Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

Topshiriq:

Berilgan matnlarni o‘qing va “Nima uchun?” sxemasini to‘ldiring. 

 

Kitob haqida afsona 

Naql    qilishlaricha    o‘tgan    zamonda  bir    hukmdor  vaziru  ulamolarini  chaqirib: 

“Dunyoda eng zo‘r, kerakli,  hamma narsadan xabardor  qiluvchi narsa nima?” – deb savol 

beribdi.  

Birov  “Dunyoda    eng  zo‘r  narsa    –  qilich”  desa,  ikkinchisi,  “Eng        keraklisi  –  non”, 

debdi.  Hamma narsadan xabar beruvchi narsa – “Oynai jahon”, deguvchilar ham topilibdi. 

–  Uch  kun  muhlat  beraman,    –  debdi  podsho    hech  kimning  javobi  yoqmaganligidan 

darg‘azab bo‘lib. 

Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganidan vazirning 

xabari bor ekan. Vazir:  

“Podshohning  savollariga  shu  donishmanddan  boshqa    hech  bir  kishi  javob  topa 

olmaydi”, – deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi. 

– Dunyoda eng kerakli narsa nima? – deb so‘rabdi  

donishmanddan podsho. 

– Kitob! – debdi donishmand hech ikkilanmay. 

– Kitob?! – ajablanibdi hukmdor. 

– Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob, – takrorlabdi so‘zini donishmand. – Inson uchun  

hayotda  ikki  narsa  eng  mo‘tabar  va  aziz.  Bu    –  non  bilan  kitob.  Shu  boisdan    ham  non  

qanchalik  mo‘tabar  sanalsa,  kitob    ham  shunchalik  aziz.  Non  –  rizq-ro‘z,  dasturxon  ko‘rki,  

hayot  barakasi.  O‘tmishdan    hikoya    qiluvchi  tarix,  bugunni  aks  ettiruvchi  ko‘zgu,  ertangi 

kunni  aytib  beruvchi  mo‘jiza  esa  kitobdir.  Poklanish,  iymon  butunligi,  ruhiy  boylik  ham 

kitobdandir.  Kitob  insonning  maslahatgo‘yi,  doimiy    hamrohidir.  “Kitob  ko‘rmagan  odam 

nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”, – deydi donishmandlar. 

– Shahanshoh, donishmand bu savolingizga  ham to‘g‘ri javob qildi, – deyishibdi saroy 

ahli. 


–  Suvu    quruqlikdagi    hamma  joylar,  dunyodagi  ezgu  elatlar  haqida  xabar  beruvchi  

ham, seningcha, kitobmi? – achchiqlanibdi hukmdor.   

–  Ha,  kitob,    –  dadil  javob  beribdi  donishmand.    –  Dunyoni  shundoqqina  ko‘z 

oldingizga  keltirib    qo‘yadigan    ham,    hech  ko‘rmagan  va  bir  umr  ko‘rolmaydigan  kishilar  

hamda joylar bilan tanishtiradigan  ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib 

o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan Mashriqqacha, 

Yamandan  Yasargacha  yaxshi  bilaman,  desam  maqtanmagan  bo‘laman.  yer  yuzida  jamiki 

odamzod  bor    –  ularning    hayoti,  odatlari,  rasm-  rusumlaridan  ozmi-ko‘pmi  xabardorman. 

Men kitob 

o‘qishni 

yoqtiraman, 

chunki - 




102 

 

Bunga  ana  shu  kitob  orqali  erishganman.  Qur'oni  Karim,  Hadisi  sharifning  mo‘jizasini 



aytmay qo‘ya qolaylik. 

Donishmandning bergan javobidan  qoniqqan podsho:  

“Saroyimda    qolib,  bosh  maslahatgo‘yim  bo‘l”,    –  deb    qanchalik  yalinmasin, 

donishmand  ko‘nmabdi,  undan  olgan  oltinlarga  esa  bozordan  kitob  xarid  qilib,  qishlog‘iga 

qaytibdi... 

Kitob bilan bog‘liq udumlardan namunalar.  

Kitobni  oyoq  bilan  bosish    qat'iyan  ma’n  etilgan,    qattiqgunoh  hisoblangan.  Zeroki, 

kitobda ilm bor. Ilm esa favqulodda kuch-qudratga ega mo‘jiza. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish