3-Amaliyot. Meva va sabzavotlar. Lazzatli mahsulotlar.
Reja:
1.
Xo’l meva va rezavor mevalar.
2.
Mevalarning klassifikasiyasi.
3.
Sabzavotlarning klassifikasiyasi.
4.
Qayta ishlangan meva mahsulotlari
5.
Qayta ishlangan sabzavot mahsulotlari
1.Xo’l meva va rezavor mevalar
Xo’l meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur moddalarga boydir.
Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin, oshlovchi, pektin va hushbo’y moddalar
bor. Ulardan ba`zilari, masalan, yong’oq tarkibida oqsil va moy eng to’yimli
moddalarga boy.
Meva va rezavor mevalar yoqimli ta`m va hidga ega bo’lib, kishi organizmida oson
hazm bo’ladi. Ba`zi mevalarning, masalan uzum, malina, chernika, qora smorodina,
limonning shifobaxsh xususiyati katta.
Barcha mevalar, tuzilishiga qarab, urug’li, danakli, rezavor mevalar, subtropiq tropik
va yong’oq mevalarga bo’linadi.
2.
Mevalarning klassifikasiyasi.
Urug’li mevalar. Urug’li mevalarga olma,
noq bexi shuningdeq dulana, va
boshqalar kiradi. Urug’li meva pust, mag’iz va urug’ uyasidan iborat.
Olma to’yimlilik qimmatiga ega, chunki unda 7 dan 15% gacha qand, 0,2 dan
0,8% gacha organiq kislotalar, 0,2 dan 0,8% gacha mineral moddalar. A, V, S
vitaminlari, oshlovchi va pektin moddalar bo’ladi. Olma tabiiy iste`mol qilinishidan
tashqari
undan sharbat, vino va qoqi olish uchun qandolat mahsulotlarini ishlab
chiqarishida foydalaniladi.
Ertagi navlarga: “Lesnaya krasavisa”, “Rano”, “Podarok”
va boshqalar, yozgi
“Zimnaya nashvati 2”, “Sariq Go’zal” va boshqalar, kuzgi naviga -“El`sari”,
“Yubileynaya” va boshqalar kiradi.
Rezavor mevalar. Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga bo’linadi.
Madaniy rezavorlarga bog’ va mevazorlarda o’stiriladigan uzum, krijovniq smorodina,
zemlyanika, qo’lupnay, malina kiradi. Yovvoyi o’simliklardan maymunjon iste`mol
qiymati yuqori hisoblanadi.
Rezavor mevalar to’yimli va yuqori ta`mlilik xususiyatlariga ega. Ularning
tarkibida
oson hazm bo’ladigan qand, organiq kislotalar, vitaminlar, mineral moddalar bor.
Uzum, qora smorodina, malina singari rezavor
mevalar shifobaxshlik
xususiyatiga ega. Uzum ishlatilishiga qarab xuraki, mayizbop
va vinobop turlarga
bo’linadi. Xuraki navlarning ta`mi yaxshi, unda 15 dan 20% gacha qand (asosan,
glyukoza) va 0,7% kislota bor. Mayizbop navda kamida 20% qand va xuraki navdagiga
nisbatan kamroq kislota bo’ladi.
Subtropik va tropik mevalar. Subtropik—sitrus mevalarga anjir, anor, xurmo;
tropik
mevalarga banan, ananas, xurmo kiradi. Subtropik mevalar O’rta Osiyo
respublikalari yetishtiriladi, tropik mevalar esa bizning mamlokatimizda o’smaydi.
Sitrus ekinlarga apel`sin, mandarin, limon va greyfrutlar kiradi. Ularning hammasi juda
mazali bo’lib, qand moddasi (3 dan 9% gacha), kislota (1 dan 6% gacha), pektin,
shuningdeq mineral moddalar (kal`siy, fosfor kabi) ko’p,
S vitamini va undan
birmuncha kamroq V, R va A vitaminlari bor.
Apel`sin mevasining eti yumshoq va pusti qizg’ish bo’ladi. Barcha turdagi
apel`sinlar tuzilishi va po’stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po’stli,
shakliga
ko’ra, yumaloq va ovalsimon; urug’ining bor-yo’qligi jihatidan urug’li va urug’siz;
pishish muddatiga qarab, ertagi va kechki; yirik-maydaligi jihatidan yirik va o’rtacha
xillarga bo’linadi. Mevaning eti sersuv, shirin yoki nordon ta`mli; 9—13 tilimchadan
iborat.
Mandarinning mevasi yassi - sharsimon yoki sharsimon shaklda; qo’ngir yoki
to’q qo’ngir rangli, eti sersuv, 9—12 tilimchadan iborat, shirin yoki nordon ta`mli,
hushbo’y hidli, urug’lik yoki urug’siz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: