Toshkent kimyo texnologiya instituti



Download 0,98 Mb.
bet9/10
Sana14.12.2019
Hajmi0,98 Mb.
#30141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4.маъруза матни Миллий ғоя



9- MAVZU. MILLIY G’ОYANING ХALQ ISHОNCHI VA E’TIQОDIGA AYLANISHI, INSОN ОNGI VA QALBIGA SINGISHI.

Reja:


1.Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish zarurligi

2. Milliy g’oyani xalq ishonchi hamda e’tiqodiga aylantirishning ichki vazifalari, mezonlari.

3. Milliy istilol g’oyasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zarurati va ustuvor yo’nalishlari.

4. Ommaviy axborot vositalari va g’oyaviy ta’sir ko’rsatish mexanizmlari.



1.Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish zarurligi

Milliy g’oya xalqning ishonch va e’tiqodiga aylansa, u o’zining kutilgan samarasini beradi. SHuning uchun ham ishonch va e’tiqod masalasi milliy g’oyada muhim mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari «FIDOKOR» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida «mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelgan» deb ta’kidlaydi. O’zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan halqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko’ramiz. Darhaqiqat, eramizdan avval VI asrda - Eronlik ahmoniylar, IV asrda - YUnon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida - Xitoyliklar, VII asrlarda - arab baadaviylari, XII asrlarda - mo’g’il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval CHor Rossiyasi, keyin «ªizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga ko’hna tariximiz guvoh bo’lgan.

SHulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo’lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug’iladi. Uning turli sabablari faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi - millatning g’oyaviy-mafkuraviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik, mustaqillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: SHiroq, To’maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g’oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g’oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e’tiqodiga to’la aylanmaganligi sababli mag’lub bo’lganlar. Mamalakat yovlar oyog’i ostida payxon bo’lgan, millat g’ururi, sha’ni toptalgan.

1991 yil tarixiy voqea - O’zbekistonning Mustaqillikka erishgandan so’ng o’zbek xalqi o’z mustaqilligini saqlab qola oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi ko’rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemmani kun tartibiga qat’iy qilib qo’ydi.

Milliy g’oyaning ishonch va e’tiqodga aylanish shart-sharoitlari.

Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchni orttirishning ilmiy-nazariy yo’nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga uning shart-sharoitlari, omillarning ham xilma xil ekanligini hisobga olish muhim. Ayni paytda bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotida unga bo’lgan o’z munosabatini aniqlab olishi zarur. Insonning mohiyatini, uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e’tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko’rsatgichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo’nalishlarga ajratish an’anasi maavjud. Xususan, ularning milliy g’oyalarda namoyon bo’lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo’lib, dunyoviy hamda ilohiy g’oyalarning e’tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, xarakatlantiruvchi mexanizmi ham, shu ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va tafakkurida diniy e’tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo’yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligida o’zining ifodasini topib kelgan.

Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo’nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:

Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo’ygan edi.

Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsonal tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko’nikish effektini» vujudga keltirib: bo’ysinuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo’rlab bo’ysindirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo’rlik yo’li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi1.

Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukumronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g’oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.

2. Milliy g’oyani xalq ishonchi hamda e’tiqodiga aylantirishning ichki vazifalari va me’zonlari.

Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotimunosabatlariga o’tishi, jamiya ijtimoiy-siyosiy ma’naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma’lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy-siyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xilma-xillik, qonuniy tarzda ular o’rtasida manfaatlar xilma-xilligini namoyon etish bilan birga erkin va mushtarak maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o’z vaqtida, oqilona hal qilishning yo’llarini, vositalarini topish, jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini ham, aksincha mamlakatlarning g’oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib kelib, xalqni qullikka mahkum qilishini ham, qayta-qayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g’oyaga bo’lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo’lida jipslashtiradi.

Milliy g’oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri - qurilayotgan jamiyatning munosib g’oyaviy-mafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo’lmagan joyda qamish o’smaydi», degan hikmatli gapi mavjud. Ma’lumki, qamishni o’rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, bari bir o’sib chiqaveradi. Uni yo’q qilishning yagona chorasi - suvni quritishdir, SHunga ko’ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan g’oyalarning mamlakatimiz hududiga o’tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo’lgan g’oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e’tiqodi sust, imoni-irodasi bo’sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. CHunki, mafkuraviy tarbiya chora-tadbirlari - g’oyaviy-mafkuraviy «infektsiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko’ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliy-ma’naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniy-huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish: bir tomondan, Milliy istiqlol g’oyalarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shu asos - milliy g’oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. SHu bois aytish kerakki, muqobil siyosiy partiyalar, turli diniy konfessiyalar mamlakatni Milliy istiqlol g’oyalari asosida kishilarni umumxalq manfaatlari doirasida mushtarak maqsadlarga safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud.

Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish mezonlari.

Milliy g’oyani «tashuvchilarning» ehtiyojlari va manfaatlari umumiyligiga qaramasdan har biriga individual va differentsial yondoshgan holda, uni xalqning ishonch va e’tiqodiga aylantirilishning o’ziga xos mezonlari mavjud. YA’ni,



  • millatning o’zligini anglashi va jahon umumiy tarixiy taraqqiyoti hamda tsivilizatsiyasiga mansubligini unga qo’shgan va qo’shayotgan hissasini e’tirof qilishi va qilinishi;

  • millatning ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarini yaratishi, Vatanga sadoqati;

  • jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlanishi, o’ziga xos va mos nufuzga ega bo’lishi;

  • milliy taraqqiyotning istiqbollarini belgilaydigan strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliy-ma’naviy qadriyatlariga va umuminsoniy madaniyatning uyg’unligiga milliy g’oyaning negizlari sifatida qarash zaruriyatini hisobga olish.

Umuman, insonning ishonch va e’tiqodi mezoni - jamiyat taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, umuminsoniyat tsivilizatsiyasi manfaatlariga mos kelishi bilan belgilanadi. Xususan, milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod esa, muayyan jamiyat mavjudlik holati hamda rivojlanish istiqbollarini anglash asosida amaliy faoliyatni tashkillashtirish, boshqarishning motivi, sub’ektiv omili tarzida namoyon bo’ladi. «Bu masala haqida chuqurroq o’ylab ko’radigan bo’lsak, shu tamoyillarga tayangan jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy shakl-shamoyili, uning qiyofasi, rivojlanish yo’llari, ustuvor xususiyatlari to’g’risidagi aniq tasavvur turli fikrlar, bahs-munozaralar orqaligina ayon bo’lishini e’tirof etishimiz va buni o’zimizga mezon qilib olishimiz zarur»1

Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning samaradorligi, eng avvalo, g’oyaviy qarashlarning mutanosibligiga bog’liq bo’ladi. Bunda ikki tomonlama manfaatdorlik umumiy munosabatlarning samaradorligini belgilaydi. YA’ni, O’zbekiston o’z istiqlol g’oyalarini boshqa mamlakatlarning g’oyaviy-mafkuraviy andozalariga mexanistik moslashtirmasdan, ularni ijodiy o’zlashtirishi, shu jumladan, boshqa millat va davlatlarning ham bizning g’oyaviy-mafkuraviy qarashlarimizga hurmat-e’tibor bilan munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Sotsialistik tuzum emirilishi, xususan bu sistemada siyosiy-mafkuraviy gegemonlik rolini bajarib kelgan SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo’lmoqda.



Birinchisi - milliy mustaqillikka erishgan davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiluvchi mamlakatlarni tanlashidagi qiyinchiliklar: shakllangan stereotiplar, shubha bilan bog’liq edi. CHunki, biz bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hamkorlik qilishni xoxlagan davlatlarning o’z manfaatlari bo’lib, ular hamma vaqt ham ikki tomonlama manfaatdorlikda muvozanatni o’zlari tomoniga og’dirishga moyil ekanligi sir emas.

Bunday sharoitda O’zbekistonning o’z yo’lini tanlashi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi, demokratik jamiyat qurishning «o’zbek modeli»ni ishlab chiqishi mafkuraviy sohada ham strategiyasi va taktikasini belgilab olishni ham taqozo qildi. SHu nuqtai nazardan, O’zbekiston xalqaro hamjamiyatga kirib borar ekan: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy tizimi turlicha bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda xalqaro huquqlarni, qonunlarni, urf-odatlarni, milliy manfaatlarni hurmat qiladigan hamdo’stlarini topishga harakat qildi.



Ikkinchisi - hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti millatlararo munosabatlarning texnik-texnologik asoslarini, aloqa vositalarini, ommaviy axborot infrastrukturasini va murakkab kommunikatsiyasini vujudga keltirishi bilan xalqaro mafkuraviy munosabatlarni intensivlashtirib, universallashtirib yubordi. Xususan, axborot ayriboshlashning kompyuterlashtirilib: elektron pochta, internet, kosmik tele-radio aloqa tizimlarning rivojlanishi, bu sohalarda intellektual salohiyatining miqdor va sifat o’zgarishlari bilan mafkuraviy munosabatlarning globallashuv jarayoni vujudga keldi. Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, turli mamlakatlarni insonlar ongini va qalbini egallash orqali uni zabt etish g’oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganligidadir. YA’ni, jamiyatni mafkurasizlantirishga, g’oyasizlantirishga yo’naltirilgan axborotlar bozorida ma’naviy-madaniy, g’oyaviy-mafkuraviy jihatlardan saviyasi g’oyat past bo’lgan audio va video kassetalar, axloqsizlikka, tubanlikka olib keladigan adabiyotlar va boshqa «san’at asarlarining» sotilishi juda katta iqtisodiy foyda manbai bo’lib qolayotganligi ayrim kishilarning ishonch-e’tiqodiga putur etkazayotganligi hammaga ma’lum.

Uchinchisi - birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan bo’lib, millatning tarixiy xotirasi, an’analari, ma’naviy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga, istiqbol tendentsiyalariga xos ongini, tafakkurini shakllantirish va mustaxkam ishonch-e’tiqodga aylantirish vazifasidir. CHunki, g’oyat xilma-xil «axborot bosimi» tarkibidan milliy taraqqiyot manfaatlariga mos tanlab olish, ishonch-e’tiqodga aylantirish muayyan nazariy—metodologik bilimlarni talab qiladi. SHuning uchun ham ommaning dunyoviy va diniy bilimlarini rivojlantirishga, in­tellektual salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishning tashkiliy vazifalari alohida ahamiyatga ega.

Milliy g’oyani xalqning ishonchi, e’tiqodiga aylantirish asoslarini, shartli ravishda, ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillarga ajratish mumkin.

Milliy g’oyani xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning ob’ektiv shart-sharoitlarini: ijtimoiy-iqtisodiy hayot negizlari, madaniy hayotni rivoji manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy merosi va unga bo’lgan munosabat; xalq yashayotgan xududning tabiiy-jug’rofiy joylashishi hamda tabiiy resurslari; millatning tarixiy shakllangan mentalitetiga xos xususiyatlar; jamiyatning demografik holati, etnik tuzilishi; xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlardagi o’rni va mavqei va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni ko’rsatish mumkin.

Sub’ektiv omillarga esa, milliy g’oyani xalq ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yo’naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari xalqning intelektual salohiyatini yuksaltirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimi, ularning qonuniy huquqiy asoslari va dasturlari; ommaviy axborot vositalari; umuman; jamiyat milliy g’oyasini shakllantirish va uni xalq ishonch e’tiqodiga aylantirishning ma’naviy-ma’rifiy ishlar kompleksi bilan bog’liq omillarni o’z ichiga oladi.

Bu omillarning har biri milliy g’oyani keng jamoatchilik ongiga singdirishda muhim o’rin tutadi. Masalan, hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalaridan biri turli fan yo’nalishlari orqali yoshlar ongida Milliy g’oyani izchil shakllantirishdan, xalqning ishonch va e’tiqodiga aylantirishdan iborat. CHunki, har qanday ta’lim-tarbiya sohasining markazida turuvchi: insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, tinchliksevarlik g’oyalari, eng avvalo, Milliy g’oya doirasida o’z mazmunini konkretlashtiradi va namoyon qiladi. Zero, insonning har qanday ezgu g’oyalari - Ona-Vatanga muhabbat, uning mustaqilligini mustaxkamlash g’oyalaridan tashqarida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin emas.

YOshlarda milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish hamda tarbiyalash jarayonida bir haqiqatni o’zimizga yaxshi anglab olishimiz kerakki,

milliy mafkurani faqat tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo’lmaydi. Buning ustiga jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomiliga erishuviga guvoh bo’lishimiz mumkin. SHu nuqtai nazardan milliy g’oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalari bo’lgan ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalariga, fanlarning mazmuniga Milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, alohida ahamiyatga ega. Milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodli bo’lishda yoshlarning tariximizga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga, merosimizga, tarix hamda ona tilimizga munosabati, uni bilishi muhim rol o’ynaydi. Bu yo’nalishning boshqa ta’lim-tarbiya sohalari bilan umumiyligi va farqi, tashkiliy jihatdan olganda, quyidagi xususiyatlarga ega:

- yoshlarning milliy o’zligini anglashi va xulq-atvorini shakllantiriradigan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, ma’muriy-huquqiy, nazariy-metodologik asoslarini integratsiyalashtirish va omillarning uyg’un ta’sirini tashkillashtirishdan iborat.

- millat rivojlanish manfaatlarini, intilishlarini mamlakat mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadiga yo’naltirish, uning samaradorligini oshirish uchun ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o’qitishning uzluksiz, muvofiqlashgan faoliyati talab qilinadi.

- ta’lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida Milliy g’oyani shakllantirish va ishonch-e’tiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil: ta’lim hamda tarbiya jarayonida: bir tomondan, integratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa - differentsiallashuv xususiyatlari o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ta’minlash taqozo qilinadi.

Ijtimoiy-siyosiy fanlarni o’qitish jarayonida, ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalari majmuasi yordamida, talabalar ongida milliy g’oyaga doir tushunchalar, tasavvurlar shakllanadi.

Boshqacha aytganda, Milliy g’oyani yoshlar ishonchi va e’tiqodiga aylantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaning samaradorligi - fanlarning shu maqsad asosida o’zaro mushtarakligiga bog’liq. YA’ni, turli sohalardagi bilimlar majmuasining Milliy g’oya doirasida integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi va muvofiqlashuvi yoshlar bilim saviyasini, dunyoqarashlari mazmunini belgilab turadi.

Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish mezonlari barcha shaxs, ijtimoiy guruhlar uchun umumiyligi bilan xarakterlanadi hamda milliy istiqlolning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashdan iborat bosh g’oyasini amalga oshirish shaxs sifatlarini qaror toptirish bo’lib, bular quyidagilardan iborat:

- vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish va uni shaxs hayot tarziga aylantirish;

- tinchlik uchun kurashning har bir shaxs ijtimoiy-siyosiy, hayotiy ehtiyoj mazmuniga aylanishi;

- el-yurt farovonligi uchun fidoiylik xususiyatlarining shakllanishi va amaliy faoliyat asosiga qo’yilishi;

- millatlararo va dinlararo bag’rikenglik xislatlarining vujudga kelishi va amaliy faoliyat dasturga aylanishi;

- shaxsiy va ijtimoiy guruh manfaatlari tizimida halq, millat manfaatlari ustuvorligini ta’minlashi;

- milliy g’oyaning asosiy va tarkibiy qismi bo’lgan, tarixiy qadriyatlarimizni saqlash va jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda rivojlantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishining shartlari sifatida namoyon bo’ladi. Milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod faqatgina jozibador va maftunkor g’oyalarda ifodalanmasdan, balki ular amaliy faoliyat dasturiga aylangandagina mohiyat-mazmunini namoyon qiladi.

Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo’nalishlariga mos ravishda turkumlashtirish mumkin. YA’ni: birinchidan milliy g’oyaning ishonch va e’tiqodga aylanishi, oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo’ladi. Xususan o’zbek xalqining oilaviy munosabatlari nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman mehr-muruvvatning ko’rsatish xususiyatlari bilan bog’liqdir. Bu sifatlarning ko’proq oilada namoyon bo’lishi - millatning mentalitetini, tarixiy an’analarga sodiqligini ko’rsatuvchi mezonlardir.

Milliy g’oyaning xalq ishonchi, e’tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta’lim-tarbiya tizimi o’ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari yoki ta’lim tarbiya muassasalari kishilarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma’lum g’oyaga nisbatan munosabatini muvofiqlashtirish imkoniyati katta. SHu bilan birgalikda bu omillar ularni uyushtirish va safarbar qilish imkoniyatini kengaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g’oyani xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning tashkillashtirish funktsiyalariga katta imkoniyat tug’diradi. SHu bilan birgalikda, ularning barchasi uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlar, talablar ham mavjud. YA’ni:

- Jamiyat ma’naviy-madaniyatini rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini, vazifalarini amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta’minlaydigan milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi;

- Insonlarning millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy partiyalarga mansubligidan, madaniy saviyasi darajasidan qat’iy nazar, huquqi va ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi;

- Umuminsoniyat tsivilizatsiyasining ahloqiy, huquqiy, siyosiy, ma’naviy qadriyatlar va tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an’analarini rivojlantirishi;

- Millat tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga, mentalitet xususiyatlariga mos tarzda madaniy sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o’zgarishi;

- Mavjud tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarida keskin ziddiyatga bormaslik, g’oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlari;

- G’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish - jamiyat ma’naviy-madaniy hayotining dinamik o’zgarishlarini demokratik tamoyillarga, umuminsoniy axloqiy normalarga muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan siyosiy kuch va imkoniyatlarni topish jarayonlariga ham xosdir.

Jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning demokratik xususiyatlari, milliy g’oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e’tiqodiga aylantirish davlat siyosiy funktsiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga bog’liq bo’ladi. SHu nuqtai nazardan, «davlatning kuch qudrati – avvalo, demokratik instito’tlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o’lchanadi»2. Zero, jamiyatning g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan shu vazifalarni qanday uddalashi bilan belgilanadi.

O’zbekistonda milliy g’oyani xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning asoslarini yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’lmoqda:

- Ma’naviy-madaniy hayotni, g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish, va nazorat qilishning siyosiy instito’tlari tizimini, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda;



- Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarining umuman ma’naviy-madaniy hayotni, xususan milliy g’oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezon mezonlardan biri bo’lib hisoblanadi;

- Davlatning xalqaro ma’naviy-madaniy, g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga, tendentsiyalarga mos kelmoqda;

- G’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta’minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo’lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, umuman ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimiga, xususan g’oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi:

- jamiyatning g’oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini keskinlashtiruvchi inqilobiy o’zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustuvorligini e’tirof qilish orqali;

- g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta’minlash, xalqaro insonparvar huquq me’yorlariga qat’iy rioya etish tufayli;

- millatlararo ma’naviy-madaniy g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruhlar va millatlarning mas’uliyat va imkoniyatlari tengligini ta’minlash natijasida;

- g’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g’oyalarning mavqelarini e’tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg’unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo’ladi.

3. Milliy g’oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zarurati va ustuvor yo’nalishlari.

XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo’lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, ko’rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o’zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo’naltirilgan. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o’qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy yukka ega - ularda muayyan g’oyalar targ’ib qilinadi. Bu holat “Eng asosiy narsani ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydi” degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko’zga ko’rinmas qudratli targ’ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og’dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o’z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o’zining “katta og’a” ekanini uqtirishga harakat qiladi.

Lekin tanganing orqa tomoni ham bo’ladi-ku. Agar o’sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo’lsa-chi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o’sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag’darishga chaqirayotgan bo’lsa-chi? Bunday buzg’unchiliklardan xalqni kim qaytaradi? Yoki jahonda “katta og’a”larning qo’lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ’ibotni yoki aksiltarg’ibotni kim tashkil qilishi kerak?

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ’ibot mashinasiga ega bo’lishga intilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, o’z faoliyatining targ’ibotiga AQSH hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo’lmasa kerak. Frantsiya ham o’z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma’lumotlar targ’ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi.

Milliy g’oyaning targ’ibot-tashviqoti haqida to’xtalishdan avval “targ’ibot” va “tashviqot” tushunchalarining o’zagiga e’tibor qaratish zarur. “Targ’ibot” tushunchasining o’zagini “rag’bat” so’zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag’batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot” tushunchasining o’zagi esa “shavq” so’zidan olingan bo’lib, u kishida biror narsaga shavq uyg’otishga yo’naltiriladi. Ochig’i, targ’ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ’ibotchilarni bekorga “inson qalbining sozlovchilari” deb atamaydilar. Demak, targ’ibot-tashviqotdan maqsad – bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, “milliy g’oya” haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g’oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki milliy g’oya chuqur e’tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bo’ladi. Buning uchun esa xalqda mafkuradan o’rin olgan g’oyalarga kuchli ishonch, e’tiqod va unga amal qilish bo’lishi lozim.

O’zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:


  • belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tkazilishini ta’minlash;

  • milliy g’oyaning targ’iboti sifatini muntazam oshirib borish;

  • davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo’llarini izlash;

  • bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo’l qo’ymaslik;

  • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

  • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko’rinishlariga barham berish;

  • mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.

Uzluksizlik tamoyili milliy g’oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko’rgazmali qurollar milliy g’oyaga uyg’un bo’lishi talab etiladi;

- bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ’ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog’liq bo’lib, ham targ’ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o’tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang’ich sinf o’quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to’g’risida gapirish noo’rin bo’lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. SHuning uchun bog’chada, boshlang’ich sinflarda, to’liqsiz o’rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va o’quvchilarning yoshi, bilimi, ma’lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak;

- shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ’ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o’quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to’g’risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o’zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ’ibotning samarasi nolga teng bo’ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to’g’risida og’iz ko’pirtirib gapiradigan boshliq bo’shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o’ziga qarashli, lekin bu o’ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qo’ygan bo’ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg’ibot qilgan bo’ladi. SHuning uchun, milliy g’oyani aholi ongiga singdirishda targ’ibotchilar faoliyatida ish bilan so’z birligini ta’minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko’rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar o’z jamoasidagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas’ul bo’lishi kerak;

Milliy g’oyaning targ’iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. SHuning uchun uni qadimdan qolgan va’z aytish va ma’ruza o’qish kabi targ’ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo’lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ’ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. YOshlar orasida targ’ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to’laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlari va’z va ma’ruzalarni emas, ko’proq interaktiv usullar va sanab o’tilgan targ’ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.

Mazkur targ’ibot tamoyillari milliy g’oyani inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo’lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ’ibot olib borishda sanab o’tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ’ibot samaradorligini ta’minlaydigan eng muhim omildir.

Targ’ibotning keyingi bosqichi g’oyani to’g’ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog’liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g’oyani tushunish - unga ishonish demakdir. Ana shu erda bir savol bilan to’qnashamiz: nima ko’proq ishonch uyg’otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg’otuvchi ma’ruzami? Targ’ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg’otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g’oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg’otadi.

Mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo’lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o’rin olgan g’oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g’oya xalqning e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.


“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”. Abdulla Avloniy.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish