Milliy g’oyaning umumbashariy tamoyillari.
Milliy g’oya millatning manfaatlari htiyojlarini umuminsoniy tamoyillar bilan o’zida uyg’un holda aks ettirishi bilan ham xarakterlanadi. U umuminsoniy tamoyillarga zid emas, balki g’oyaning milliy tamoyillari negizida, ularning eng ilg’or jihatlari, umuminsoniyat manfaatlariga mos kelishi hisobiga umuminsoniy tamoyillar tizimi shakllanadi. YA’ni, umuminsoniy tamoyillar negizida g’oyaning milliy tamoyillari shakllanmaydi, aksincha milliy tamoyillarning ilg’or, barcha xalqlar manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan jihatlari hisobiga umuminsoniy tamoyillar shakllanadi.
Ana shu xulosaga muvofiq milliy g’oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo’lish;
urush olovini yoqish, o’zga millatlarga zulm o’tkazishdan xoli bo’lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik;
adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g’oyalarini o’zida ifoda ettirish;
jahon xalqlari yaratgan tsivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga etkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo’lish;
insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;
diniy bag’rikenglik g’oyalarini o’zida ifodalash;
inson xaq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish;
qonun ustvorligini, millatlararo hamjihatlilikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo’lish;
har bir millatning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg’or tajribalarini o’rganish va o’z millati erishgan yutuqlarini ularga etkazish;
vayronkor va turli g’arazli g’oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g’oyalar rivojlanishining omili bo’lish kabilardir. Ular o’z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g’oya uchun xos bo’lgan umuminsoniy tamoyillardir.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va Taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: “O’zbekiston”, 1997. 31-40, 125-135, 149-162 b.
Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T.: “O’zbekiston”, 1999. 84-102 b.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 489-508 b.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 6-12, 14-26, 28-38, 47-48 b.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: “O’zbekiston”, 2000, 462-467 b.
Karimov I.A. “Egali yurt erkini bermas”. T.9. –T.: “O’zbekiston”, 2001. 70-98 b.
Karimov I.A. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so’z boshi. T.9. –T.: “O’zbekiston”, 2001, 220-224 b.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik Taraqqiyot vama’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Ishonch. 2004 yil 26 may
Karimov I.A. qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Xalq so’zi, 2004 yil 2 iyun
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”. -T.: “Adabiyot”, 1996.
Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. -T.: “SHarq”, 1994.
Azizxo’jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. -T.: “SHarq”, 1997.
Azizxo’jaev A.A. CHin o’zbek ishi. -T.: “Akademiya”, 2003.
Imom Buxoriy. “Hadis”. 4 jildlik. -T.: qomuslar bosh tahririyati, 1992.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent: O’zbekiston, 2001.
Milliy g’oya fanidan pedagogik texnologik karta.
7-mavzu.
Mavzu
|
Milliy g’oyaning bosh maqsadi – ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish.
|
Maqsad
|
O’qituvchi:
- milliy g’oyaning bosh maqsadi – ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish ekanligini;
- Erkin va farovon hayotga erishishning ijtimoiy siyosiy barqarorlik, tadbirkorlik, mehnat, ilm, fan sirlarini egallash yuksak ma’rifat bilan mushtarakligini;
- Erkin va farovon hayotga erishishda har bir insonning mehnati, intilishi, oldiga qo’ygan bunyodkorlik maqsadlari muhim ahamiyatga ega ekanligini talabalarga tushuntirish.
Talaba: O’rganish, darsda faol ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish.
|
Vazifalar
|
O’qituvchi: mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish, aqliy hujum orqali erkin va farovon hayot qurish maqsadi va unga erishishda tanlangan yo’l, bunday hayot qurishga yordam beruvchi vositalar haqidagi o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish.
Talaba: Mamlakatimiz rivojlanishdan oldiga qo’ygan maqsad nimadan iborat ekanligini anglab etish, unga erishishda tanlangan yo’l, vositalar haqida bilimga ega bo’lish.
|
Dars jarayonining tashkil etilishi
|
1.Tashkiliy qism
2.Maqsad va vazifalarni qo’yish
3.O’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash, tizimlashtirish
4.YAkun yasash
5.Uyga vazifa
|
5 daqiqa
3daqiqa
65 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
|
Dars jarayonining mazmuni
|
Milliy g’oyaning O’zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot kontseptsiyasi ekanligi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish – milliy g’oyaning bosh maqsadi. O’zbekistonda erkin demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog’liqligi. YOshlarda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish tuyg’usini qaror toptirishda milliy g’oyaning maqsadlari bilan mushtarakligi. Ozod va obod Vatanni anglash va qadrlash tuyg’usi. Erkin va farovon hayotga erishishning mehnat, ilm, fan sirlarini egallash yuksak ma’rifat bilan mushtarakligi. Milliy g’oyani har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: og’zaki bayon qilish, “aqliy hujum”, “muammo” ped texnologiyasi.
Forma: ma’ruza, jamoada va guruhlarda ishlash.
Vosita: prezentatsiya, Az formatdagi ma’lumotlar, chizmalar, nutq.
Usul: tushuntirish, ko’rsatish, so’rash, muammoli savol.
Nazorat: kuzatish, og’zaki nazorat, yakka va guruhiy nazorat, savol javoblar.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish.Talabalar faolligini oshirish. Talabalarda darsga nisbatan qiziqishni uyg’otish. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish.
Talaba: Milliy g’oya orqali targ’ib qilinayotgan bosh g’oya xalq manfaatlariga xizmat qilishi haqida bilib oladi. Nutq rivojlanadi, fikrlar kengayadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ko’plab ma’lumotlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va dars jarayoniga tatbiq etish. O’z ustida muntazam ishlash o’tilayotgan mavzuni hayot bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish.
Talaba: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar topish, ularni o’rganish.
|
Dil so’zlari
|
E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo’ling.
|
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Nukus: qoraqalpog’iston, 1993.
Karimov I.A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: “O’zbekiston”, 1997. 31-40, 125-135, 149-162 b.
Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T.: “O’zbekiston”, 1999. 84-102 b.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 489-508 b.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 6-12, 14-26, 28-38, 47-48 b.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: “O’zbekiston”, 2000, 462-467 b.
Karimov I.A. “Egali yurt erkini bermas”. T.9. -T.: “O’zbekiston”. 2001. 70-98 b.
Karimov I.A. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so’z boshi. T.9. -T.: “O’zbekiston”, 2001, 220-224 b.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. -T.: “O’zbekiston”, 2004.
Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. -Ishonch. 2004 yil 26 may
Karimov I.A. qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. -Xalq so’zi, 2004 yil 2 iyun
Azizxo’jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. –T.: “SHarq”, “Akademiya” 2001.
Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. -T.: “SHarq”, 1994.
Mirzo Ulug’bek. “To’rt ulus tarixi”, T.: 1996.
A.Fitrat. Najot yo’li. -T.: “SHarq”, 2001.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent: O’zbekiston, 2001.
Milliy g’oya fanidan pedagogik texnologik karta.
8-mavzu.
Mavzu
|
Millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag’rikenglik.
|
Maqsad
|
O’qituvchi: Demokratiya, demokratiyada milliy xususiyatlarning namoyon bo’lishini mamlakat tinchligi va taraqqiyotining erkinlik, tenglik, qonun ustuvorligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalari bilan bog’liq ekanligini tushuntirish, talabalarga etkazib berish.
Talaba: O’rganish, darsda faol ishtirok etish, topshiriqlarni bajarish.
|
Vazifalar
|
O’qituvchi: mavzuga oid ma’lumotlarni prezentatsiya materiallari, tarqatma materiallar, og’zaki ma’lumotlar orqali etkazib berish, aqliy hujum Demokratiya, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalari haqidagi o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish.
Talaba: Demokratiya, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalarining mamlakat tinchligi va taraqqiyoti uchun naqadar zarur ekanligini chuqur tushunish va uni tahlil qila olish darajasida o’zlashtirish.
|
Dars jarayonining tashkil etilishi
|
1.Tashkiliy qism
2.Maqsad va vazifalarni qo’yish
3.O’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash, tizimlashtirish
4.YAkun yasash
5.Uyga vazifa
|
5 daqiqa
3daqiqa
65 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
|
Dars jarayonining mazmuni
|
Milliy g’oyada milliy rivojlanish va demokratiya tushunchalarining o’zaro munosabati. Demokratiya – yuksak ma’rifat va madaniylashgan jamiyat shakli ekanligi. Milliy g’oya – millatni demokratiyaga, adolat va erkinlikka tayyorlovchi, safarbar etuvchi omil. “Demokratiya” niqobi ostida milliy g’oyaga yot g’oyalarni kiritishga urinishlarning tub mohiyati va sabablari. Milliy tafakkur va milliy axloqning demokratik ko’rinishlari. Milliy g’oya va ishbilarmonlik, yosh iste’dodlarni qo’llab quvvatlash, texnika va texnologiyani egallashga bo’lgan intilishga ehtiyojning zarurligi. Mehr-muruvvat, inson qadri va demokratiya. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi.
“Millatlararo totuvlik”, “Milliy va diniy bag’rikenglik” tushunchalarining ma’no-mazmuni.
Milliy g’oya millatlararo, dinlararo totuvlikni ta’minlovchi, jamiyatni birlashtirib turuvchi, mushtarak maqsadlar, g’oyalar majmui ekanligi.
Hozirgi davlatlarning polietnik (ko’p elatli) va monoetnik (bir elatli) davlatlarga bo’linishi. O’zbekistonning ko’p millatli davlat ekanligi. Millat va madaniyatlarning rang-barangligi. Xalqlar ma’naviy-ma’rifiy salohiyatining boyish manbai ekanligi. Milliy g’oyada - turli millat orzu va maqsadlari, tili, madaniyatlari xususiyatlarining aks etishi. Uning “agressiv millatchilik”, majburan “baynalminallashtirish”, sun’iy tarzda “xalqlar va millatlarni yaqinlashtirish” g’oyasiga zidligi. O’zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi.
Til - millat ruhiyatining ifodasi ekanligi. Davlat tilini bilishning millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag’rikenglik fazilatlari va ijtimoiy-ma’naviy yuksalishdagi ahamiyati.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: og’zaki bayon qilish, “aqliy hujum”, “muammo” ped texnologiyasi.
Forma: ma’ruza, jamoada va guruhlarda ishlash.
Vosita: prezentatsiya, Az formatdagi ma’lumotlar, chizmalar, nutq.
Usul: tushuntirish, ko’rsatish, so’rash, muammoli savol.
Nazorat: kuzatish, og’zaki nazorat, yakka va guruhiy nazorat, savol javoblar.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish.Talabalar faolligini oshirish. Talabalarda darsga nisbatan qiziqishni uyg’otish. O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish.
Talaba: Demokratiya, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik borasida yangi bilimlarni egallaydi. Nutq rivojlanadi, fikrlar kengayadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ko’plab ma’lumotlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va dars jarayoniga tatbiq etish. O’z ustida muntazam ishlash o’tilayotgan mavzuni hayot bilan bog’lash, pedagogik mahoratni oshirish.
Talaba: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar topish, ularni o’rganish.
|
Dil so’zlari
|
E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo’ling.
|
8- MAVZU. MILLATLARARO TOTUVLIK, MILLIY VA DINIY BAG’RIKENGLIK
Reja:
1. Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, milliy-diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi.
2. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari.
3. O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik.
1. Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, milliy-diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi.
Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bag’rikenglik g’oyalari bilan o’zaro mushtarak. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
Demak, milliy g’oya-barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o’zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yaratish mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo’lgan umum maqsad yo’nalishidagi harakatlar majmuini milliy va diniy bag’rikenglikni uyg’otuvchi fikrlar, qarashlarni, g’oyalarni ham o’zida ifoda etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu olamdan tabiiy rang-baranglik bilan jamiyatda milliy o’ziga xoslikni ifodalaydi.
Millatlararo totuvlik g’oyasi-umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omil bo’lib, shu joyda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Bu g’oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma’naviy asosidir.
Milliy g’oya - har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o’rtasida hamjihatlik bo’lishi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g’oyaning ahamiyatini tushunib etmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. XX asrda Evropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo’lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo’ladi.
O’zbekiston hududida qadim-qadimdan ko’plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi.
SHu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.
U do’stona munosabatlar ustun bo’lgan sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning omili sifatida maydonga chiqadi. Respublika Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday yozadi: “Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishini ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. SHunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan. Aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-aqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. SHunday qilib, bu mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning fuqarolar jamiyati qurilishining ta’sirchan vasitasiga aylanib qolgan”.1
O’zbekiston Prezidenti bu fikrlarni yanada chuqurlashtirib, ko’pmillatlilik bizning bebaho boyligimiz ekanligini, hamma narsa undan foydalanishda ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir millat o’zining betakror madaniy-ma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari, birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zaro ta’sirda bo’lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi.
Deylik, ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xatti-harakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rang-baranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin.
Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, xamjihatlik zarurligini tushunishga yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi.
Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondoshmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: “Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butun-butun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiyy faloqatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero,ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun-butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur etkazuvchi bosh omilga aylangan”.2
Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy g’oyaning amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar etkazadi. SHuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy xolisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun: etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo’lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an’analari, madaniy merosini rivojalantirib berishlariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tili, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega O’zbekistonda millatlararo munosabatlar borasidagi davlat siyosatining natijasi - demokratik taraqqiyotning hosili sifatida 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. SHu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganligida ko’rinmoqda.1
Turli millat vakillarining badiiy, ijodiy tadbirlari, ko’rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi - O’zbekiston fuqarosi ekanligini namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.
Bashariyat tushunchasi rango-rang millatlar va elatlar, shuningdek, turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak, har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, an’analari, qadriyatlari barq urib turadi.
Milliy g’oya o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra barcha millatlarning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |