Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Topshiriq:

 

1. Matnni o‘qing va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirib  bering. 



2. Nima uchun kitobni bilim manbai deb hisoblaymiz? 


98 

 

3. Oxirgi o‘qigan kitobingiz  haqida so‘zlab bering. 



4. Quyidagi matnni og‘zaki tarjima qiling. 

 

   Kitob  –  ruhiyatimiz  ozuqasi,  u  bilan  do‘stlashish  kishini  nafaqat  yuksaltiradi,  balki 



unga  jahonni  tanitadi,  hamrohlik  qiladi,  ezgulikka  yetaklaydi.“Ma’naviy  va  jismoniy 

barkamol  avlodni  voyaga  yetkazish  masalasi  biz  uchun  umummilliy,  umumdavlat 

miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil 

va  qat'iyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini yana 

bir marta uqtirib o‘tmoqchiman”,  – deydi Prezidentimiz Islom Karimov bir nutqida. Ushbu  

“umummilliy  va  umumdavlat  miqyosidagi  vazifa”ni    bajarish  ishiga  axborot-kutubxona  va 

axborot-resurs markazlari, kutubxonalar  ham da’vat etilgani  o‘z-o‘zidan ravshan. Ma’lumki, 

yurtimiz aholisining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil qiladi. Axborot-kutubxona va axborot-

resurs markazlari, kutubxonalarga kitob mutolaa  qilish uchunham asosan, yoshlarimiz keladi. 

Demak,  yosh  avlodni  Vatanga,  O‘zbekiston  xalqining  urf-odatlari  va  an'analariga muhabbat 

ruhida  tarbiyalash  jarayonini  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  imkonini  beruvchi  kitoblarni 

mutolaa  qilishga  undash,  targ‘ib  qilish  va  bu  yo‘nalishdagi  faoliyatning  yangi  shakllarini 

topish zarur. 

Bu  borada  axborot-kutubxona  va  axborot-resurs  markazlari,  kutubxonalar  kitobxonlar 

konferensiyalari,  she’rxonlik,  davra  suhbati,  savol-javob  kechalari,  bilimdonlar  bellashuvi, 

mavzuli  va  munozara  kechalari,  kitob  ko‘rgazmalari  tashkil  etishva  ko‘rgazmadagi 

adabiyotlar obzorini o‘tkazib borishi lozim.  

Shuningdek,    “Axborot  kunlari”,    “Yangi  kitoblar  kuni”  kabi  turli-tuman  tadbirlar 

shakllaridan foydalanish mumkin. 

Kitob  –  bilim  manbai.  Kitob    –  insonning  eng  yaqin  do‘sti  va  maslahatchisi,  aql  

qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani 

uchun    ham  xalqimiz  uni  nonday  aziz,  mo‘tabar  va  muqaddas  deb    hisoblagan.    Shuning 

uchun  kitobga  muhabbat,  uni    qadrlash,  o‘qishga  ishtiyoq  xalqimizning  qon-qoniga  singib 

ketgan. 


Ayniqsa,  buni  donolarning  o‘gitlari,  yozma  manbalar,  xalq  og‘zaki  ijodi  durdonalari, 

xalqning an’anaviy tarbiya usullarida aks etgan kitob bilan bog‘liq xilma-xil  hayotiy  

rasm-rusumlar, udumlar va urf-odatlardan ham bilish mumkin.  

Xalq  kitob    haqida  naql-rivoyatlargina  emas,  balki  ko‘plab  maqollar,  aforizmlar, 

topishmoqlar,  hikmatlar  ham yaratgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiyning kitob  haqidagi 

ushbu misralarini keltirishimiz mumkin. 

Kitob  va  kitobxonlik  haqidagi  xalq  an'anaviy  pandnomasi  bilan  ulug‘larning 

dunyoqarashi,  mulohazalari  bir-biriga  juda  yaqin,  biri  ikkinchisini  to‘ldiradi.  Bu    hol 

kitobning katta ma’naviy kuchga egaligi, kitobxonlik inson uchun yuksak mezon ekani bilan 

izohlanadi.Kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni  bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish,  his 

etish,  anglash  va  fikr  bildirish  tushunchalarini  o‘z  ichiga    qamrab  oladi.  U  badiiy  adabiyot, 

adabiy tanqid va pedagogika ko‘magida yuksala boradi. 

Kitobxonlik  kecha  yoki  bugun  tug‘ilgan  emas.    Xususan,  Mahmud  Qoshg‘ariyning 

“Devonu  lug‘atit  turk”,  Abu  Abdullo  al-Xorazmiyning  “Mafatix  al-ulum”,  Yusuf  Xos  

Hojibning  “Qutadg‘u  bilig”,  Nosiruddin  Burhonuddin  Rabg‘uziyning  “Qisasi  Rabg‘uziy”, 

Xondamirning  “Makorim  ul-axloq”  va  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Boburlarning    qator 

asarlarida kitobxonlikka oid  qimmatli fikrlar bayon  qilingan.  

Kishining  madaniyati  uning  kitobida  aks  etadi.  Shu  ma’noda  bugungi  kunda  kitob 

o‘qish  va  unga  munosabat  bir    qadar  susaygandek.  Chunki  yoshlar  ko‘proq  kino,  video, 

televidenie,  kompyuterga  berilib  ketdi.  Kompyuter  hozirgi  kunda  ko‘pgina  xonadonlarga  

ham kirib kelgan. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin.  

Achinarlisi, bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga  hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir 

axborot  vositasi,  kino  yoki  videofilm  badiiy  asar  o‘rnini  bosolmaydi.  Masalan,  “O‘tgan 



99 

 

kunlar”  romani  asosida  ishlangan  film    qanchalik  mahorat  bilan  suratga  olingan  bo‘lmasin, 



kitobning ta’sirini, jozibasini berolmaydi. 

Kitobxonlik  oiladagi  muhitga    ham  bog‘liq.  Ma’rifatli  oilalarda  kitobga  e’tibor 

farzandlar  tarbiyasida  qo‘l  keladi.  Kitobni  inson  tafakkurining    qanotlariga  o‘xshatishgan. 

Zero,  tafakkuri,  fikr  doirasi  keng,  ma’rifatli  kishilar  jamiyatning  chinakam  boyligidir. 

Aksincha,    hayotda  ro‘y  berib  turadigan  ayrim  noxushliklar  ildizi  esa  ma’rifatsizlik,  kitob 

o‘qimaslikning  achchiq  mevasi.  Temirni  zang  kemirganidek,  odamni    ham  ma’naviyatsizlik 

mo‘rt  qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi.Har  qanday yangilik  ham 

bir kun eskiradi. Biroqinsoniyatning ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda 

fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-

ma’rifat,  adab va axloq manbai bo‘lib  kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar 

ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroqvosita yo‘q. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish