mutolaasi bilan ham shug‘ullanish juda zarur hisoblanadi. Kitob bu bebaho xazina, uni
mutolaa qilish lozim. U tafakkurni o‘stiradi, aqlni izlanish va hodisalarni tahlil qilishiga
Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir.
nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni
Ayniqsa, buni donolarning o‘gitlari, yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi durdonalari,
xalqning an'anaviy tarbiya usullarida aks etgan kitob bilan bog‘liq xilma-xil hayotiy
rasm-rusumlar, udumlar va urf-odatlardan ham bilish mumkin. Xalq kitob haqida naql-
97
yaratgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiyning kitob haqidagi ushbu misralarini keltirishimiz
mumkin.
Bilimdonlar so‘zi bordur bu bobda:
"Bilimdon go‘rda-yu, ilmi kitobda!"
Agar yolg‘iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur dam kitobdur.
Kitob va kitobxonlik haqidagi xalq an'anaviy pandnomasi bilan ulug‘larning
dunyoqarashi, mulohazalari bir-biriga juda yaqin, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Bu hol kitobning
katta ma’naviy kuchga egaligi, kitobxonlik inson uchun yuksak mezon ekani bilan izohlanadi.
Kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish, his etish,
anglash va fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyot, adabiy
tanqid va pedagogika ko‘magida yuksala boradi. Kitobxonlik kecha yoki bugun tug‘ilgan
emas. Xususan, Mahmud Qoshg‘ariyning
"
Devonu lug‘atit turk", Abu Abdullo al-
Xorazmiyning "Mafatix al-ulum", Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig", Nosiruddin
Burhonuddin Rabg‘uziyning "Qisasi Rabg‘uziy", Xondamirning "Makorim ul-axlok" va
Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburlarning qator asarlarida kitobxonlikka oid qimmatli fikrlar
bayon qilingan.
Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Shu ma’noda bugungi kunda kitob
o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yoshlar ko‘proq kino, video,
televidenie, kompyuterga berilib ketdi. Kompyuter hozirgi kunda ko‘pgina xonadonlarga
ham kirib kelgan. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish
mumkin.
Achinarlisi, bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir
axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi. Ma’rifatli oilalarda
kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga
o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam
boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik,
kitob o‘qimaslikning achchiq mevasi.
Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi. Ma’naviyat
esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq
insoniyatning ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini
o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, adab va
axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q.
Bizga yaxshi ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda kitob mahsulotlarini nashr
qilish va tarqatish tizimi samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday muhim vazifani amalga oshirish uchun
yurtimizda 118 ta nashriyot, 1 ming 760 ta matbaa korxonasi, minglab ijodiy va texnik
xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning sa’y-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 million
nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda.
Hozirgi kunda kutubxonalar kitobxonlarga xizmat ko‘rsatibgina qolmay, balki
kutubxonada turli tadbirlar va bayramlar o‘tkazish doimiy ishga aylanib bormoqda.
Kutubxonalarda kitobni targ‘ib etish maqsadida kutubxona xodimlari turli usullardan
foydalanadilar. Masalan, kitob ko‘rgazmasi, kitobxonlar anjumanlari, turli uchrashuvlar,
kechalar, kitob taqdimotlari, kitobxonlik kunlari shular jumlasidandir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Chinakam ijod va iste’dod mahsuli bo‘lgan asarlarni,
yozuvchining yuragidan, qalbidan chiqqan haqqoniy va ta’sirchan fikrlarni keng ommaga
yetkazish uchun barcha mavjud vositalardan unumli foydalanish zarur”.
Do'stlaringiz bilan baham: