Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


Mutolaa va mutolaa madaniyati



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Mutolaa va mutolaa madaniyati 

 

Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi. 

Frensis Bekon 

Mutolaa  arabcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  diqqat  bilan  o‘qish,o‘rganish  degan  ma’noni 

bildiradi.Tarixdan  ma’lumki,  inson  taraqqiyoti  yo‘lida  erishgan  darajasidan    hech    qachon 

orqaga  qaytgan emas.  Qadim ajdodlarimiz  hatto tasavvur  qilolmagan  g‘aroyibotlar  hozir 

ko‘z  o‘ngimizda  sodir  bo‘lyapti.  Demak,  imkoniyatlarning  cheki,  orzu-umidlarning  adog‘i 

yo‘q.  


Kitob mutolaasi haqida Gyote shunday fikr bildiradi: 

a)  nihoyatda  mashaqqatli  (darhaqiqat,  kitob  mutolaasi  kishidan  qunt  va  sabr,  kuchli 

xotira va yuksak fahm talab etadi); 

b) beqiyos sharafli (kitob mutolaasi tufayli  hayot qonuniyatlarini chuqur anglay borgan, 

bilim doirasi kengayib, tushunchasi, dunyoqarashi o‘sgan, ma’naviy jihatdan yuksalgan); 

v)  huzurbaxsh (aks  holda, kitob mutolaasi bilan muttasil shug‘ullanmagan bo‘lardi). 

Kitobxonlik  ijodiy  ish  va  u  doimiy  shug‘ullanishni  taqozo  etadi,  desam,  ehtimol 

ko‘pchilik  ishonmas.  Siz  badiiy  asar  o‘qishga  endigina  kirishayotgan  bo‘lsangiz,  dastlabki 

paytlarda  voqyealar  oqimini  qiziqib  kuzatasiz.  Bu  qiziqish  esa  asta-sekin  o‘sha  voqyea  va 

hodisalar  tasviridan  tegishli  xulosa  chiqarishga  yo‘llaydi.Asarda  tasvirlangan  voqyelik  bilan  

hayot  voqyeligini  farqlash  jonli  muloqot  natijasidir.  Kitobxon  ularni  taqqoslash  uchun  bosh  

qotiradi    –  o‘ylashga  majbur  bo‘ladi.  Shu  jarayonda  asar  voqyeligini    hayolida    qayta 

jonlantiradi,  qahramonlarning  o‘rniga  o‘zini  qo‘yib  ko‘radi,  muayyan  xulosalar  chiqaradi. 

Ko‘rinadiki, u ham o‘ziga xos ijod qiladi.Kitobxonning ijodkorligi yozuvchi mahoratiga, yana  

ham to‘g‘rirog‘i, badiiy asar saviyasiga bog‘liq. 

Jamiyatda  mutolaa  madaniyatining  tarkib  topishi,  shakllanishi  va  rivojlanishida    ham 

umumiy  madaniyatning,  ya’ni  aholining  yalpi  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  tayyorgarlik 

darajasining  o‘rni  va  roli  beqiyosdir.  Shunday  qilib,  qayd etish  joizki    “mutolaa  madaniyati 

umumiy madaniyatning hosilaviy ko‘rinishidir”. 

Mutolaa madaniyati esa, o‘z navbatida, kitobga  qiziqish, odamlarning adabiyotlar bilan 

kengroq tanishish rag‘bati, kitob va u bilan ishlash  haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, 

shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni 

taqozo etadi.Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq 

olishi, muallif fikri  va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega 

bo‘lishini ta’minlaydi.  Kitobni tanlash, uni o‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil 

etish,  o‘qilgan  kitoblarni  boshqalarga  tavsiya  eta  olish    ham  mutolaa  madaniyatiga  kiradi. 

Inson    hayoti  davomida  turli  manbalar  –  kitoblar  (badiiy,  ilmiy,  o‘quv,  ensiklopedik  va 

boshqa),  ommaviy  axborot  vositalari  (gazeta,  jurnal,  televidenie,  radio  va  shu  kabilar), 

zamonaviy axborot texnologiyalari (Internet, elektron kitob, elektron gazeta, jurnal-qo‘llanma 



100 

 

va  hokazolar),  sub'ekt  bilan  bevosita  muloqotga  kirishuvchi  shaxslar  (oila  a’zolari,  ish  yoki 



o‘qish joydagilar,  qo‘ni-qo‘shnilar va boshqa insonlar) orqali ega bo‘linadigan turli yo‘nalish 

va  shakldagi    umumiy  ma’lumotlarni  bir-biridan  farqlash  lozim  bo‘ladi.Har    qaysi  davrda 

mutolaa madaniyatini shakllantirish birinchi o‘rinda oilada o‘z aksini topish lozim bo‘lgan va 

hozir ham ana shuni taqozo  qilmoqda. Jumladan, oilada shaxsiy kutubxona tashkil etish, uni 

yangi  nashrlar  bilan  to‘ldirib  borish  birinchi  omil  sanaladi.    Kimdir    shaxsiy  kutubxonasi 

fondini  boyitishni  vaundan  foydalanishni  afzal  bilsa,  kimdir  kitob  mutolaa    qilish  uchun 

kutubxonani tanlaydi. To‘g‘risini aytganda, yoshlar o‘rtasida  kitob mutolaa  qilish, kitobga 

bo‘lgan    qiziqish  biroz  susaygandek  go‘yo.  Biroq  zamon  bilan    hamnafas  bo‘lish,    shiddat 

bilan  kechayotgan  taraqqiyot  jarayoni  bu  muammoni  o‘z-o‘zidan  bartaraf  etdi,  desak 

mubolag‘a bo‘lmas. 

Kitob o‘qish, kitob bilan so‘zlasha  bilish, biron-bir muammo ustida bosh  qotirganda 

minglab  kitoblardan  to‘g‘ri  foydalana  bilish  kerak.  Darhaqiqat,  kitobni  saralab  o‘qish  va 

uning  mag‘zini  uqa  bilish,  kutubxonalar  bilan  muntazam  aloqada  bo‘lish,  umuman,  kitobni 

o‘z faoliyati va ijodi bilan bog‘lay olish kabi fazilatlar  har bir kishi  uchun barqaror odatga 

aylanishi kerak. O‘zbek xalq an'anaviy pandnomasi, buyuk mutafakkirlarning kitob  haqidagi 

o‘gitlari    hozirgi  kunda    ham  kishilarda  xususan,  yoshlarda  kitobga  muhabbat  tuyg‘usini 

tarbiyalashda, mustaqil mutolaa va fikrlashni  

o‘rgatish va shu singarilarda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Kitob  madaniyati.  Ko‘pchilik  yuqoridagi  bu  jumladan  ajablanishi  mumkin.  Nahotki, 

“Kitob madaniyati” bo‘lsa!?” Ha,bor! 

Hozirgi  zamon  kishisi  kitob  asrida  yashamoqda.  Chunki  jahonda  har  kuni  yarim 

milliondan ziyod kitob bosilib chiqadi. Buning ustiga, benihoyat ko‘p jurnallar, almanaxlar, 

to‘plamlar,  gazetalar…  Kino,  teatr,  radio,  televizor  va  boshqa  xilma-xil  vositalar,  istasang-

istamasang,  axborot  berib  turadi.    Chor-atrofni  o‘rab  turgan  muhit    ham  katta  axborot 

vositasidir. Mana shularning orasidan inson o‘ziga kerakligini ajratib olmog‘i lozim, bu esa 

mutolaa-o‘qish  madaniyati  qanday  va  qay  darajada  tarbiyalanganiga  bog‘liq.  Shu  boisdan  

ham, kitob o‘qish madaniyati xususida xalq an'anaviy pandnomasining ming yillik tajribasi va 

talab-ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan    holda,  ayrim  mulohazalarimizni  umumiy  planda  o‘rtaga 

tashlab,  o‘rtoqlashishni  ma’qul  ko‘rdik.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  kitob  o‘qish 

madaniyati xalqan'anaviy  tarbiya usullariga ko‘ra juda keng tushuncha va bag‘oyat murakkab 

muammo bo‘lib, taxminan  quyidagi  holatlarni o‘z ichiga oladi. 

1) kitob tanlay olish; 

2) kitobni qanday o‘qishni bilish; 

3) kitob  o‘qiganda nimalarga e’tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish; 

4) kerakli  ma’lumotlarni  qaerdan,  qanday,  qaysi vositalardan topish; 

5) olingan bilimni yoki xabarni qanday yetkazib berish; 

6) qayta o‘qish – kitobxonlik ko‘nikmasiga odatlantirish; 

7) kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilish; 

8) kitobni tez va sekin o‘qishni farqlay olish; 

9) kitobni o‘qib, uning fusunkor olamiga kira bilish; 

10) kitobni mustaqil o‘qiy bilish; 

11) kitobni targ‘ib-tashviq qila bilish. 

 



101 

 

 




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish