Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

 

 28-mavzu. YETUK MUTAXASSIS

 

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi qo‘shimcha fikrni ajratib 

so‘zlab berish. Malakali mutaxassis haqidagi tasavvurlarni gapirib berish. 



Yozma nutq: “Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn tuzish. Mutaxassisning kasbiy 

kompetensiyalari ro‘yxatini tuzish va ularni misollar bilan izohlab berish.  



Grammatika: Matn tahlili va tahriri. Ikkinchi darajali bo‘laklar. 

Tayanch so‘z va iboralar:yetuk mutaxassis, matn tahlili, matn tahriri, gapning ifoda maqsadiga 

ko‘ra turlari, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap.  

 Yetuk mutaxassis 

Jahon  bozorida  raqobat  tobora  kuchayib  borayotgan  murakkab  sharoitda  davlatimizni  

jadal  sur'atlar  bilan  rivojlantirish  mutlaqo  yangicha  yondashuvlarni    ishlab  chiqish  va  amalga 

oshirishni talab qiladi. 

Bugun  sifatli,  arzon  va  xaridorgir  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  “O‘zbekistonda  ishlab 

chiqarilgan”  belgisi  bilan  dunyo  bozorlariga  chiqish  ko‘p  jihatdan  yetuk  mutaxassis  kadrlarga 

bog‘liq.  Bugungi  davr,  ayniqsa,  zamonaviy  bilim  va  malakaga  ega  muxandis-texnik,  moliya-

iqtisod,  korporativ  boshqaruv  menejerlari,  axborot  texnologiyalari  sohasida  dasturchilarni 

tayyorlashni tubdan kuchaytirish va mazkur sohalarda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni 

talab qilmoqda. 

Mamlakatimizda  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  ularni  eng  zamonaviy,  ilg‘or 

texnika  va  texnologiyalar  bilan  jihozlash,    ilm-fan,  texnika  sohalarida  yangi  ishlanmalarni 

yaratish va joriy qilish dolzarb vazifa sanaladi.   

 Bu vazifani yechish uchun ta’lim tizimi, ayniqsa, barcha sohaga bo‘lajak mutaxassislarni 

tayyorlovchi  oliy  o‘quv  yurtlari  faoliyatini  zamon  talablari  asosida  yanada  takomillashtirish, 

ta’lim xizmatlari sifatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish muhim ahamiyatga ega.   

  Prezidentimizning  2016  yil  30  dekabr  kuni  ilm-fan  namoyandalari  bilan  uchrashuvida 

jamiyat  oldida  turgan  dolzarb  masalalarni  ilm-fansiz  yechish  qiyinligi,  fan,  ta’lim  va  ishlab 

chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi qayd etildi. Mavjud ilmiy salohiyat 

va  mablag‘larni  hayotimizning  o‘ta  dolzarb  muammolarini  yechishga  qaratilgan  eng  muhim 

ustuvor  tadqiqotlarga  yo‘naltirish,  jahonning  yetakchi  oliy  o‘quv  yurtlari,  ilmiy  markazlari  va 

akademiyalari  bilan  ilmiy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish,  xorijning  yetakchi  o‘quv  va  ilmiy 

muassasalarida ta’lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-

sharoitlar yaratib berish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. 

Davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  ishlab  chiqilgan  2017-2021  yillarda  O‘zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida 

ham yetuk mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilgan.   

Bir  so‘z  bilan  aytganda,  bugun  mamlakatimizda  har  bir  soha  va  yo‘nalishda  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  izchilligini  ta’minlash  yuqori  bilimli  va  malakali  mutaxassislarga, 

yuksak  intelektual  salohiyat  va  tajribaga  ega  bo‘lgan  kadrlarga  bevosita  bog‘liq.  yetuk 




218 

 

salohiyatga  ega  mutaxassislar  kelajakda  erkin  bozor  talablariga  to‘la  javob  beradigan 



iqtisodiyotni  boshqarish  tizimlarini  yanada  mukammallashtirish,  ishlab  chiqarishni  izchil  va 

muntazam  modernizatsiya  qilib  borish,  iqtisodiyotning  ichki  va  tashqi  raqobatbardoshligini 

oshirish,  mamlakatimiz  eksport  salohiyatini  yuksaltirish,  ichki  bozorlarimizni  sifatli,  arzon  va 

xaridorgir  mahsulotlar  bilan  to‘ldirish,  eng  asosiysi,  xalqimiz  turmush  farovonligini  yanada 

yuksaltirish kabi ezgu niyatlarimizga yetishishda muhim omil bo‘ladi. 

 

Kimyo sanoati 

Kimyo  sanoati  xalq  xo‘jaligining  muhim  sohalaridan  biridir.  Hozirgi  paytda  hayotni 

kimyosiz va kimyo sanoatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Kimyoni  ajoyib  o‘zgarishlar  sanoati  deyish  mumkin.  U  tabiatda    uchramaydigan 

materiallarni  sintez  qilishga,  ularni-turli-tuman  mashina  va  asboblar  yaratishda,  turar-joylar 

qurishda va xalq iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda ishlatishga imkon beradi. Shu sababli 

kimyojadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda. 

Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassa, sun’iy tola, sun’iy yoqilg‘i, bo‘yoqlar, dorilar 

va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqaradi. 

Qishloq  xo‘jaligida  mineral  o‘g‘itlar  va  o‘simliklarni  zararkunandalardan,  kasalliklar  va 

begona  o‘tlardan  himoya  qiluvchi  kimyoviy  vositalar  keng    ko‘lamda  ishlatilmoqda.  Ularni 

ishlatish mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab  chiqarishni ko‘paytirishning eng 

muhim tadbirlaridan biridir. 

Kimyoviy  usullar  yordamida  mamlakatimiz  sanoatining  asosi  bo‘lgan  metallar  olinadi, 

ularni korroiyadan himoya qilinadi, asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari – kislotalar, ishqorlar, 

tuzlar ishlab chiqariladi. 

Keyingi  yillarda  inson  oldida  turgan  eng  muhim  vaifalardan  biri  atrof-muhitni,  ya’ni 

yashash muhitni va odamning ishlab chiqarish faoliyatini muhofaza qilish bo‘lib qoladi. Atrof-

muhit  sanoat  chiqindilari,  transport  va  energetik  qurilmalardan  chiqadigan  gazlar,  rangli 

metallurgiya,  kimyo  sanoati  korxonalari  va  boshqalar  tomonidan  chiqarilib  tashlanadigan 

chiqindilar bilan ayniqsa ko‘p ifloslanmoqda. 

Mamlakatimizda  atrof-muhitga  nisbatan  avaylab-asrash  munosabatida  bo‘lish  va  tabiiy 

boyliklardan unumli foydalanish amalga oshirilmoqda. 

Xalq  xo‘jaligining  barcha  tarmoqlaridagi  mutaxassislar  uchun  kimyoni  chuqur  bilish 

nihoyatda zarurdir. 




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish