2.Havo-g‘alvirli ajratgich. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini geometrik o‘lchamlari va aerodinamik xosalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan tozalash uchun havo-g‘alvirli separatorlar qo‘llaniladi. Don massasi bu mashinalarda aralashmalarni kattaliklari (eni va qalinligi) bo‘yicha ajratuvchi qiya joylashgan g‘alvirlarda ketma-ket elash bilan tozalanadi va havo oqimidan aspiratsion kanallar orqali don qatlami ikki marotaba mashinaga tushishda va undan chiqishda o‘tkaziladi, havo oqimi o‘zi bilan yyengil aralashmalarni olib ketadi.
Havo-g‘alvirli separatorlar (ajratish). Omixta yem zavodlarida ZSM-rusumli havo g‘alvirli separatorlar qo‘llanganda mexanik transportlaridan ZSP-10 rusumli g‘alvirli separatorlarda esa pnevmatik transportlar, A1-BIS rusumli separatorlarda mexanik va pnevmatik transportlardan foydalaniladi.
4.1-rasmda ko‘rsatilganidek, havo-g‘alvirli separatorlar quyidagi sxema bo‘yicha ishlaydi. Tozalanishi kerak bo‘lgan don iste’molchi qurilma 11 bunkeriga tushadi. So‘ngra o‘zining og‘irligi bilan yuk klapanining qarshiligini zabt etib, teng yupqa qatlam bilan birinchi sovurish havo kanali 10 ning uzunligi bo‘yiga tarqaladi, havo oqimi esa o‘tayotgan don qatlamiga kiradi va undagi yyengil organik aralashmalarni (poya, qobiqlar, chang, boshoqni va b) olib ketadi. Bu aralashmalar aspiratsion kameraga 1 cho‘ktiriladi, u yerda esa to‘lgandan keyin mashinadan chiqariladi.
Havoli tozalashdan keyin don aspiratsion kolonkadan qabul qiluvchi g‘alvirga tushadi, uning qoldig‘idan dag‘al aralashmalar (tosh, ip, qirindi va boshqalar) ajratiladi va elanma esa saralash g‘alviriga 7 tushadi, uning qoldig‘idan yirik begona aralashmalar (poya qismi, boshoqchalar, suli, makkajo‘xori, urug‘i va boshqalar) va elak ramasining oxiriga borib mashinadan chiqariladi. Saralash g‘alvirining elanmasi uning tagida joylashgan qo‘yi kuzovdagi bo‘shatuvchi g‘alviri 6 ga tushadi, chunonchi u yerda u ikkita fraksiya - yirik va mayda fraksiyaga bo‘linadi.
4 .1-rasm. Havo-g‘alvirli separatorning texnologik sxemasi
1-birinchi sovurish aspiratsion kamerasi; 2-ikkinchi sovurish aspiratsionkamerasi; 3-ikkinchi sovurish aspiratsion kanali; 4-magnit; 5-elovchi g‘alvir; 6-bo‘shatuvchi g‘alvir; 7-saralovchi g‘alvir; 8-qabul qiluvchi g‘alvir; 9-yuk klapani; 10-birinchi sovurish aspiratsion kanali; 11-iste’molchi qurilma; I-donning tushishi; II-aspiratsion chiqindilar; III-havo; IY-yirik ifloslantiruvchilar; Y-saralash g‘alvirining qoldig‘i; YI-mayda ifloslantiruvchilar; YII-aspiratsion chiqindilar; YIII-tozalangan don; IX-metallomagnit aralashmalar.
Yirik fraksiya bo‘shatuvchi g‘alvirning qoldig‘i bilan asosiy don oqimiga yo‘naltiriladi, mayda fraksiya esa (unda mayda dondan tashqari mayda fraksiyalar ham mavjud) elanma bilan bo‘shatuvchi g‘alvir orqali pastki elovchi g‘alvirga 5 tushadi. Elovchi g‘alvir qoldig‘i (normal don) va bo‘shatuvchi g‘alvir qoldig‘i birlashadi, ikkinchi sovurish aspiratsion kanalidan 3 o‘tadi va so‘ngra mashinadan chiqariladi. Aspiratsion kanaldan chiqarishda don magnit 4 orqali o‘tkaziladi va metallomagnit aralashmalarning ba’zi qismlari ajratiladi. Elovchi g‘alvir 5 elanmasi (mayda aralashmalar – chang, qum, oqshoq, ifloslantiruvchi aralashmalar va boshqalar) tagligda yig‘iladi va mashinadan chiqariladi. Mahsulot g‘alvirlarda harakatlanishi natijasida qismlarga: o‘lchamlari g‘alvir teshiklari o‘lchamidan kichik (elanma qism) va o‘lchami g‘alvir teshiklari o‘lchamidan katta bo‘lgan (qoldiq qism) qismlarga ajraladi. Separatorning g‘alvirli kuzovi kuzovning oldingi devoriga mahkamlangan ekssentrik tebranish orqali (tebranish amplitudasi 5...6 mm, tebranish chastotasi minutiga 500) ilgarilanma-qaytma harakatga keltiriladi. Privodning elektrodvigateli staninaga mahkamlangan g‘alvir yuzasini tozalash uchun inersion tozalagichlar mo‘ljallangan.
3.Separator g‘alvirlarining tavsifi. Separatorlarda tamg‘alangan g‘alvirlar qo‘llaniladi. Ular separator va elovchi mashinalarning asosiy ishchi organi hisoblanadi. Ularni tayyorlash uslubiga ko‘ra tamg‘alangan g‘alvir va metal to‘qimali bo‘ladi. Tamg‘alangan g‘alvirlar qalinligi 0,8...1,0 mm bo‘lgan listli po‘latdan tayyorlanadi. G‘alvirlar shakli, teshik o‘lchami va jonli kesim koeffisienti bilan tavsiflanadi. Donli xom ashyoni tozalash uchun teshiklari aylana, uzunchoq va uchburchak shaklli g‘alvirlar qo‘llanladi (4.1.2 -rasm).
4.2-rasm. G‘alvir teshiklari shakli:
a-aylana teshikli; b-uzunchoq teshikli; v-uchburchak teshikli; g- metallmatoli g‘alvir
Aylana teshiklar uchun ishchi o‘lcham bo‘lib diametr, to‘g‘ri burchakli teshiklar uchun-kenglik, matohli g‘alvirlar uchun-yorug‘likdagi teshiklar o‘lchami hisoblanadi. G‘alvirli separatorlarda o‘rnatiladigan aylana teshikli g‘alvirlar diametri 1,5 dan 20 mm gacha oraliqda, to‘g‘ri burchakli g‘alvirlar uchun kengligi 1,5 m dan 18..20 mm va uzunligi 10 dan 50 mm oralig‘ida tebranib turadi. Teshik o‘lchami g‘alvir nomeri bilan o‘zaro bog‘liq. Nomer - bu ishchi o‘lchami kattaligining o‘n marta kattalashtirilganidir. G‘alvir nomeri millimetrlarda ifodalanadi.
Misol uchun tamg‘ali teshikli g‘alvir nomeri nimaga tengligini teshik kengligi 1,4 mm bo‘lgan hol uchun ko‘rib chiqamiz. Bu qiymatni o‘nga ko‘paytiramiz 1,4x10=14. Demak, g‘alvir nomeri 14(№14). Aylana teshikli g‘alvir uchun diametri, masalan 1,9 mm bo‘lsa, u holda nomeri 1,9x10=19 bo‘ladi. G‘alvir nomeri 19 (№19).
Tamg‘alangan g‘alvir teshiklari o‘lchami graduirlangan chizg‘ich yoki shup yordamida, metallto‘qimali g‘alvirlar esa - 1 sm ga teng bo‘lgan oyna kengligi bo‘yicha nechta to‘qima borligini sanashga imkon beradigan PT-1 to‘qimachilik lupalari yordamida aniqlanadi va so‘ngra bu kattalikni 2,5 marta ko‘paytirish kerak.
Metal to‘qimali g‘alvirlar omixta yem sanoatida asosan maydalangan mahsulotni nazorat qilish uchun ishlatiladi.
G‘alvirlar teshik o‘lchamlaridan tashqari jonli kesim koeffisienti bilan ham tavsiflanadi va bunda g‘alvirning elovchanligi, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi. Jonli kesim koeffisienti teshik maydonining g‘alvirning butun ishchi maydoniga nisbati bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |