N=S0/S bu yerda:
S0 - g‘alvir teshiklari maydoni;
S - g‘alvir maydoni.
S ning qiymati qancha katta bo‘lsa, g‘alvir shuncha katta elovchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Teshiklar ishlov beriladigan ekin, don yirikligini, aralashma tavsifini va solishtirma yuklamani e’tiborga olgan holda tanlanadi. G‘alvir teshiklarning joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. Aylana teshikli g‘alvirlar shunday joylashtiriladiki, g‘alvir teshigi markazi yuqorisida joylashgan oltiburchak tomoni don massasi harakatiga perpendikulyar yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Uzunchoq teshikli g‘alvirlar uchun uch xil joylashuv qabul qilingan: to‘g‘ri, qiya va shaxmat tartibida. Eng samarali joylashuv shaxmat tartibidagi bo‘lib, bunda teshikning uzun o‘qi g‘alvir bo‘ylab don harakati yo‘nalishi bilan mos
tushishi kerak.
Aralashmalardan tozalashning asosiy sharti – don massasining g‘alvir bo‘ylab sirpanishi. SHundan bog‘liq holda harakatlanuvchan silliq g‘alvirni burchak ostida o‘rnatish zarur. Bu burchak don massasining ishqalanish burchagidan kichik. Omixta yem zavodlarida "Texnologik jarayonni tashkil qilish va boshqarish qoidalari" bo‘yicha separatorlarga quyidagi tamg‘alangan g‘alvirlar o‘rnatiladi:
- qabul qilish ramalarida - №200 g‘alvir (teshik 20 mm) yoki №18;
- uzunchoq to‘rlar (o‘lchami 18x18 mm li yacheykalar);
- saralash ramalarida - №100-160 g‘alvir (teshik diametri 10-16 mm) yoki
to‘qilgan to‘rlar (o‘lchami 18x18 mm li yacheykalar);
- elovchi ramalar - N10...4 g‘alvirlar (teshik 1,0-1,4 mm).
№ 2a (o‘lchami 10 x 10 mm li yacheykalar) yoki № 2a va (o‘lchami 12 x 12
mm li yacheykalar) yoki to‘qilgan to‘rlar № 0,85..1 (o‘lchamlari 0,85 x 0,85 ... 1,0 x 1,0 mm li yacheykalar). Teshiklar quyi qiymati tariq va cho‘mizani elash uchun qo‘llaniladi. Elovchi g‘alvirlar elanmasidan qum va begona o‘simliklarning mayda urug‘lari olinadi.
Agar mashinadan o‘tkazganda g‘alvirda va havo yordamida tozalangan dondan kamida 65% aralashma ajratilgan bo‘lsa, yengil aralashmalar va chiqindilar tarkibidagi yaroqli donlar miqdori 2% dan oshmasa, donli komponentlarni tozalash jarayonini samarali deb hisoblash mumkin.
Separatorlar ishining past texnologik samaradorligi xuddi asosiy tozalash mashinalari kabi mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qiladi va aralashmalar miqdori bo‘yicha standartga mos kelmasligi mumkin. SHu sababli g‘alvir o‘lchami va shakli tozalanadigan don va uni ifloslantiruvchi aralashmalar o‘lchami va shaklidan bog‘liq holda tanlanishi lozim. G‘alvirni noto‘g‘ri tanlash donni tozalash jarayonni buzadi -yaroqli don chiqindiga tushadi va aksincha. G‘alvirlarning me’yoriy va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida korxonalarda hamma vaqt zaruriyat tug‘ilganda qo‘llash imkonini beradigan g‘alviri qoqilgan rama zahiralari bo‘lishi shart.
A1-BIS separatori. Bundan tashqari omixta yem zavodlarida (yangi va qayta ta’mirlangan) A1-BIS tipidagi havo-g‘alvirli separatorlari o‘rnatiladi, ularda unumdorligi bo‘yicha modifikatsiyalari mavjud. Bu separatorlarning texnologik tavsifi 12-jadvalda keltirilgan.
4.1.3-rasmda donli komponentlarni A1-BIS-12 separatorida tozalash jarayonining texnologik sxemasi berilgan. Separator kuzov va ikkita pnevmatik ajratuvchi kanallarni biriktirgan. Kuzov ikkita parallel ishlovchi seksiyalardan tashkil topgan. Ularning har birida ustma-ust o‘rnatilgan harakatlanuvchi ikkita g‘alvir ramalari mavjud. Har bir ramalarning g‘alvir osti bo‘shliqlari to‘siqlar bilan alohida yacheykalarga bo‘lingan. Ramalarning qo‘yi yuzasiga sharikcha ko‘rinishdagi tozalagichlar harakatlanib turadigan g‘alvirli tagliklar mahkamlangan.
Tozalanadigan donlarning aralashmalari bo‘lgichlar va qabul qilgichlar orqali har bir seksiyaga alohida tushadi va bu yerdan taqsimlanadigan don saralovchi g‘alvir 3 kengligi bo‘yicha teng qatlamda tubga tushadi. Yirik aralashmalar lotok bo‘yicha separatordan chiqariladi, mayda aralashmalar bilan don aralashmalari saralovchi g‘alvirdan o‘tib, elovchi g‘alvirga 5 tushadi. Elovchi g‘alvir elanmasi (mineral aralashmalar) kuzov tubi bo‘yicha lotok orqali separatordan chiqariladi.
G‘alvirlarda tozalangan donlar pnevmatik ajratuvchi kanalning 4 qabul qiluvchi kamerasiga tushadi. Don qatlami orqali havo o‘tganda yengil aralashmalar kanal orqali cho‘ktirish qurilmasi-aspiratsiya sistemasi bilan boglangan gorizontal A1-BLU sikloniga tushadi. Tozalangan don pnevmoajratish kanalidan o‘tib, texnologik liniya bo‘yicha keyingi operatsiyaga (qobiq ajratish, maydalash, termik ishlovga va b.) uzatiladi.