2. Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g’oyalar, mafkuralar bilan bog’liqligi. Har qanday jamiyat o’ziga xos rivojlanish yo’lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo’yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.
Inson hech qachon tashqi dunyodan, o’zini qurshab olgan olamdagi o’zgarishlar, ro’y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan xolda ularning ta’sirisiz yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy - siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo’lgan turli mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g’oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi.
Hayotda maqsadi, yuksak g’oyasi, ezgu orzu – intilishlari bo’lmagan inson va jamiyat a’zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma’naviy yuksaklikka erishishi qiyin. Ayrim yovuz kuchlar ta’sir o’tkazish orqali o’z g’arazli niyatlariga etish maqsadida foydalanishlari mumkin. SHu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o’z maqsad muddoalarini ifoda etadigan manfaatiga zid bo’lgan zararli va begona g’oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o’z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g’oyaga ehtiyoj sezadi.
Binobarin, g’oya muayyan millat va xalqning maqsad- muddoalari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy g’oya ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o’zida mujassamlashtiradi. U o’zining hayotbaxsh g’oyalari, buyuk maqsadlari bilan o’z kuch g’ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g’oyalar yo’lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki odamzod paydo bo’lib, uning urug’, qabila jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro’y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g’oya va mafkuraga ehtiyoj tug’ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “CHunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi”. Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, inson va jamiyatning o’ziga xos g’oyasi va mafkurasi bo’lgan. CHunki insonning, jamiyatning, xalqning o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g’oyasi va mafkurasi bo’lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bo’ladi.
g’oya va mafkura inson va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadi bo’lib busiz jamiyat o’z yo’lini yo’qotadi. “Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo’lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O’zbekiston xalqining ruhini, g’urur-iftixorini, kerak bo’lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug’ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o’zining ulug’vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo’lmog’i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qo’limizda engilmas bir kuchga aylansin”1.
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo’lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddoalarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko’pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo’ladi. SHu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o’rtasida sog’lom munosabatlarni shakllantirgan. Hamda ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. SHuning uchun ham g’oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
SHu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol o’ynaydi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo insonning jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog’liq. CHunki, insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko’zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi.
SHu sababli ham milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o’rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g’oyasi ham, asosiy g’oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo’g’rilgan. CHunki bunyodkorlik - xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o’zbek tom ma’noda bunyodkordir, do’ppisida suv tashib bo’lsa ham daraxt ko’kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari va bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misol bo’ladi.
YAgona mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda biron-bir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, eng adolatli, jamiyatdagi muayyan qatlam manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e’lon qilinadi. O’zining mohiyati yoki biron bir jihati bilan undan farq qiluvchi g’oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va dushman mafkuralar sifatida qaraladi. Fikrlar, g’oyalar xilma-xilligi inkor etiladi.
Oqibatda, millionlab kishilarda yagona fikrga moslashish, mutelik, loqaydlik, boqimandalik, mahdudlik, o’zga g’oyalarga hadiksirab qarash ruhiyati shakllanadi. Jamiyatning ma’naviy rivojiga, ilm-fan ravnaqiga jiddiy zarar etkaziladi. Aslida bunday yagona mafkura yakkahokimligi yovuz niyatlarda amalga oshiriladi, davlat mafkurasiga aylanadi.
YAkkahokimlikka intilgan, mutloq haqiqatni da’vo qiladigan mafkuraning istiqboli yo’q. CHunki, u yakkahokimlik o’rnatish barobarida o’zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya g’oyalari hukmron mafkuraga aylansa, hurfikrlik, vijdon erkinligi va qarashlar xilma-xilligi cheklanadi. Mutloq haqiqatga egalik da’vosi, mustabidlik tamoyillarini kuchaytiradi.
Masalan, sobiq Ittifoq davrida yagona kommunizm mafkurasi ana shunday holga tushgan edi. Uning asosiy g’oyalari sobiq sho’rolar hokimiyati rahbarligida zo’rlik bilan amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukmron bo’lib qolgan edi. U XX asrning 80- yillarida tanazzulga yuz tutdi. 1991 yilda sobiq Ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat?
Birinchidan, u o’zini insoniyat tafakkuri erishgan eng yuksak cho’qqi, mutlaq haqiqat ifodasi deb hisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizning dushmanimiz, degan aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi;
Ikkinchidan, bu mafkura zo’ravonlikka asoslangan bo’lib, “majbur qilamiz” qabilida ish tutar, uning g’oyalari hamma joyda, hamma vaqt hech istisno va to’xtovsiz targ’ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishiga yo’l qo’yilmas edi. Kimki bu g’oyaga qarshi chiqsa, shafqatsiz jazolanar, butun davlat mexanizmi ana shu jazoni turli shakllarda amalga oshirishga qaratilgan edi.
Uchinchidan, bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi edi. Aslida sobiq Ittifoq davrida ziyolilar, dehqonlar, xizmatchilar, qolaversa, “etakchi sinf” bo’lgan ishchilarning orasida ham mafkuradan norozi bo’lganlar bor edi. Lekin metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi;
To’rtinchidan, bu mafkura hech kimga vijdon erkinligi, o’z fikrini ochiq bayon etish,jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqatda bo’lishga ham yo’l qo’ymas edi. Bordi-yu kimdir shunga jur’at etsa, “xalq dushmani”, “burjuaziya malayi”ga aylanar edi;
Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalmilallik zo’r berib kuylanardi. Kimki milliy qadriyatlar to’g’risida gap ochsa, darhol “millatchi”ga chiqarib qo’yilardi. Milliy tafakkurga ega bo’lgan shaxs, mutaxassis, ziyoli, olim, boshqalar “qoloq”, “shubhali kishi” hisolanardi;
Oltinchidan, unda milliy tarix, xususan, O’zbekiston tarixi uning o’tmishi merosi mutloq tan olinmas edi. Nari borsa, ular ko’pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos;
Ettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan mutlaqo noto’g’ri munosabat o’rnatilgan edi. Jumladan, xalqimizning ulug’ siymolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad YAssaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamahshariy, Imom Moturidiy, So’fi Olloyor kabi allomalarning boy ilmiy merosini o’rganish, ulardan foydalanish taqiqlangan edi;
Bularning barchasi bolshevistik - yagona kommunistik mafkuraning taraqqiyot talablariga mutlaqo zid ekanini yaqqol namoyon etdi. SHu bois u yangi zamonaviy talablarga dosh berolmay, o’z davlati bilan birga tarixga aylandi.
YAgona mafkura hukmronligini da’vo qilib, uzoq o’tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go’yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham o’sha andoza saqlanib qoladi. YA’ni, islom fundamentalizmi tarix g’ildiragini o’rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, birxillashtirgan mustabid “kelajak”ning o’ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to’liq mahrum qilinadi, haqiqatdan diniy aqidaparastlik terroriga duchor etiladi.
YAgona mafkura hukumronligining jamiyat hayotida zararli oqibatlari:
SHaxs erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga murosasizlik, millatning o’zligini inkor etish, milliy va diniy qadriyatlarni rad etish, milliylikni cheklash, mutloq haqiqatni da’vo qilish, zo’ravonlikka asoslanganligi, mutelik, qaramlik, boqimandalik, loqaydlik, milliy mahdudlik, siyosiy tashabbussizlik, o’zga g’oyalarga yotqarash, jamiyatning ma’naviy inqirozi, tarixiy xotirasizlik, ona tiliga pisandsizlik bilan qarashda yaqqol namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, biz o’z milliy tabiatimiz va ming yillik an’analarimizga, urf-odatlarimizga zid bo’lgan soxta kommunistik g’oyalardan voz kechdik. Lekin mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi, shunday holat yuz bergan taqdirda bo’sh qolgan mafkura maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutloq yot g’oyalar o’rin egallashga urinishi shubhasiz. Tabiatda bo’shliq (vakuum) bo’lmaganidek, jamiyatda ham bo’shliq bo’lmaydi. Ma’lum davrda oldingi fikr o’zgarishi bilan o’rnini yangi fikr egallaydi, g’oyaning o’rnini ham boshqa g’oya egallaydi, shu sababli jamiyatda ham inson ongi va qalbida ham bo’shliq bo’lmaydi.
Hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo’ya hatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliqning yuzaga kelishi uchun yo’l qo’yilgan kamchilik va e’tiborsizlik tufayli sodir bo’lmoqda. g’oyaviy bo’shliqni yuzaga kelishi eng avvalo chuqur ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-psixologik muammo va jarayonlar bilan bog’liq. Odatda, yangi g’oyalar turli ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Ayrim guruhlar ularni tez qabul qiladi, ba’zi toifalarning avvaligi mafkuraviy aqidalardan yuz o’girishi va yangi g’oyalarni qabul qilishi esa qiyin kechadi. g’oyaviy bo’shliq poydo bo’lishining yana bir manbayi - jamiyatda bu sohadagi tarbiyaning etarli emasligi, mafkuraviy jarayonlarning o’z holicha tashlab qo’yilganligi ham bo’lishi mumkin. Agar davlat yoki millat, ijtimoiy guruh yohud qatlam o’z manfaatlarini, maqsad-muddaolarini aniq-ravshan ifoda etadigan o’z g’oyalarini kishilar, ayniqsa, yosh avlod ongiga muntazam singdirmasa, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda ishonch-e’tiqod susayib, mafkuraviy tahdidlar kuchayadi. O’z mustahkam g’oyasi yo’q, e’tiqodi bo’sh odamlar esa, ta’sirga tez beriluvchan bo’ladi, o’z yo’lini yo’qotib qo’yadi, bunday hol jamiyatga juda katta zarar etkazadi.
Sobiq mustabid tuzum o’rnida yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Hukmron yagona mafkura barham topgach, uning hududida ma’lum muddat g’oyaviy-mafkuraviy bo’shliq (vakuum) holati vujudga keldi. Ma’lumki, umrini o’tab bo’lgan g’oya, mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilar ekan, jamiyatda yangi bir g’oya, ilg’or bir fikrning shakllanishiga ehtiyoj seziladi. Bu zaruriyat teran anglab etilmagan holda esa g’oyaviy vakuum - bo’shliq yuzaga keladi. Lekin, mafkura sohasida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Xo’sh, aslida g’oyaviy bo’shliq nima? g’oyaviy bo’shliq eski mustabid tuzumdan yangi tuzumga o’tish jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o’z mavqeini yo’qotgach, taraqqiyot talablariga mos ravishda uning o’rnini bosadigan ilg’or g’oyaviy tizimning hali to’liq shakllanmagan holatidir. Bunday sharoitda turli xil mafkuralar ushbu hududga o’z ta’sir doirasini o’tkazishga urinadi.
1990 yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo’shliq O’zbekiston hududida ham namoyon bo’ldi. Uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.
- Hukmron, yakkahokim kommunistik mafkura tanazzulga yuz tutdi va o’rni bo’shab qoldi;
- O’zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topgan bo’lsa-da, uning mafkurasi hali to’la-to’kis shakllanmagan va barcha fuqarolar ongiga singib ulgurmagan edi. To’g’ri, mustaqillik mafkurasi g’oyalari mamlakatimiz fuqarolarining ma’lum qismi ongi, dunyoqarashida o’z o’rniga ega bo’lib, Prezident Islom Karimov asarlarida isbotlangan bo’lsa-da, ammo u hali to’la holda barchaning mustaqil dunyoqarashiga, mustahkam ishonch va e’tiqodiga aylanmagan edi;
- O’tish davrida jamiyatning ijtimoiy hayoti sohalarida fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga o’tildi. Milliy madaniy meros va qadriyatlarga, milliy g’oyaga bo’lgan ishonch va e’tiqodni e’tirof etilishi muhim burilish bo’ldi. O’tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodiga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali yoki zararli ekanini hamma ham farqlay ololmadi. SHuning uchun o’z kelajagini o’ylagan har bir davlat va jamiyat g’oyaviy bo’shliq va mafkuraviy parokandalikka yo’l qo’ymaslik, eskirgan aqidalar va begona qarashlarni inkor etish bilan birga, ilg’or fikrlar, ulug’vor maqsad va ezgu g’oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirishga harakat qiladi.
Inson va jamiyat hayotida g’oya va mafkuralarning xilma-xilligi.
Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis-xilma-xillik, rang-baranglik) -ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g’oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi.
Inson va jamiyat hayotida g’oyalar va mafkuralar xilma-xilligiga amal qilish - tabiiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojdir.
Jamiyatda g’oya va mafkuralar xilma-xilligining sababi, insonlarning turli xil fikr yuritishlari, jamiyat a’zolari har birining tabiat-jamiyat hodisalari, olam va odam to’g’risidagi fikrlari turlichaligi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, har bir insonning, jamoaning, ijtimoiy qatlam, xalq va millatning, ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos fikrlari va shu asosdagi g’oyalari mavjud bo’ladi. Ularning maqsad-muddaolari orzu istaklari, manfaatlari ham turlichadir. Demak, ularning maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan, ularga ma’naviy-ruhiy kuch bag’ishlaydigan g’oyalari va ularni amalga oshirish yo’llari ham xilma-xil bo’lishi tabiiydir.
Jamiyatda fikrlar xilma-xil bo’lgani va bir-biridan farq qilganidek g’oyalar ham turli tuman bo’lib, mohiyatiga, o’z o’z oldiga qo’ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlarning manfaatiga xizmat qilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. g’oya bilan g’oyaning bir-biriga o’xshamasligi va ular o’rtasida farq bo’lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak.
Ma’lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o’zida mujassamlashtirgan qarashlar, g’oyalar tizimidir. Bu tizim o’zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o’z mohiyati va vazifasi jihatidan nihoyatda rang-barang bo’lishi tabiiydir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo’nalishlar va darajalarga ega bo’lganidek, mafkura ham xilma-xil bo’lishi mumkin.
Er yuzidagi barcha insonlar o’z fikr-mulohazalariga ega bo’lib amaliy faoliyat yuritadilar. SHu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma-xildir deganda, haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir-biridan farq qiladi. Ularning diniy e’tiqodlari, madaniyatlari, turmush tarzi, psixologiyasi, an’analari, maqsadlari va taraqqiyot yo’llari ham rang-barangdir. Tabiiyki, ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks ettiradigan g’oyalar va ularni amalga oshirishda ma’naviy-ruhiy kuch bag’ishlovchi mafkurasi ham xilma-xil bo’lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir davlatning, xalq va millatning, jamiyatning maqsad va manfaatlarini ifodalaydigan o’ziga xos g’oyasi va mafkurasi mavjud.
Buyuk donishmand bobomiz Bahouddin Naqshband “Diling - Ollohda, qo’ling - mehnatda bo’lsin” deya yaratuvchilikka da’vat etganlarida, har qanday ishni aql va e’tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar. Ushbu shiorda inson ko’nglida Ollohga e’tiqod qo’yib, o’zi xalol mehnati bilan tirikchilik o’tkazish va ilm-hunar o’rgatib Vatanni obod qilishga da’vat etiladi.
Bunyodkor g’oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma’lum. Bunday jarayon ijobiy g’oyalarning tug’ilishiga, ular esa o’z navbatida elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bo’lgan. SHuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g’oyalar etakchi va yo’naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz o’zbek davlatchiligi g’oyalarining shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin.
Ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasida g’oyaviy kurash zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham bayon etilgan. Unda harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, yolg’onchilik, ahdga vafosizlik, hiyonat qilish g’oyalari qoralanib, o’troq, osoyishta, hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadigan g’oyalar ulug’lanadi. Zardushtiylik dinida er, suv, musaffo havo, ona - tabiat e’zozlanadi, quruq er ochib uni bog’u-rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshoatlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardushtning bunyodkor g’oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib Vatanni obod qilishga da’vat etadi.
“Avesto”da vatanparvarlik g’oyasi ulug’lanib odamlarni barkamol bo’lishga da’vat etilgan. “Menga barkamol va dinogoh, vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan quqaruvchi farzandlar bag’ishla. Toki ular manzil, shahar o’lka va uning nom hamda ovozasini ko’tarsinlar”1, deyiladi. SHuningdek, asarda ona zaminni e’zozlash, uni obod qilish g’oyalari targ’ib qilinadi. Jumladan, “Avesto”da yozilishicha Zaminni hammadan ko’proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan ko’p bug’doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq erlarga suv chiqargan va suvli erlarni shudgor qilgan zotdir! - deyiladi.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. YApon milliy mafkurasi “milliy davlatchilik tizimi” (kokutay), “fuqarolik burchi”, “yapon ruhi”, “tadbirkorlik”, “umummilliylik”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “paternalizm”, “jamoaga sadoqat”, “modernizatsiya” kabi g’oya va tushunchalariga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo’ldi.
SHunday bunyodkor g’oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo’shgan fidoyi inson Yong Ki-Kimning yuksak g’oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O’tgan asrning 30 yillarida “12 oila - qishloqda” degan harakatni boshlab giyoh ham ko’karmagan tashlandiq tepalikni sotib olib obod qilishga kirishdi. Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan “Kanaan” (imkoniyatlar maktabi) ni ochadi. U hamisha faqat tashlandiq, giyoh o’sishi qiyin bo’lgan erlarni olib, obod qilib odamlarni o’z tashabbusi, g’oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o’z hissasini qo’shdi. Bugungi kunda “Kanaan” ta’lim dargohining bosh maqsadi - tinglovchilarda insoniy e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar - komillik, o’zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan va millat ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilish, tug’ilib o’sgan Vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g’oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Bitta fidoiy, vatanparvar insonning yuksak g’oyalarga asoslangan ishlari bugungi kunda keng tarqalib Janubiy quriyaning obod bo’lishiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda.
Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do’stlik, birodarlik, hurfikrlik, ma’rifatlilik, bag’rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, xayrixoxlik, barqarorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, halollik, poklik v.h. bunyodkorlik g’oyalarining ko’rinishlari bo’lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo’lish, sobitqadamlilik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalminallik, millatlararo do’stlik va birodarlik, fidoyilik, yurtga sadoqatlilik, taraqqiyparvarlik, yurt obodligi, iymon-e’tiqodlilik, vijdon erkinligi, safarbar etish, uyushtirish, farovonlik, tashabbuskorlik, ezgulik, yaratuvchilik, fikr erkinligi va g’oyalar xilma - xilligini tan olish, bag’rikenglik, bunyodkor g’oyalarga xos xususiyatlardir.
4. Vayronkor, yot g’oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri
Vayronkor g’oyalar - jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo’ladi, g’ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkorlik g’oyalari bilan yovuzlik va buzg’unchilik g’oyalar o’rtasida hamisha kurash bo’lganligi tarixdan ma’lum. YOvuzlik g’oyalari esa tarixda hamisha salbiy va yovuz kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga turtki bo’lgan g’oyalar, irqchilik, “kommunizm”, fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targ’ib qiluvchi g’oyalar bunga misol bo’ladi.
Jumladan, bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g’oya va mafkuraning boshqa shakli – fashizm paydo bo’ldi.
Fashizm (ital Fasismo bog’lam, birlashma) - g’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi og’ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy buxronlar davrida vujudga kelgan o’ta tajavuzkor va vayronkor g’oyalar asosida shakllangan insoniyatga qarshi nazariya va amaliyot. U jamiyatda o’ta reaktsion va tajavuzkor doiralarning dunyoqarashi va manfaatini ifoda etgan holda, ochiqdan-ochiq terroristik diktaturaga, zo’ravonlik g’oyasiga tayanadi. Fashizmning - muhim xususiyati ochiqdan-ochiq shovinizm va irqchilik bo’lib, uning mohiyati jamiyatning barcha taraqqiyparvar qatlamlari, ilg’or fikrli a’zolariga qarshi kuch ishlatishning eng og’ir va zararli shakllarini qo’llash jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. Fashizm o’z kirdikorlarini yashirish va xaspo’shlash uchun siyosiy tilyog’lamalik, yolg’on va bo’htonlardan ustalik bilan foydalanadi.
Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro terrorchilikdan iborat bo’lib, bunday siyosiy rejimlar XX asrning 30-yillarida Italiyada, Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va SHarqiy Evropaning boshqa bir qancha mamlakatlarida o’rnatilgan edi. Fashistlar Germaniyasi Gitler boshchiligida va militaristik YAponiya bilan ittifoq tuzib 1939-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushini boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, 50 milliondan ortiq odam halok bo’ldi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi.
O’tgan asrning 70-yillariga kelib Portugaliya, Gretsiya, Ispaniyada ham fashistik tartiblar barbod bo’ldi. Ammo, bugungi kunda ham ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. YAngi fashizm g’oyasi bugungi kunda insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamog’i lozim.
Bolshevizm mafkurasi bo’lgan kommunistik ta’limot xalqlarning milliy-etnik o’ziga xosliklarini yo’qotish, “proletar baynalmilalligi” shiori bilan maydonga chiqqan bo’lsa, fashizm bir hukmron millatning “irqiy-etnik sofligi”ni mutlaqlashtirishni targ’ib-tashviq etdi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.
“Rasizm” so’zi “rasa” (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Evropada “insoniyat nasli”ni turli irqiy guruhlar, jumladan, “oq” va “sariq” irqqa ajratish uchun qo’llana boshladi.
Irqchilik - odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo’ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy ta’limot
Irqchilik ta’limoti “oq tanli”larning afzalligi, ularning azaldan “oliy irq” etib tanlangani, boshqa irqlarning esa “oq”larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog’onalarida turishini “asoslab” beradi. Uning asosiy g’oyasi o’zining “ilohiy” tabiatiga ko’ra “oq” irqlarni “quyi” irqlar ustidan hukmron qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko’ra turuvchi kishilarga tazyiq o’tkazish, ularni haqoratlash, urish va o’ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon bo’ldi. U buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, “tanlangan” xalqlarning milliy afzalligi g’oyalari bilan chambarchas bog’lanib ketadi.
Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga nisbatan bosqinchilik, ta’lonchilik amaliyoti bilan yaqindan bog’liqdir
YAna bir yovuz g’oya - terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda.
TERRORIZM (lot. Terror – qo’rquv, dahshat) - ma’lum yovuz maqsad yo’lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usuli. qo’rqitish va dahshatga solish orqali o’z hukmini o’tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g’oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Jamiyatga doimiy qo’rquv, fitna, g’alamislik muhitini vujudga keltirish, zo’ravonlik yo’li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo’lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o’ldirish va portlatishlar bu mudhish g’oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi - bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o’rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot.
Buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy xususiyatga ega bo’lib, boshqa xalqlarni qaram qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda ularni kamsitishning o’ziga xos shaklidir.
SHovinizmning tarixan halokatli ekanligiga sabab shuki, haddan tashqari kuchayib ketgan va ayniqsa, o’z milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk davlatchilik zo’ravonlik asosiga qurilganligidadir. Bu esa, o’z navbatida, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikni ifoda etuvchi davlatlarning o’zida ko’plab qurbonlar va yo’qotishlarga olib keladi.
Diniy aqidaparastlik esa - siyosiy maqsadlar yo’lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo bo’lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.
Aqidaparastlar diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan, o’sha zamondagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga mos bo’lgan barcha yo’l-yo’riqlarning qa’tiy hamda og’ishmay bajarilishini talab qiladilar va shu tariqa diniy oqimlarni ifodalashda qo’llanadigan islohot shaklini shart qilib qo’yadilar.
Islom niqobidagi aqidaparastlarning asosiy g’oyasi - “sof islom” qat’iyatlariga (printsiplariga) qaytish, maqsadi esa islomiy davlat joriy etishdan iborat.
Diniy ekstremizm - ma’lum siyosiy maqsadlar yo’lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko’ra ish ko’ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o’ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.
Boshqacharoq aytganda, diniy ekstremizm - muayyan diniy yo’nalish va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlar siyosiy faoliyatining mafkurasi. Bu fikrning isboti sifatida “Musulmon birodarlari” va undan ajralib chiqqan ko’plab diniy ekstremistik ruhidagi guruh va tashkilotlar tayanadigan asosiy g’oyalarni eslab o’tishimiz mumkin.
Diniy ekstremizmni keltirib chiqaruvchi sabablar:
- Dindan foydalanib dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirish uchun intilish;
- Dinni niqob qilib, turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinish;
- Inson, millatlarining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini emas, balki dinning yashashga bo’lgan huquqini e’tirof etish;
- Dinni dunyoqarash, tafakkurning yagona vositasi deb hisoblash;
- O’z-o’zidan ravshanki, bu hodisalar O’zbekistoning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda butunlay zararli g’oyalardir.
Milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodi bo’lgan har bir kishi nosog’lom fikrga – sog’lom ezgu fikr bilan javob beradi. O’zining fikriga ega bo’ladi. O’zining erkin fikriga ega bo’lmasa, javob bera olmaydi. Xuddi shunday yovuz g’oyaga - ezgu g’oya bilan, jaholatga ma’rifat bilan javob beradi. Bugungi mafkura sohasida bo’ladigan turli xil kurashlarda ana shu yo’l bilan g’olib bo’lib, milliy o’zlikni saqlab qolish mumkin.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: “O’zbekiston”, 2000, 462-467 b.
Karimov I.A. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so’z boshi. T.9. -T.: “O’zbekiston”, 2001, 220-224 b.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11. -T.: “O’zbekiston”, 2003, 214-247 b.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T.: “O’zbekiston”, 2004.
Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. Ishonch. 2004 yil 26 may
Karimov I.A. qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. G’G’Xalq so’zi, 2004 yil 2 iyun
Aflotun. qonunlar. –T.: “YAngi asr avlodi”, 2002.
Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. -T.: “SHarq”, 1994.
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. –T.: Abdulla qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
Azizxo’jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. –T.: “SHarq”, “Akademiya” 2001.
Azizxo’jaev A.A. CHin o’zbek ishi.-T.: Akademiya. 2003.
Milliy g’oya fanidan pedagogik texnologik karta.
3-mavzu.
Mavzu
|
Globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi.
|
Maqsad
|
O’qituvchi: talabalarga quyidagilar tushuntirib berilishi maqsad qilib olinadi:
- Globallashuv tushunchasi, uning mohiyatini;
- Globallashuv jarayonlarida mafkuralar, g’oyalar to’qnashuvi. Globallashuvning murakkab jarayon ekanligi va globalizm hamda aksilglobalizm harakatlaning paydo bo’lish sabablari.
- Globallashuv jarayonlarida milliy ma’naviyatlarga tahdidlar.
- Globallashuv sharoitida milliy g’oyaga ehtiyoj ortib borishi, milliy tarbiyagae’tiborning zarurligi.
Talaba: O’rganish, darsda faol ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish.
|
Vazifalar
|
O’qituvchi: mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish. aqliy hujum orqali Globallashuv jarayonlarining mazmun mohiyati, Globallashuv jarayonlarida mafkuraviy, g’oyaviy tahdidlarning ko’rinishlari haqidagi talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish.
Talaba: Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qila olishi. Jahon mamlakatlari bilan keng miqyosda iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy aloqalarsiz yuqori darajada rivojlanish mumkin emasligini tushunish, va o’z navbatida milliy ma’naviyatni asrash zaruratini chuqur anglab etish, milliy ma’naviyatga tahdidlarga qarshi kurasha olishi darajasida bilimga ega bo’lishi.
|
Dars jarayonining tashkil etilishi
|
1.Tashkiliy qism
2.Maqsad va vazifalarni qo’yish
3.O’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash, tizimlashtirish
4.YAkun yasash
5.Uyga vazifa
|
5 daqiqa
3daqiqa
65 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
|
Dars jarayonining mazmuni
|
Dunyoning globallashuvi. Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning mafkuraviy manzarasi. Uning turli xalqlar hayoti, ong va tafakkuri, ishonch va e’tiqodiga ta’siri. Inson ongi va qalbi uchun kurashning davom etayotganligi. Globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyoj va uning zarurligi. Milliy g’oya – turli xalqlar, millatlarning o’zligini saqlab qolishi, hamda jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lish omili ekanligi.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi. Ikki qutbli dunyoning barham topishi. g’oyaviy kurashning o’zgarishi. Inson ongi va qalbini egallash orqali dunyoni bo’lib olishga bo’layotgan urinishlar. Uning turli xil yo’llari, ko’rinishlari. Buyuk davlatchilik shovinizmi, diniy ekstremizm va fundamentalizm, xalifalikni tiklash va terrorizm g’oyalarining zararli oqibatlari. SHarq va g’arb mamlakatlari hayotida milliy g’oya ko’rinishlari. Amerika, Frantsiya, Buyuk Britaniya, YAponiya, Koreya, Rossiya, Germaniya, Malayziya tajribasi. Milliy g’urur, milliy o’zlikni anglash va qadrlay olishning taraqqiyot omili ekanligi. Uning ma’rifiy rivojlanish qonuniyatlariga mosligi.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: og’zaki bayon qilish, “aqliy hujum”, “muammo” ped texnologiyasi.
Forma: ma’ruza, jamoada va guruhlarda ishlash.
Vosita: prezentatsiya, Az formatdagi ma’lumotlar, chizmalar, nutq.
Usul: tushuntirish, ko’rsatish, so’rash, muammoli savol.
Nazorat: kuzatish, og’zaki nazorat, yakka va guruhiy nazorat, savol javoblar.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish.Talabalar faolligini oshirish. Talabalarda darsga nisbatan qiziqishni uyg’otish. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish.
Talaba: Milliy g’oya fani bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Nutq rivojlanadi, fikrlar kengayadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ko’plab ma’lumotlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va dars jarayoniga tatbiq etish. O’z ustida muntazam ishlash o’tilayotgan mavzuni hayot bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish.
Talaba: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar topish, ularni o’rganish.
|
Dil so’zlari
|
E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo’ling.
|
3-MAVZU. GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA MILLIY G’OYAGA EHTIYOJNING ORTISHI.
Reja:
1. Globallashuv tushunchasi va uning mohiyati.
2. Globalizm va aksilglobalizm.
3. Globallashuv va milliy ma’naviyat.
4. Globallashuv va milliy g’oyaga ehtiyoj.
1. Globallashuv tushunchasi va uning mohiyati. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko’pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmay turib unga moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo’yish bilan baravar bo’ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tadqiqotlarga ko’z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma’naviyatga ham ta’sir o’tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo’lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko’mak berishlarini e’tirof etishga to’g’ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko’proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Lekin uning xususiyatlarini to’laroq qamrab olgani bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda globallashuv jarayonining uch o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:
globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o’lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko’ramiz.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
SHuning uchun ham milliy g’oyani bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
2. Globalizm va aksilglobalizm Hozirgi zamon globallashuvining jarayoni o’ta murakkab jarayon. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va
ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri yana ham murakkab bo’lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan raqobatda bo’lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo’lib ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu erda ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar.
XX asr o’rtalarida globallashuvning instituttsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o’zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Evropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham ko’rish mumkin.
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o’ziga ham qarshi chiqa boshladilar. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda so’zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik!» - degan edi.
«Aksilglobalizm vektorlari» anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A. Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».
Albatta bu fikrga turlicha munosabat bildirilishi mumkin. «Globallashuv»ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog’liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni «mafkuralashishdan», uning maqsadlaridan xoli bo’lishi kerak.
Tahlil shuni ko’rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o’zining aksini etarli darajada topishi kerak.
3. Globallashuv va milliy ma’naviyat. Globallashuvning faqatgina eng asosiy jihatlari va yo’nalishlarini ham qamrab olish qiyin. SHuning uchun mazkur bo’limda globallashuv milliy ma’naviyatga o’tkazayotgan va o’tkazishi mumkin bo’lgan ta’sir haqida fikr yuritamiz, xolos.
Ma’naviyatni ham bir uyga to’plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi himoya choralari ko’rishimiz tabiiy. CHetdan o’tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko’rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma’naviyat yo’qki, u boshqa xalqlar ma’naviyatidan to’la ihotalangan bo’lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy Amerika changalzorlarida turmush kechirayotgan qabilalar ham qo’shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta’sirini o’zida his qilib turadi. +olaversa tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma’naviyatidan bahramand bo’lgan xalqlar ma’naviyati yuksakliklarga ko’tarilgandan guvohlik beradi.
O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham SHarq va /arbni tutashtirgan karvon yo’llarida joylashgani sababli ham SHarq, ham /arb madaniyatidan bahramand bo’lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz /arb va SHarq ma’naviyatidan bahramand bo’lib ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho’qqilarga ko’tarishdi. Bu fikrning tasdig’ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo’lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod, san’at misolida ham ko’rish mumkin. Faqat Vatanimiz emas, umumjahon madaniyati tarixidan mustahkam o’rin egallagan allomalarimiz ijodi ham shu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayhon Beruniy Xitoy va Hindiston, YUnoniston va Rim falsafasini, tabiiy fanlarini chuqur o’zlashtirgan edi. Hindistonda bo’lgan paytida u hind fani va madaniyatini o’rganar ekan, qadimgi manbalarni o’rganish uchun qadimgi hind tili-sankritni bilish lozimligini anglaydi. U sanskritni o’rganishga kirishadi va qisqa fursatda uni chuqur o’zlashtiradi. Endi qadimgi hind madaniyati va fanini asl manbalardan o’rgana boshlaydi. U shuningdek, yunon va Rim madaniyati va fanini o’rganish uchun yunon va lotin hamda qadimgi yahudiy tillarini o’zlashtirgan edi.
Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Forobiy ham o’nlab tillarni bilgan va o’nlab xalqlar madaniyati va ma’naviyatini chuqur o’rgangan. Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Eng muhim jihati shundaki, o’sha buyuk ajdodlarimiz jahon xalqlari ma’naviyatini o’rganibgina qolmay, ularni chuqur tahlil qilishdi, tegishli joylarini rivojlantirib olamshumul kashfiyotlarni ochishdi.
Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma’naviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o’rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma’naviyat cho’qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga ta’sir o’tkazayotgan yoki ta’sir o’tkazmoqchi bo’layotgan g’oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o’tkazish uchun esa ba’zan erinchoqligimiz, ba’zan uquvsizligimiz xalaqit bermoqda. Buning oqibatida esa qabul qilish bo’lgan g’oyalarni rad etish va rad etish lozim bo’lgan g’oyalarni qabul qilish hollari ham uchrab turibdi.
SHunday g’oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib, kirib keladi. SHunday g’oyalar ham borki, ular «o’g’ri» kabi tuynuk qidiradi.
Eshik qoqib keladigan g’oyalar milliy ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu umuminsoniy ezgu-g’oyalardir. CHunki, milliy ma’naviyatlar o’zaro ta’sir jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma’naviyati rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum va an’analarini qanchalik o’zlashtirib va rivojlantirib borganini ko’rish mumkin.
O’zbek milliy ma’naviyati ham uzoq va yaqindagi qo’shnilarning ilg’or an’analarini o’zlashtirish natijasida boyib bordi. Ma’naviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mukin. XX asr boshlaridagi o’zbek madaniyati va ma’naviyati va uning asr oxiridagi holati o’rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san’at, fan, hatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin.
XX asr boshida o’zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan edi. Demak milliy teatr san’ati to’g’risida so’z ham yuritish mumkin emas edi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat singari ma’rifatparvarlarning sa’y-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san’ati vujudga keldi. O’sha paytlarda teatr san’atini o’zbek millati uchun yot, begona g’oya deb e’lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan chegaralanmagan. San’atning bu turlarini O’zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazax qilish, masxaralash, hatto sazoyi qilish o’zlarini milliy ma’naviyat himoyachilari, deyuvchilar tomonidan amalga oshirilgan edi. Hamma narsa uchun oliy hakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr san’ati milliy ruhiyatimiz va ma’naviyatimizga yot, deyuvchilarning o’zlari milliy ma’naviyat rivojiga g’ov bo’lganini ko’rsatdi. Hozirgi kunda har million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo’yicha O’zbekiston dunyodagi eng ilg’or o’rinlardan birini egallaydi va teatr milliy ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylangan.
Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. XX asr davomida ana shu qadriyatimizning ham tadrijini kuzatsak, g’aroyib hodisalarning guvohi bo’lamiz. O’tgan asr boshlarida mahalliy erkaklarning qishki kiyimi telpak yoki etikdan iborat edi. YOzgi kiyim esa do’ppi, ko’ylak yoki yaktak, oq lozim va shippak yoki kafshdan iborat edi.
Sport sohasidagi atamalarni globallashuv jarayoniga ham tadbiq qiladigan bo’lsak, vayronkor g’oyalardan himoyalanishning eng samarali yo’li ularga qarshi hujumga o’tishdir. YA’ni, biz yot g’oyalardan himoyalanish bilangina shug’ullanmay, o’z g’oyalarimiz, an’analarimiz, turmush tarzimizni dunyoga yoyish uchun harakat ham qilishimiz zarur.
Tariximiz ilm-fan, din, san’at sohasida yurtimizda etishib chiqqan allomalar butun dunyoga dong taratganidan, demakki butundunyo ma’naviyatiga katta ta’sir o’tkazganidan guvohlik beradi. Abu Nasr Forobiy jahon falsafasi rivojiga sezilardi hissa qo’shgan bo’lsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zamahshariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek singari allomalarimiz jahon fanini yangi pog’onalarga ko’tarishdi. Ismoil Buxoriy, at Termiziy, Moturidiy, Abduxoliq /ijduvoniy, Bahovuddiy Naqshbandiy, Ahmad YAssaviylar esa, Hadis, kalom, fikh ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar hisoblanishadi. Amir Temur va Mirzo Boburning harbiy san’ati naqadar yuksakligini butun jahon e’tirof etadi.
SHo’rolar davrida milliy qadriyatlarimizni dunyoga yoyish uyoqda tursin o’z yurtimizda qadrlash uchun ham yo’l berilmadi, ko’pchilik qadriyatlarimiz esa toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’sha toptalgan qadriyatlarimizni tiklash imkoniga ega bo’ldik. Bundan tashqari milliy qadriyatlarimizni targ’ib qilish imkoniga ham ega bo’ldik. O’zbek milliy kurashini dunyoga yoyish bo’yicha qilingan ishlar, dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida o’zbek kurashi federatsiyalarining tuzilishi buning yaqqol misoli. Dunyo bugun O’zbekistonni milliy-madaniy merosi, boy tarixi, tili, madaniyati, urf-odat va an’analarining umuminsoniy g’oyalar bilan mujassamligi, san’at va arxitektura, fan va madaniyat sohasida erishayotgan yutuqlari orqali ham kashf etmoqda. Demak, biz globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvi tomongina bo’lmay, faol targ’ib qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin.
4. Globallashuv va milliy g’oyaga ehtiyoj.
Milliy ma’naviyatimizni va ma’naviy o’zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo’q. SHu masalada milliy g’oyaning juda muhim funktsiyasi, ya’ni milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash kabi muhim funktsiyasi namoyon bo’ladi. Milliy g’oya ana shu funktsiyani bajarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e’tiqod sifatida shakllanishi lozim.
Milliy g’oyaning shakllantirilishi va uning o’quvchilar, talabalar, keng aholi tomonidan o’rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy g’oyaning negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g’oyalaridan oziqlanadi. Lekin, bu g’oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. YA’ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma’naviyatni tiklash, milliy g’ururni uyg’otish, bir so’z bilan aytganda, milliy g’oya tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan buyon o’tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy, ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar o’tkazildi, ta’lim to’g’risida milliy dastur qabul qilindi. Bir so’z bilan aytganda, milliy g’oyani keng targ’ib qilish uchun zamin yaratildi.
Milliy g’oyani targ’ib qilishda, bizningcha ba’zan birtomonlamalikka yo’l qo’yilmoqda. Bu g’oyani targ’ib qilishda ishtirok etayotgan murabbiy va o’qituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida, maqola va risolalarida ma’rifatchilik bilan cheklanish ko’zga tashlanmoqda. Holbuki, ma’naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham milliy g’oyani targ’ib qilishda bu yondashuv bilan cheklanib bo’lmaydi. Bu hol milliy g’oyaning xususiyatlari bilan bog’liq.
Milliy g’oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko’ndalang qo’yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo’layotgan g’oyaviy, ma’naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo’lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. CHunki, globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta’sir va tahdidning yo’qligi esa milliy g’oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Milliy g’oyaning mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g’oyaligicha qolmay amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g’oyasi bo’lishi mumkin. SHundagina u globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatni va ma’naviy o’zlikni tashqi nosog’lom mafkuraviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi.
Milliy g’oyaning hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta’minlash uchun g’oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab o’rganish lozim. Buning uchun dastavval, g’oya bevosita amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanishi mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, bu jarayon qanday yuz beradi? degan savollarga javob topish zarur.
Zamonaviy psixologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai nazaridan bu savolga “ko’pincha aylanmaydi” deb javob berish kerak. CHunki inson ongida, miyasida o’nlab, yuzlab va hatto minglab g’oyalar bo’ladi. Ularning barchasi ham amaliyotga aylanavermaydi. CHunki, ayni bir inson ongida ayni bir paytning o’zida o’nlab turli xil, jumladan, diniy, ahloqiy, siyosiy, ilmiy, badiiy va boshqa xil g’oyalar bo’lishi tabiiy. Ular bir-birlarini to’lg’azishi va ko’pincha bir-birlariga to’la mos kelmasligi mumkin. Natijada, shaxs bu g’oyalardan eng zarurlarini va o’zi eng to’g’ri, deb bilganlarini ajratib hayotga tadbiq qiladi yoki unga amal qiladi. Ana shu tanlash, ya’ni g’oyaning amaliyotga o’tishidagi muhim bosqichni to’laroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezonlarini aniqlab olish zarur.
g’oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g’oyaning yoki maqsadning shaxs, millat, xalq yoki jamiyat manfaatlariga, ehtiyojlariga, qurilmalariga, e’tiqodiga mosligidir. Bu hodisalar, ya’ni manfaatlar, ehtiyojlar, ustanovkalar, e’tiqodlar va ularning g’oyalar bilan o’zaro aloqadorligi murakkab. Buning ustiga bu muammo jahon fanida ham kam o’rganilgan. Mamlakatimiz psixolog olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladilar.
Muammoning murakkabligini hisobga olib biz uning faqat bir jihati ya’ni g’oyalar va e’tiqod aloqadorligi to’g’risida fikr yuritmoqchimiz. E’tiqod shaxs ongida shunday muhim o’rin tutadiki, uning hayot yo’nalishi, hayot tarzi, intilishlari mana shu e’tiqod bilan belgilanadi.
Inson ongiga yo’l topayotgan, kirib borayotgan g’oyalar ham mana shu e’tiqod chig’irig’idan o’tkaziladi. E’tiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi. Lekin, g’oya va e’tiqod aloqadorligi faqat bir tomonlama jarayon emas. Ularning aloqadorligi faqatgina e’tiqodning nazoratchiligi, g’oyalarni elakdan o’tkazishi bilan cheklanmaydi. SHunday holatlar ham bo’ladiki, inson ongiga kirib kelayotgan g’oya undagi e’tiqodni mustahkamlaydi yoki bo’shashtiradi, ba’zan esa shu g’oyaning o’zi e’tiqodga aylanadi.
Mustaqillik qo’lga kiritilgach, mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar boshlandi. Bu islohotlar jarayonida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish singari ko’plab tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. Islohot ijtimoiy ruhiyat sohasida ham amalga oshirila boshladi. Bu sohadagi eng muhim vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish edi. Buning uchun esa ularni sobiq sho’rolar tuzumi qoliplaridan, boqimandalik, o’zibo’larchilik kayfiyatidan yot va begona g’oyalarga bo’lgan e’tiqoddan xalos qilish kerak edi. Bu yo’nalishda muayyan ishlar amalga oshirildi. Biroq bu jarayon mamlakatimizda milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari shakllanishi bilan o’zining yakunlovchi pallasiga kirdi. CHunki, tabiatda bo’lmagani singari inson ongida ham mutlaq bo’shliq bo’lmaydi. Sobiq totalitar tuzum sarqitlarini inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli ma’naviy qurol kerak. Bunday qurol vazifasini faqat milliy g’oya bajarishi mumkin. CHunki, hayotbaxsh g’oya bilan qurollanmay turib eski g’oyalar ta’siridan to’la qutilish mumkin emas. SHunisi ham borki, milliy g’oyadan jamiyat a’zolarining ko’pchiligi xabardor bo’lishi eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi. Milliy g’oya ishonch va e’tiqodga aylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin.
Jamiyatda g’oyaning e’tiqodga aylanishi uning amaliyotga o’tishidagi muhim bosqichdir. SHaxs e’tiqodiga aylangan g’oyani ro’yobga chiqarish uchun harakat qila boshlaydi. E’tiqod qanchalik kuchli bo’lsa, uni amalga oshirish uchun shaxs shunchalik ehtiros bilan harakat qiladi. Kuchli e’tiqod yo’lida shaxs bilimini, kuchini, boyliklarini, hatto hayotini ham ayamaydi. Tarixdan bunga ko’plab misollar keltirish mumkin. AqSH Prezidentlaridan biri T.Jefferson “Ozodlik shunday daraxtki, u ba’zan odam qoni bilan sug’orib turishlarini talab qiladi”, deganda xuddi shunday e’tiqodli odamlarning ozodlikni himoya qilish yo’lida ular o’z jonidan kechishga ham tayyor turishlarini nazarda tutgan edi. YUrtimiz tarixida ozodlik daraxtini o’z qoni bilan sug’organ yoki sug’orishga tayyor turgan qahramonlar ko’p bo’lgan. O’g’izxon, SHiroq, To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari shaxslar shular jumlasidandir. Ular e’tiqodlari tufayli ozodlik, yurt mustaqilligi yo’lida butun kuch-g’ayratlarini, zarur bo’lganda jonlarini ham ayamadilar.
Mustaqillikni ham ozodlikka o’xshatish mumkin. Ular - egizak. Mustaqilliksiz ozodlik bo’lmaydi va aksincha - ozodliksiz mustaqillikka erishib bo’lmaydi. Mustaqillikni himoya qilish uchun jon fido qilishga tayyor o’g’lonlar bo’lmasa u qurib qoladi. Mustaqillik daraxti gullab-yashnashi uchun uning poyiga ko’proq ter to’kish kerak. Vatan o’g’il-qizlari qanchalik ko’p mehnat qilib ter to’ksalar, mustaqillik daraxti, uning ildizlari, ildizlari orasidagi o’qtomir-milliy g’oya shunchalik barq urib rivojlanadi. Lekin faqat ma’rifat bilan qanoatlanilsa, nari borganda istiqlol g’oyasini izohlab, tushuntirib berish mumkin, izohlash va tushuntirish yo’li bilan esa odamlarning faqat fikriga, xotirasiga ta’sir o’tkazsa bo’ladi. Milliy g’oyani yaxshi tushunib olgan talaba yoki o’quvchi imtihonda “a’lo” yoki “yaxshi” baho olishi mumkin, lekin unda bu g’oyaga e’tiqod shakllanmagan bo’lsa bu bilimni u tezda unutadi. E’tiqod shakllanishi uchun faqat bilimning o’zi kifoya qilmaydi. E’tiqod, xususan g’oyaviy e’tiqod bilim va his-tuyg’uning farzandidir. g’oyaviy e’tiqodning otasi bilim bo’lsa, onasi his-tuyg’udir. Ulardan biri bo’lmasa g’oyaviy e’tiqod ham bo’lmaydi. SHu xususiyati bilan g’oyaviy e’tiqod e’tiqodning boshqa turlaridan, aytaylik diniy e’tiqoddan farq qiladi. Diniy e’tiqod shakllanishi uchun din arkonlari to’g’risida chuqur bilim bo’lishi shart emas. Dindorlarning ko’pchiligida ana shunday chuqur diniy bilim yo’q, lekin ularning talay qismidagi e’tiqod bilimdon ulamolarning e’tiqodidan kuchliroq bo’lishi mumkin. Buning sababi shundaki, diniy e’tiqod bilimni inkor qilmaydi, lekin unda ehtiros ustivorlik qiladi. Din bo’yicha juda ko’p bilimga ega bo’lgan odamning e’tiqodi sust va buning aksicha, oz bilimga ega bo’lgan odam kuchliroq e’tiqodga ega bo’lishi mumkin. SHuning uchun ilm, ma’rifat bilan birga unga amal qilish muhim. U e’tiqodni
mustahkamlaydi.
Ilmiga amal qilmagan mulladan beshak,
Afzaldir ustiga kitob ortilgan eshak,
deganda SHayx Sa’diy bilimdon, lekin e’tiqodsiz mullalarni nazarda tutgan edi.
Milliy g’oyaning mohiyatiga monand tarzda uni yoshlar va aholi ongiga singdirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ma’rifiylik bilan cheklanmay e’tiqodni shakllantirish uchun amaliyotga yo’naltirilishi muhim. Buning uchun esa e’tiqodning o’ziga xos xususiyatlari, uning shakllanishidagi bosqichlar, murakkabliklar, nozikliklarni doimo yodda tutish zarur bo’ladi.
Milliy g’oya ham ishonch va e’tiqodni hamda unga amal qilib yondosha boshlagan kishilar faoliyatida samara beradi. Ishonch va e’tiqodning mustahkamligi kishilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlariga, madaniy merosi, urf-odatlari, an’analarini, tili, tarixini hurmat qilishi, unga bo’lgan e’tiqodi va sadoqati orqali namoyon bo’ladi. SHunda u millatni globallashuv jarayoni bilan ayrim tahdidlardan saqlaydi.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va Taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: “O’zbekiston”, 1997. 31-40, 125-135, 149-162 b.
Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T.: “O’zbekiston”, 1999. 84-102 b.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 489-508 b.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: “O’zbekiston”, 2000.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: “O’zbekiston”, 2000, 462-467 b.
Karimov I.A. “Egali yurt erkini bermas”. T.9. -T.: “O’zbekiston”, 2001. 70-98 b.
Karimov I.A. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasiga so’z boshi. T.9. -T.: “O’zbekiston”, 2001, 220-224 b.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik Taraqqiyot vama’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T.: “O’zbekiston”, 2004.
Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Ishonch. 2004 yil 26 may
Karimov I.A. qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Xalq so’zi, 2004 yil 2 iyun
Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. -T.: “SHarq”, 1994.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: “YAngi asr avlodi”, 2001.
Milliy g’oya fanidan pedagogik texnologik karta.
4-mavzu.
Mavzu
|
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish xavfsizlik va barqarorlik omili
|
Maqsad
|
O’qituvchi: Xavfsizlik tushunchasi, uning ko’rinishlari, mamlakat barqaror rivojlanishida xavfsizlikni ta’minlanishning ahamiyati. Mafkuraviy immunitet tushunchasi, xavfsizlikni ta’minlashda mafkuraviy immunitetning ahamiyatini, g’oyaviy manipulyatsiya, mafkuraviy tahdidlar, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetning ahamiyatini talabalarga tushuntirish.
Talaba: O’rganish, darsda faol ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish.
|
Vazifalar
|
O’qituvchi: mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish, aqliy hujum orqali xavfsizlik, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy tahdidlar, g’oyaviy manipulyatsiya haqidagi o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish.
Talaba: Xafsizlikni ta’minlashda mafkuraviy immunitetning ahamiyatini, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni, vayronkor mafkuralarni tarqatishda g’oyaviy manipulyatsiya qo’llanilishining salbiy oqibatlarini chuqur tushunish va uni tahlil qila olish darajasida o’zlashtirish.
|
Dars jarayonining tashkil etilishi
|
1.Tashkiliy qism
2.Maqsad va vazifalarni qo’yish
3.O’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash, tizimlashtirish
4.YAkun yasash
5.Uyga vazifa
|
5 daqiqa
3daqiqa
65 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
|
Dars jarayonining mazmuni
|
Jamiyatda mafkuraviy immunitet, xavfsizlik va barqarorlik tushunchalari. Mafkuraviy immunitet, xavfsizlik va barqarorlikning o’zaro munosabati. O’tish davri va “mafkuraviy bo’shliq” muammosi. YOt g’oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish zaruratining kuchayishi. Mafkuraviy immunitet tushunchasi, mohiyati, vositalari va uslublari.
O’zbekiston va uning mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligi jiddiy xavf tug’diradigan mafkuraviy tahdidlar: diniy ekstremizm, eski imperiyaviy tuzumni qayta tiklash davlatimiz tarixini soxtalashtirish, milliy va umuminsoniy bunyodkor g’oyalarga zid bo’lgan zararli g’oyalarning xalqimiz turmush tarzi va yoshlarning ongiga singdirishga bo’layotgan urinishlar. Erkinlik va inson huquqlari tushunchalarini “demokratiya niqobi” ostida talqin etishga milliy tafakkur tarzi xususiyatlariga, demokratik qadriyatlarga zidligi. Ularning milliy xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sirlari. Mafkuraviy tahdidni kuchaytirishda ayrim xalqaro xorijiy markazlar va guruhlarning noma’rifiy yondashuvlari. Milliy-ma’naviy qadriyatlarni hisobga olmaslik mafkuraviy tajovuzkorlikning o’ziga xos ko’rinishi ekanligi.
Mafkuraviy xavfsizlikka intilish – ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili. Milliy g’oya, milliy mafkura ijtimoiy siyosiy va ma’naviy barqarorlikning muhim omili.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: og’zaki bayon qilish, “aqliy hujum”, “muammo” ped texnologiyasi.
Forma: ma’ruza, jamoada va guruhlarda ishlash.
Vosita: prezentatsiya, Az formatdagi ma’lumotlar, chizmalar, nutq.
Usul: tushuntirish, ko’rsatish, so’rash, muammoli savol.
Nazorat: kuzatish, og’zaki nazorat, yakka va guruhiy nazorat, savol javoblar.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish.Talabalar faolligini oshirish. Talabalarda darsga nisbatan qiziqishni uyg’otish. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish.
Talaba: Milliy g’oya fani bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Nutq rivojlanadi, fikrlar kengayadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ko’plab ma’lumotlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va dars jarayoniga tatbiq etish. O’z ustida muntazam ishlash o’tilayotgan mavzuni hayot bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish.
Talaba: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar topish, ularni o’rganish.
|
Dil so’zlari
|
E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo’ling.
|
4-mavzu: MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI
Reja
Do'stlaringiz bilan baham: |