1) O‘zbekistonda kuz faslida anor, anjir … xurmo pishadi.
2) Bu olma ozgina qizaribdi, …hali yaxshi pishmagan.
3) Hammasini tinglardim…. O‘xshashini topmasdim aslo.
A) va, hamda, biroq
B) va, lekin, ammo
C) hamda, biroq, yoki
D) va, ammo, chunki
227. Fikrsiz aqlning changi bo‘ladi,
Ilm-la egovla yangi bo‘ladi.
Oynadan ibrat ol bir kun artmasang.
Ustida bir enlik changi bo‘ladi. (Bedil)
Berilgan gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i ajratib ko‘rsatilgan?
A) Ega, kesim
B) Ega, aniqlovchi
C) Ega to‘ldiruvchi
D) Aniqlovchi
228. Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi,
Go‘zallik haqida gap sotmoq bekor.
Yuqorida qaysi uslub namunasi berilgan. Tagiga chizilgan so‘zni izohlang.
A) Badiiy uslub, qo‘shma so‘z
B) Publitsistik uslub, ibora
C) Badiiy uslub, ibora
D) So‘zlashuv uslubi, qo‘shma so‘z
229. Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida.
Maqoldagi
uchida, ichida so‘zlari qanday gap bo‘lagi vazifasida?
A) ega
B) kesim
C) hol
D) to‘ldiruvchi
230. Sodda yasama olmoshni toping.
A) hech kim
B) qaysi
C) allakim
D) mana bu
231. Havo bulut bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Qoshma gap turini toping.
E) Bog‘langan qo‘shma gap
F) Ergashgan qo‘shma gap
G) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
H) Sodda gap
232. Tashvish bilan ovoradir inson.
Ushbu gapda kesim vazifasida kelgan so‘zni belgilang.
455
A) ovoradir inson
B) ovoradir
C) tashvish bilan
D) inson
233. “Vaqt” she’rining muallifini toping.
A) Cho‘lpon
B) Oybek
C) Hamid Olimjon
D) G‘afur G‘ulom
234. O‘z erki uchun qabristonga borib choy qaynatib kelgan ayol obrazi yoritilgan o‘tmishda
ayollar hayotini aks ettirgan hikoyani toping.
A) “O‘g‘ri”
B) “Bemor”
C) “Qorako‘z majnun”
D) “Dahshat”
235. Tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda.
Berilgan gapda qatnashgan holni toping.
A) tong
B)
esmoqda
C) shabadasi
D) g‘ir-g‘ir
236. Yonimizda qizlar, o‘g‘illar, qo‘shiq aytsin, yayrasin, kulsin.
Ushbu gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?
A) faqat ega
B) faqat kesim
C) to‘ldiruvchi
D) bosh bo‘laklar
237. O‘zing suv ichadigan quduqqa tupurma gapi ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap?
A) darak gap
B) buyruq gap
C) so‘roq gap
D) istak gap
238. Ey farzand, bilki, ota-ona mo‘tabardir. (Kaykovus)
Ushbu gapdagi undalmani toping.
A) farzand
B) Ey
C) Ey farzand
D) bilki
239. Aziz ustozlar, do‘stlar, opa-singillar, aka-ukalar! Bu sharafli ishga barchamiz mas’ulmiz.
Ushbu gapda qanday bo‘lak uyushgan?
A) undalma
B) undov so‘z
C) ega
D) aniqlovchi
456
240. Uyushiq undalma qo‘llangan gapni toping.
A) – Baxt bir zumlik bo‘lmaydi, shunday emasmi, Orzugul, Vahobjon?
B) – Bugun dars bo‘lmaydi, birodarlar.
C) – Ha, xushchaqchaq yigit, keling, - dedi u meni ko‘rib.
D) – Meni tanir ekansiz-da, Madali aka?