28-MA’RUZA
ATIR SOVUN ASOSIGA IShLOV BERISh
Reja: Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press. ELM liniyasida atir sovun asosiga
ishlov berish texnologik sxemasi. “Matssoni” liniyasida atir sovun asosiga ishlov
berish sxemasi. Xo‘jalik va atir sovuni sifat ko‘rsatkichlari.
Atir sovun asosiga ishlov berish. Atir sovun asosiga ishlov berish vakuum-
quritish kameralar yordamida bajariladi . Sovunni sovutish va quritish xo‘jalik
sovunga o‘xshab vakuum ostida mexanik ishlov berish uchun bir qator ketma-ket
ishlaydigan shnekli mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bizning zavodlarda
unumdorligi 2 t/soat ELM liniyalari keng qo‘llaniladi. Ba’zi zavodlarda esa
unumdorligi 4 t/s bo‘lgan “Matssoni” liniyalari joriy qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |