Nasadkali absorberlar.
Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan toʼldirilgan vertikal silindrsimon kolonnalarninng tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador boʼlgani uchun sanoatda koʼp ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan oʼtib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi (5.18-rasm).
5.18 rasm. Nasadkali absorber.1 - taqsimlagich; 2 - nasadka; 3 - suyuqlikni qayta taqsimlash moslamasi; 4 - teshikli panjara
Suyuqlik faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi 1 yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan oʼzaro taʼsir etadi. Qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir meʼyorda taqsimlashga salmoqli xissa qoʼshadi. Nasadkalar quyidagi tapablarga javob berish kerak: kata solishtirma yuzaga ega boʼlishi; gaz oqimiga koʼrsatadigan gidravlik qarshiligi kichik boʼlishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi hoʼllanilishi; absorber koʼndalang kesimyuzasi boʼylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza taʼsiri ostida yemirilmaydigan boʼlishi; yengil va arzon boʼlishi kerak.
Sanoatda qoʼllaniladigan nasadkalarning baʼzi bir turlari va ularni qurilmada joylash usullari 5.19- rasmda keltirilgan. Bu nasadkalarning ichida eng keng tarqalgan nasadka Ra-shig qalqalaridir. Undan tashqari, keramik jism, koks, maydalangan kvarts, polimer halqa, metall toʼr va panjara, shar, propeller va parrak, egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi.
Rashig halqalari 15x15x2,5; 25x25x3; 50x50x5 mm oʼlchamli qilib yasaladi. Nasadkalarning geometrik xarakteristikasi boʼlib ekvivalent diametr hisoblanadi:
(5.90)
bu yerda Vбx - boʼsh hajm, м3/м3; a - solishtirma yuza, м2/м3.
Rashig qalqalarining oʼlchamlari kattalashishi bilan solishtirma yuzasi 300; 204; 87,5 м2/м3 va boʼsh hajmi 0,7; 0,74; 0,785 м3/м3 miqdorlarga teng boʼladi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan suyuqlik, gazning kichik tezliklarida, nasadka ustida yupqa qatlam koʼrinishida oqadi. Nasadkaning hoʼllangan yuzasi fazalarga toʼqnashish yuza vazifasini bajaradi. Shuning uchun, nasadkali absorberlarni yupqa qatlamli qurilmalar deb qarash mumkin. Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yigʼilib qolmasligi uchun nasadka bir necha sektsiyaga yuklanadi. Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun sekniyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari oʼrnatiladi. Nasadkali kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama – qarshi harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |