.
.
Demak, o‘z molekulasida bir vaqtda kislotali va asosli guruhlarga ega
bo‘lgan aminokislotalar suvli eritmalarda amfoter birikmalar xossalarini namoyon
qiladi. Shuning uchun aminokislotalar tirik organizmda va ozuqaviy sistemada
vodorod ionlarining ma’lum konsentrasiyasini saqlovchi bufer moddalar rolini
radikallarning (qoldiqlar) R xarakteri katta ahamiyatga ega. Aminokislotalarning
qutbsiz radikallari odatda oqsil makromolekulasining ichida joylashadi va o‘zaro
gidrofobli ta’sirga sababchi bo‘ladi (pastga qarang), ionogenli (ion hosil qiluvchi)
guruhlarni saqlovchi qutbli radikallar odatda oqsil makromolekulasining yuzasida
Qutbli ionogen bo‘lmagan radikallar (masalan spirtli -ON guruhi, amid
guruhlarini saqlovchilar) oqsil molekulasining ham yuzasida ham ichida joylashishi
O
R
H
O
R
H
O
R
H
O
R
H
C
CH
N
C
CH
N
C
CH
N
C
CH
N
'
"
"
'
||
||
||
||
||
|
||
||
|
||
|
|
...
...
Shu tarzda qurilgan polipeptid zanjirlar yoki polipeptid zanjirlar ichidagi
alohida uchastkalar ayrim hollarda disulfid (-S-S-) bohlar bilan yoki ko‘pincha
disulfid ko‘prikchalar, deb ataluvchi bohlar bilan o‘zaro qo‘shimcha bohlangan.
Oqsil strukturasini hosil qilishda ionli (tuzli) va vodorodli bohlar, hamda
gidrofobli o‘zaro ta’sir - suvli muhitda oqsil molekulalarining gidrofob
komponentlari o‘rtasidagi kontaktlarning alohida o‘ziga xos turi katta o‘rin tutadi.
Bu bohlarning barchasi turli mustahkamlikka ega va murakkab, katta molekulani
hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuzilishi va funksiyasining turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, oqsil
moddalarning element tarkibi katta farq qilmaydi (quruq massaga nisbatan % larda):
uglerod 51-53, kislorod 21,5-23,5, azot 16,8-18,4, vodorod 6,5-7,3, oltingugurt 0,3-
2,5. Ayrim oqsillar oz miqdorda fosfor, selen va boshqa elementlarni saqlaydi.
Polipeptid zanjiriga aminokislota qoldiqlarining ketma-ket birikishi oqsilning
birlamchi strukturasi nomini olgan. Oqsil molekulasi bir yoki bir necha polepeptid
zanjirlaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin, bu zanjirlarning har biri turli miqdorda
aminokislota qoldiqlariga ega. Ularning kombinasiyalanish sonini hisobga oladigan
bo‘lsak, oqsillarning turlari deyarli chegarasiz, biroq, ulardan hammasi ham
tabiatda uchramaydi. Barcha turdagi tirik organizmlarda turli xildagi oqsillarning
umumiy soni 10
10
- 10
12
tani tashkil qiladi. Tuzilishining murakkabligi bilan farq
qiluvchi oqsillar uchun birlamchi strukturadan tashqari yanada yuqori darajadagi
struktura tuzilishi: ikkilamchi, uchlamchi, ayrim paytlarda esa to‘rtlamchi struktura
ham mavjud.
- aminokislotali qoldiqlarning peptidli guruhlari o‘rtasidagi vodorod
bohlari hisobidan peptid zanjirlari ma’lum parametrli spiralsimon shaklni (
-
struktura) oladi (1-rasm, a,v).
Oqsillarning ko‘p qismi
- strukturaga ega, lekin, hamma vaqt ham
polipeptid zanjirining butun uzunligi bo‘ylab emas.
Vodorod bohlari qo‘shni (chiqib turgan) polipeptid zanjirlarini birlashtirib,
boshqa tipdagi ikkilamchi struktura
strukturani hosil qilishi mumkin (2-rasm).
Ma’lum ikkilamchi strukturali polipeptid zanjirlar fazoda turlicha
joylashishi mumkin. Bu fazoviy joylashuv uchlamchi struktara nomini olgan.
Uchlamchi strukturani shakllanishida vodorod bohlardan tashqari ionli va
gidrofobli o‘zaro ta’sir katta ahamiyatga ega (3-rasm).
Oqsil molekulasining "joylashish" tavsifiga qarab oqsillar globulyar, yoki
sharsimon va fibrillyar, yoki ipsimon oqsillarga bo‘linadi. Globulyar oqsillar uchun
-spiralli struktura tavsifga ega bo‘lib, spirallar qayrilgan, "o‘ralgan" shaklda
bo‘ladi. Makromolekula sferik shaklga ega. Ular suvda va tuzli eritmalarda erib,
kolloid sistemalarni hosil qiladi. Fibrillyar oqsillar ko‘pincha
- strukturaga ega
bo‘ladi. Ular suvda erimaydi. Hayvonlar, o‘simliklar va makroorganizmlar
oqsillarining ko‘pchiligi globulyar oqsillarga mansub. Fibrillyar oqsillar odatda
struktura hosil qilish vazifasini bajaradi. Ularning xossalari (mustahkamligi,
cho‘ziluvchanligi) polipeptid zanjirlarni joylash usuliga bohliq. Fibrillyar oqsillarga
muskul (mushak) to‘qimalarining oqsillari (mioinozin),
- kerotin (ko‘zning shox
to‘qimasi) misol bo‘ladi.
Bir qator hollarda oqsillarning ayrimlari vodorod bohlari, molekulaning turli
nomda zaryadlangan guruhlarini elektrostatik o‘zaro ta’siri va boshqalar
yordamida murakkab ansamblni hosil qiladi. Bu holda oqsillarning to‘rtlamchi
strukturasi hosil bo‘ladi (4-rasm).
Biroq yana bir bor ta’kidlab o‘tish kerakki, oqsillarning yanada yuqori
strukturalarini tashkil qilishda asosiy vazifa birlamchi struktura zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: