Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali tovarlar kimyosi va sifati


S u v d a e r u v ch i v i t a m i n l a r



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/33
Sana01.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#876237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Tovarlar kimyosi va sifati fanidan amaliy mashgulot uslubiy qollanma

 
S u v d a e r u v ch i v i t a m i n l a r 
 
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga V vitaminlar kompleksi, S va R vitaminlar
 
kiradi. S vitamin yoki askorbat kislota ho‘l meva va sabzavotlarda ayniqsa ko‘p 
mikdorda uchraydi; u singa kasalligini davolaydigan yagona omildir. S vitaminga 
qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradigan R vitamin 
— sitrin yoki flavon deb ataladigan omil yaqin turadi. 
V vitaminlar kompleksi. V vitaminlar kompleksi turli mahsulotlarda, ayniqsa 
jigar ekstraktida, achitqilarda va sholi kepagida birgalikda uchraydigan bir qancha 
alohida omilni o‘z doirasiga oladi. Bu kompleksga avvalo, birinchi bo‘lib vitamin 
nomini olgan, beri-beri kasalligini davolaydigan a n e v r i n kiradi. U 1911 yilda 
Funk tomonidan guruch kepagidan ajratib olinganida yagona modda deb 
hisoblangan edi, lekin tez vaqt orasida sholi kepagida, jigarda, achitqilarda ozuqa 
etishmasligidan kelib chiqadigan boshqa kasalliklarni, xususan, pellagrani 
davolaydigan omil ham kashf etildi. Kazimir Funk bu yillarda ma’lum bo‘lgan 
vitaminlar etishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarni avitaminozlar deb atadi. 
Vitaminlarning o‘zini ham ancha ko‘p xillari bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
Kseroftalmiyaga qarshi omil avvalroq A vitamin nomini olganidan sholi kepagi
achitqi, jigardan ajratilib olingan omillar V vitaminlar kompleksi deb ataldi. Ularni 
V2 Vz va hakazo shaklida ifodaladilar. 
Tiamin V1 vitamin. Bu vitaminning tiamin deb atalishiga sabab uning tarkibida 
oltingugurt (yunoncha — tio) va aminogurux borligidadir. Organizmda tiamin 
etishmasligi beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nervlarning yallig‘lanishi )ga 
sabab bo‘ladi. Bu kasallik falajlikka, yurak va qon tomirlari hamda oshqozon-ichak 


yuli ishining buzilishiga olib keladi, suv almashinuvi ham o‘zgarib, shish paydo 
bo‘ladi. 
Organizmning V1vitaminga bo‘lgan kundalik extiyoji, taxminan, 2—3 
mgtiaminga teng. 
V2 vitamin, riboflavin. V2 vitamin ba’zi mikroorganizmlarning, yosh 
kalamushlar va boshqa hayvonlarning o‘sishi uchun zarur. SHu sababli ham V2 
avitaminozining asosiy belgisi o‘sishning to‘xtashidir. Odam organizmida bu vitamin 
ichak makroflorasi tomonidan sintezlanib turadi. Shuning uchun odamlarda V2 
avitaminozini hosil kilib bo‘lmaydi, lekin uzok vaqt ozuqa bilan V2 vitamini iste’mol 
kilinmaganda lablarning bichilishi, til shilimshiq pardasida yallig‘lanish hodisalari 
kuzatiladi. 
Odamning V2 vitaminga bo‘lgan kundalik ehtiyojini aniq belgilash qiyin 
bo‘lsa ham kundalik ozuqa tarkibida organizmga kiradigan va undan chiqadigan 
vitaminning miqdoriga karab, hamda hayvonlarda olib borilgan tajribalar asosida bu 
ehtiyoj 1,5—2,5 mg ekanligi aniqlangan. Riboflavin asosan, hayvon mahsulotlarida 
(go‘sht, buyrak, miya), baliq, tuxum, sut tarkibida, ayniqsa, achitqilarda ko‘pdir. 
Sabzavotlarda esa uning miqdori kamroq. Kundalik aralash ovqat, odatda, odam 
ehtiyojini to‘la ta’minlab turadi. 
R vitamin, nikotinat kislota, niatsin. Nikotinat kislota 1911 yilda birinchi marta 
Funk tomonidan vitamin tariqasida ajratib olingan va kaptarlardagi beriberi
kasalligini davolashda uning samara bermasligi ko‘rsatilgan edi, ammo Goldoerger 
bu birikma odamlarda uchraydigan pellagra va itlardagi «Koratil» kasalliklarini 
davolashini aniqlagach, nikotinat kislota vitaminlar qatoriga ko‘shildi. U pellagraga 
qarshi vitamin deb ham ataladi. RR vitaminning etishmasligi odamlarda og‘ir kasallik 
— pellagrani paydo qiladi. Bu kasallikning xarakterli belgilari dermatit, diareya (ich 
ketish) va og‘ir xollarda demensiya (aql pasayishi, nerv va psixik buzilishlar)dir. 
Pellagra so‘zi italyancha rella aga — g‘adir-budir teri ma’nosini anglatadi va 
kasallikning eng muhim belgisini — dermatitni eslatadi. Uning kelib chiqishi yomon 
ovqatlanish, asosan, makkajo‘xori unidan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilish 
bilan bog‘liq edi. Lekin pellagra kasalligining sababi faqat nikotinat kislotaning 
etishmasligidan emas. Bu kasallikni davolashda nikotinat kislotadan tashqari
tarkibida aminokislota — triptofanni ko‘p tutadigan oziq moddalarning muhim 
ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Agar RR — avitaminoziga duchor bo‘lgan 
kalamushlar ozig‘iga triptofan ko‘shib berilsa, avitaminozning belgilari engillashadi, 
lekin kasallik butunlay tuzalib ketmaydi. Odamning bir sutkada nikotinat kislotaga 
bo‘lgan extiyoji 12—18 mg deb hisoblanadi, biroq ozuqaning kaloriyasi ortishi bilan 
vitaminga bo‘lgan ehtiyoj ham ko‘payib boradi. 
V6 vitamin, piridoksin, adermin. Vb vitaminning kashf etilishiga yosh 
kalamushlar tarkibida tiamin va riboflavin bo‘lgan sun’iy ozuqa bilan boqilganda ham 
ularda teri kasalligini — dermatit kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu dermatit 
pellagrada uchraydigan teri yalliglanishiga o‘xshasa ham, nikotinat kislota bilan 
davolanmaydi, ammo ovqatga jigar, achitqi, sholi kepagi qo‘shilsa, ancha tez tuzalib 
ketadi. Odamning V6 vitaminga bo‘lgan kundalik extiyoji, taxminan, 1,5—2 mg 
hisoblanadi. 
V12 vitamin. Antianemik vitamin. Kobalamin. Ko‘p vaqtlardan beri 
shifokorlar jigardan kamqonlikni davolash uchun muvaffaqiyatli foydalanib 
kelganlar. Lekin uning davolash ta’siri nimaga bog‘liq ekanligi korong‘u edi.


1929 yilda amerikalik gematolog V. B. Kasl kamqonlikni davolashda ikkita factor
Ishtirok etadi, ularning birinchisi, oshqozon shirasidagi «ichki faktor» va ikkinchisini 
ovqat tarkibidagi «tashqi faktor» degan fikrni bayon qildi. Mana shu ikki Kasl 
faktorlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan maxsus kompleks kamqonlikning 
davosidir. U ilikda eritrotsitlarning etishishi uchun zarurdir. Bu faktorlardan bittasi 
etishmasa ham xavfli kamqonlik yuz beradi. 1948 yilda jigar ekstraktidan 
kamqonlikni davolaydigan birikma kristall holda ajratib olinib, unga V12 vitamin 
yoki antianemik vitamin nomi berildi. V12 vitaminini ajratib olish va uni 
kamqonlikdagi ajoyib ta’siri urganilishi asosida «ichki faktor»ning tabiati ham 
aniqlandi. Ichki faktor oshqozon shirasidagi oqsil — mukoproteid bo‘lib chiqdi. V12 
vitamin ana shu oqsil bilan bog‘langan holda oshqozon-ichak yo‘lida yaxshi so‘rilar 
ekan. Xavfli kamqonlikka duchor bo‘lgan kasallarning oshqozonida ana shu oqsil 
— ichki faktorning bo‘lmaganidan V12 vitamini yaxshi so‘rilmaydi. V12 
avitaminozining asosiy belgisi qon hosil qilish funksiyasi va nerv sistemasining 
buzilishi bilan kechadigan kamqonlikdir. Kasallik oshqozon shirasi kislotasining 
keskin pasayishi bilan kuzatiladi, lekin xavfli kamqonlik avitaminoz bo‘lsa ham, u
oshqozonning organik shikastlanishi — oshqozon shilimshiq pardasida faslning 
«ichki faktori»ni ishlab chiqarilmasligi tufayli kelib chiqadi. 
Folat kislota va uning hosilalari. Sutni achituvchi ba’zi bakteriyalarning 
o‘sishi uchun jigar ekstraktida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha faktorning zarurligi 
aniqlangan edi. Sutni achituvchi streptokokkning turli mahsulotlar qo‘shilgan 
muhitda o‘sishini sinash bilan, bu faktor buyrakda, zamburug‘larda, achitqida
ayniqsa yashil yaproqlar va ko‘katlarda ko‘p ekanligi tasdiklandi. 1941 yilda Vilyame 
bu moddani jigardan va shpinat yaproqlaridan ajratib olib, unga folat kislota 
(«folium» yaproq demakdir) nomini berdi. 
Odamlarda folat kislota etishmasligi, boshqa bir qator vitaminlarning 
etishmasligi kabi, ichak florasi antibiotik moddalardan zararlanganda kelib chiqishi 
mumkin. Bunday sharoitda ichakda folat kislota sitezlanmaydi shuningdek ichakda 
vitaminlarning surilishi buzilganda ruy berishi mumkin. 
Folat kislota vitaminozining eng xarakterli belgisi qon hosil bo‘lishining 
buzilishi va uning bilan bog‘lik bo‘lgan kamqonlilik belgilaridir. 
Ichakdagi mikroorganizmlar bir kecha-kunduzda 0,1—0,2 mg gacha folat 
kislota sintezlaydi deb taxmin kilinadi. Jigarda ham doimo etarli mikdorda folat 
kislota mavjud. SHuni ham aytish kerakki, p-aminobenzoat kislotaga muhtoj bo‘lgan 
mikroorganizmlar uning o‘rniga deyarli teng mikdorda folat kislotani iste’mol qiladi. 
Pantotenat kislota — Vz vitamin. Achitqi va sut achituvchi mikroblarning 
o‘sish sharoitini o‘rganish davomida 1933 yili sholi kepagidan ularning o‘sish omili 
topilgan edi. Bu omil hayvon va o‘simliklarning barcha to‘qimalarida tarqalgani 
uchun ajratib olingan moddaga pantotenat kislota yoki pantoten (yunoncha — hamma 
erda degan ma’noni anglatadi) nomi berilgan edi. Bu omil etishmaganda hayvonlarda 
har xil patologik belgilar: jujalarning o‘sishdan to‘xtashi, dermatit, kalamush va 
boshqa hayvonlar juni hamda patining oqarishi, kalamushlarda buyrak usti bezi 
nekrozi va qon quyilishi, ishtahaning yo‘qolishi, nerv falajlari, ichki a’zolar 
kasalliklarining belgilari paydo bo‘ladi. SHuning uchun bu modda turli nomlar: 
antidermatik faktor, jigar filtrati faktori, achitqi faktori va jujalardagi pellagraga 
qarshi faktor kabi nomlar bilan atalgan. 
Achitqi, jigar va tuxum sarig‘i pantotenat kislotaning boy manbalaridir. 


O‘simliklarning yashil yaproqlarida ham pantotenat ko‘p bo‘ladi. Umuman, 
bu har xil o‘simlik va hayvon mahsulotlarida mavjud. Odamlarning pantotenat 
kislotaga bo‘lgan bir kunlik extiyoji 10 mg deb hisoblanadi. 
S vitaminni, askorbat kislota, antiskorbut. Singaning asosiy belgilari mayda 
qon tomirlari, ayniqsa, kapillyarlarning shikastlanishi natijasida teri ostiga nuqtalar 
ko‘rinishida qon quyilishi va milkdan qon ketishidir. Kasallik davrida qon 
tomirchalarining devorlari mo‘rtlashib, ular osonlik bilan yoriladi, tomir 
devorlarining o‘tkazuvchanligi ortib, qon elementlari tashqariga chiqadi. Singa 
kasalligi suyaklar va tishlarni ham shikastlaydi. Bunda suyaklarning sinishi, 
bo‘g‘imlarning shishib og‘rishi, tish ildizlarining bo‘shashib qolishi kuzatiladi. 
Singa kasalligida dastlabki defekt biriktiruvchi to‘qima oqsili — kollagenning 
hosil bo‘lishidagi buzilish bilan bog‘lik. S avitaminozli dengiz cho‘chqachalarining 
suyaklarida kollagen miqdorining kamayib ketishi aniqlangan. Bundan tashqari, S 
vitamin etishmaganda kollagenning tola shaklidagi old birikmasi (prokallogen) 
to‘planadi. Bu hodisa xujayralar orasini sementlab turuvchi va organizmda tayanch 
strukturalar hosil kiluvchi moddalarda mukopolisaxaridlar almashinuvining 
buzilganligidan darak beradi. 
R vitamin, o‘tkazuvchanlik vitamini,sitrin. Bu vitamin etishmaganda odamlar va 
dengiz cho‘chqalarida qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligi ortadi. R vitamin 
guruxsiga kiradigan flavon pigmentlar glikozidlar bo‘lib, ular orasida eng zo‘r 
faoliyatga ega bo‘lgani rutin (kversitrin glyukozidi)dir. CHoy o‘simligi bargidan R 
vitamin preparati ham olingan. Uning asosiy ta’sir etuvchi moddasi katexin va gallat 
efirlardir. Sitrus mevalari putsidan gesperidin (sitrin) ham ajratib olingan. 
Rutin va gesperidin tuzilishining asosini flavon skeleti tashkil qiladi: 
Biotin N vitamin. Biotinni achitqilarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan («bios» 
hayot) komponentlarini o‘rganish jarayonida Kyog‘l (1935 yili) tuxum sarig‘idan 
ajratib olgan edi. yog‘lar 250 kg quritilgan tuxum sarig‘idan 1,1 mg biotin ajratib 
olishga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha yil o‘tgach, bu modda kalamushlarni (va 
hayvonlarni) ham tuxum oqining zaharli ta’siridan saqlaydigan noma’lum faktor N 
vitamin bilan bir xil ekanligi aniqlandi. 
Biotin bir kator karboksillanish va dekarboksillanish reaksiyalarida muhim rol 
uynaydi. Bular orasida yog‘ kislotalar sintezida ishtirok etadigan spetsifik kompleks 
alohida ahamiyatga ega. Atsetil Koaning palmatit kislotaga aylanishi oraliq mahsulot 
sifatida malonat orqali o‘tadi deb hisoblanadi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish