastiklar, turli metall ionlarini aniqlashda analitik reagentlar sifatida, 

termostabillovchi tolalar olishda ham foydalaniladi. 

Ba’zi bir gidroksil guruhi tutgan halqali birikmalarni, atsetilen spirtlari va 

diollarining oddiy va murakkab efirlarini sintez qilishning turli usullari ma’lum. 

Bular ichida eng ko’p qo’llaniladigan va qulay usullardan biri–tarkibida gidroksil 

guruhi tutgan organik birikmalarni (spirtlar, fenollar, karbon kislotalar va 

boshqalar) atsetilen ishtirokida bir bosqichli vinillash reaktsiyasidir. 

Ma’lumki, gidroksil guruhi tutgan organik birikmalarni vinil efirlari yuqori 

bosimda atsetilen yoki monoalmashingan atsetilen birikmalari bilan vinillash 

reaktsiyalari natijasida yetarlicha yuqori unum bilan sintez qilinadi. Bunday 

jarayonlarni olib borish uchun kamyob, qimmatbaho apparatlar talab qilinadi. 

Yuqori bosimda atsetilen va uning hosilalari portlovchan va yonuvchan xossalarga 

ega bo’lganligi tufayli texnika xavfsizligiga ham qat’iy rioya qilish talab etiladi. 

So’nggi yillarda organik sintezda faol vodorod atomi tutgan moddalarni 

atsetilen birikmalari ishtirokida vinillashda yuqori asosli sistemalarni 

qo’llanilishiga tobora qiziqish ortib bormoqda. Katalizator -  erituvchi 

sistemasining muhim roli shundaki, ikki yoki bir necha asos xossali 

komponentlarning sistemada sinergik xususiyati metall ionlarini hajmiy kompleks 

kationga o’tishi, zaryadlarning delokallanishi orqali anionlarning asosligini keskin 

oshiradi. 

Yuqori molekulyar birikmalarning kelib chiqishi, asosiy zanjirning tarkibi, 

makromolekulaning tuzilishi, olinishi, qayta ishlash usullari va  

13 

 



boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Kelib chiqishiga qarab tabiiy va 

sintetik polimerlarga bo’linadi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, kraxmal, tabiiy 

ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar hamda kimyoviy yo’llar bilan boshqa shaklga 

aylantirilgan (modifikatsiyalangan) tabiiy polimerlar, masalan, nitrotsellyuloza, 

atsetiltsellyuloza kiradi. 

Sintetik polimerlarga monomerlardan olingan: polipropilen, polistirol, 

polietilen, butadienli kauchuk, fenol va aminoformaldegidli, epoksidli, poliefirli, 

poliamidli va boshqa smolalar kiradi 

Makromolekula asosiy zanjirning kimyoviy tarkibiga qarab barcha 

polimerlar uch guruhga bo’linadi. Agar makromolekula asosiy zanjirining tarkibi 

uglerod atomlaridan tashkil topgan bo’lsa, ular organik polimerlar deyiladi 

(kauchuklar, polilefinlar, poliamidlar, poliefirlar, poliuretanlar va boshqalar). 

Asosiy zanjir kremniy, bor, titan, fosfor, alyuminiydan tuzilgan (ko’pincha ular 

kislorod orqali bog’langan bo’ladi) va ularga organik radikallar birikkan bo’ladi. 

Bunday polimerlar element organik polimerlar deyiladi (polisiloksanlar, 

titanoksanlar, alyumoksanlar). Agar asosiy zanjirda va yon zanjirlarda ham uglerod 

atomi bo’lmasa anorganik polimerlar deyiladi. Har qaysi sinflar yana gomozanjirli 

va geterozanjirli polimerlarga bo’linadi.  

Gomozanjirli polimerlarda asosiy zanjir bir xil element atomlaridan tashkil 

topgan bo’ladi. Geteroza zanjirida esa asosiy zanjir turli element atomlaridan 

tashkil topadi. Organik gomozanjirli polimerlarga karbozanjirli polimerlar deyiladi. 

Ularda asosiy zanjir uglerod atomidan  iborat bo’ladi. Masalan, polietilen, 

polinilxlorid, polivinil spirti ko’pgina sintetik kauchuklar va boshqalar. 

Geterozanjirli polimerlar asosiy zanjir  da uglerod va boshqa elementlar 

(azot, kislorod, oltingugurt, fosfor va hokazolar) saqlaydi. Masalan, polisaxaridlar, 

poliamidlar, poliefirlar, poliuretanlar va boshqalar. 

Makromolekulalarning tuzilishiga (geometrik shakliga) qarab chiziqsimon

tarmoqlangan va to’rsimon polimerlarga bo’linadi. O’z navbatida to’rsimon 

polimerlar narvonsimon, parketsimon va uch o’lchamli fazoviy tuzilishga ega 

polimerlarga bo’linadi.  

14 

 



Chiziqsimon polimerlarda makromolekulaning uzunligi, uning ko’ndalang 

kesimidan yuz va minglab marta katta bo’ladi. Masalan:  sellyuloza, tabiiy 

kauchuk, fibroin, kazein va boshqalar. 

Tarmoqlangan 

polimerlarning makromolekulalari yon tomondan 

shoxchalangan ko’rinishga ega bo’ladi. Misol: kraxmal, glikogen, shuningdek, 

sintetik payvand sopolimerlar va boshqalar. To’rsimon polimerlarda 

makromolekulalar choklangan “tikilgan” bo’ladi, bunday polimerlar erituvchilarda 

erimasligi, issiqlik ta’sirida suyuqlanmasligi bilan ajralib turadi. Masalan, 

vulqonlangan kauchuk, rezina, divinil polimerlari, fazoviy tuzilishli fenolformal-

degid smolalari va boshqalar.  

Mexanik xossalariga qarab, polimerlar plastomerlarga (mustahkam va 

cho’ziluvachan) va elastomerlarga (elastik, cho’ziluvchan), temperatura ta’siriga 

bo’lgan munosabatga qarab termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo’linadi. 

Termoplastik polimerlar qizdirilganda yumshab plastik holatga o’tadi, 

sovutilganda esa o’zining avvalgi xossalarini saqlab qolgan holda qotadi.  

Termoreaktiv polimerlar qizdirilganda yumshaydi (shakl berish mumkin 

bo’lgan holatga o’tadi), so’ngra issiqlik yoki qotirgichlar ta’sirida hamda 

molekulasida aktiv gruppalar bo’lganligidan  makromolekulalar o’zaro bog’lanib 

uch o’lchamli tuzilishga o’tadi va suyuqlanmaydigan, erimaydigan bo’lib qoladi. 

Masalan, fenolormaldegidli va aminoformaldegidli smolalar. 

Polimerlar usuliga qarab polimerlanish va polikondensatlanish polimerlariga 

bo’linadi. Polimerlar, tarkibida ikkitadan kam bo’lmagan reaktsion qobiliyatli 

funktsional gruppa, qo’sh bog’, beqaror xalqalar, saqlovchi monomerlardan 

sintezlanadi.  Sintezlash ikki asosiy usul: polimerlanish va polikondensatlanish 

reaktsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Polimerlanish ko’p sonli monomer 

molekulalarining o’zaro birikib, qo’shimcha mahsulot ajralib chiqmay 

makromolekulalar hosil qilish jarayonidir. Bu jarayon qaytmas bo’lib, issiqlik 

ajralib chiqishi bilan boradi. Polimerlanish reaktsiyasini amalga oshirish uchun 

avvalo monomerni passiv holatdan aktiv holga o’tkazish zarur. Buning uchun 

initsiatorlar (reaktsiyani tezlashtiruvchi moddalar, katalizatorlar, nur, issiqlik yoki 

15 


 


yadro energiyalaridan foydalaniladi. Polimerlanish reaktsiyalari 

makromolekulaning  hosil bo’lish mexanizmiga qarab bosqichli va zanjirli 

reaktsiyalarga bo’linadi. Amaliyotda zanjirli polimerlanish reaktsiyalari keng 

tarqalgan. Bu reaktsiya uch bosqichda: tezlashuv, zanjirning o’sishi, zanjirning 

uzilishi bosqichlarida boradi.  Polimerlanish jarayonida  radikal yoki ionli 

mexanizmda borishi mumkin (bu mexanizmlar  organik kimyo kursida batafsil 

o’rganiladi). Radikal polimerlanishda zanjirli jarayonning boshlanishi temperatura, 

nur, turli xildagi nurlantirishlar va initsiatorlar ta’sirida boradi. Ularning 

monomerga ta’siridan zanjirning o’chishiga olib keluvchi radikallar hosil bo’ladi. 

Initsiatorlar beqaror organik birikmalar bo’lib, termik parchalanganda o’zlari 

radikalga aylanadi, uning monomer molekulasi bilan o’zaro  ta’sirida molekulyar 

massasi katta bo’lgan radikallar hosil bo’ladi  (zanjirning o’sishi). Erkin 

radikallarda kimyoviy aktivligi yuqori bo’lgan juftlanmagan (toq) elektronning 

mavjudligi, ularning monomerlari bilan reaktsiyaga kirishishiga moyillik yaratadi. 

Natijada,  monomer molekulasida o’sish imkoniyatiga ega bo’lgan aktiv markaz 

hosil bo’ladi. 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish