Toshkent kimyo texnalogiyalar


Don va don maxsulotlari saqlash soxasidagi masalalar



Download 84,35 Kb.
bet2/10
Sana18.04.2022
Hajmi84,35 Kb.
#559743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYALAR

Don va don maxsulotlari saqlash soxasidagi masalalar.

О‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan sо‘ng xalq xо‘jaligining barcha soxalarida tub isloxatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamiz don maxsulotlari tizimida xam sо‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Xozirgi kunda respublikamiz bо‘yicha yiliga 7 mln. t. dan ortiq don yetishtirildi.


Don maydonlarining kengayib borishi xamda don yalpi xosilning ortishi don maxulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, yetishtirilgan mavjud xosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu kо‘st yetkazib berish don maxsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamizning kо‘pgina viloyat va tumanlarida kо‘plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
Ma’lumki don inson xayetida qiyoslab bо‘lmaydigan axamiyatga ega. Inson iste’mol etadigan oziq-ovqat maxsulotlarining taxminan 65-75%i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda kо‘plab un, yorma va omuxta-yem kabi birlamchi maxsulotlar ishlab chiqariladi. Xalqimizning bu maxsulotlarga bо‘lgan talabi benixoyat kattadir. Axolini don va don maxsulotlariga bо‘lgan talabini tо‘laroq qondirish xozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Axolini don va don maxsulotlariga bо‘lgan talabini tо‘laroq qondirish xozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muxim vazifalardan biri xisoblanadi.
Axolini don va don maxsulotlariga bо‘lgan talabini tо‘la qondirishga faqatgina kо‘plab don yetishtirish orqali erishib bо‘lmaydi. Yetishtirilgan don, yorma va omixta yemlarni sifatli va beisrof saqlay bilish lozim.
“Don va don maxsulotlarini saqlash” fani faqat texnologiya bо‘libgina qolmay, balki texnik-iqtisodiy fan xamdir. Fan don va uning maxsulotlari (un, yorma, omuxta yem) ni saqlashning nazariy asoslarini, maxsulotlarning sifatini oshirishni va ulardan ratsional foydalanish yо‘l-yо‘riqlarini о‘rgatadi.Shuningdek don maxsulotlarini saqlashdagi barcha turdagi isrofgarchilikka qarshi kurash choralarini tо‘g‘ri tashkil qilishni о‘rgatadi.
Don, un, yorma va omuxta yemni saqlash texnologiyasi fani qо‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi;
- don, un, yorma va omixta yem kabi maxsulotlarni saqlashning nazariy asoslarini о‘rgatish;
- don va don maxsulotlari (un, yorma, omuxta yem) kimyoviy tarkibi, sifat kо‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni о‘rgatish;
- don va don maxsulotlarida kechadigan biologik kimyoviy jarayonlarniо‘rgatish;
- maxsulotlarni saqlash usullari, rejim va texnologik asoslari bilan tanishtirish;
- talablarda fan yuzasidan chuqur bilim va kо‘nikma xosil qilish va ularda donni sifatli saqlash yо‘llarini izlab topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etish;
- maxsulotlarni sifatli va beisrof saqlashga erishish uchun soxaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish.
Kursni о‘rganishda talabalar diqqat e’tibori don, un, yorma va omixta yemlarni saqlashga qaratib qolmasdan balki soxadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yо‘llarini topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etiladi. Bu esa amaliy jixatdan muxim axamiyat kasb etadi.
2. Don va don maxsulotlarini (un, yorma, omuxta yem)saqlash boshqa kо‘pgina tovar maxsulotlari singari murakkab va ma’suliyatli jarayon bо‘lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza xamda soxa uchun malakali mutaxassislarni talab etadi.
Don va don maxsulotlari uyumining fiziologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari uni saqlashda qiyinchichliklar tug‘diradi.
Don tirik organizm bо‘lib, don muassasasida turli tuman xayotiy jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muxit sharoitlariga bog‘liq.Maxsulot uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi maxsulot uyumining yetarlicha yо‘qolishiga xamda uning sifat kо‘rsatkichlari tushishiga olib keladi.
Don va don maxsulotlari uyumida mikroorganizmlar xamda zarakunanda xasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa qiyinchiliklar tug‘diradi. Un va yorma kabi maxsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi maxsulotning kо‘plab yо‘qolishiga,sifat kо‘rsatkichlarining pasayishiga, xattoki maxsulotning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Maxsulotlar sifatsiz xamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar xamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi.
Don va don maxsulotlarini saqlash soxasida qо‘yidagi masalalarni xal etish muxim vazifalardan biridir.
Birinchi masala - maxsulotni isrofsiz saqlashga erishish yoki maxsulot kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.
Don va don maqsulotlarining tabiiy kamayishini yо‘qolish xususiyatiga kо‘ra 2 guruxga bо‘lish mumkin:biologik va mexanik. Bu kamayishni quyidagicha tasvirlash mumkin( 1-rasm)


B iologik.


Ìåõ Mexanik.
1-rasm.Saqlashda don sifati va vaznini pasaytiruvchi omillar.

Ikkinchi masala – don maxsulotlarini sifatini pasaytirmasdan saklash. Saqlash amaliyotida don maxsulotlari va urug‘ sifatining pasayishi xolatlari saqlash jarayonini notо‘g‘ri tashkil etish va bu maxsulotlarni saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.


Bu muddatdan о‘tib ketgandan keyin maxsulot sifati va iste’mollik qiymati pasaya boradi. Masalan kо‘pgina un va yormalarda ikkinchi va uchinchi yilda sifatining keskin pasayishini kuzatish mumkin. Urug‘lik donlar esa uchinchi va tо‘rtinchi yili unuvchanlik qobiliyatini yо‘qotadi.
Uchinchi masala-saqlash mobaynida don maxsulotlari sifatini oshirish. Don maxsulotlarining sifatli saqlanishi eng avvalo ularni yetishtirish omillariga bog‘liq. Yaxshi agrotexnikada yetishtirilgan, tо‘la pishgan tо‘liq donlar sifatli saqlanadi. Bundan tashqari don maxsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun ularga saqlashga joylashtirishdan oldin ishlov beriladi. Buning uchun don barcha turdagi aralashmalardan tozalanadi. Don va don maxsulotlari namligi davlat standartida belgilangan kо‘rsatkichga keltiriladi.
Don va don maxsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni tadbiq etish xamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish xam maxsulotlarning sifatini saqlanishi garovidir.
Tо‘rtinchi masala mumkin qadar oz mexnat va moddiy mablag‘lar sarflab yuqori natijalarga erishish, ya’ni maxsulot isrofini kamaytirish, xamda sifatini oshirishga erishish.
Kо‘pgina amaliy tajribalar shuni kо‘rsatadiki ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:
- maxsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish;
- saqlashga joylashtirishdan oldin maxsulot sifatini izchil nazorat qilish va ularga ishlov berish;
- soxa mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish;
- zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- ishlab chiqarishni tо‘g‘ri tashkil etish va maxsulotdan ratsional foydalanish.
Don maxsulotlarining notо‘g‘ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda kо‘pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida pivobop bо‘lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patola ishlab chiqarishda makkajо‘xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omuxta yem ishlab chiqarishda sariq makkajо‘xori о‘rniga oq makkajо‘xorining ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi xamda ozuqaviylik qiymatini о‘zgartib yuboradi.
Don va don maxsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Respublikamiz don maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qо‘yidagi texnologik tadbirlar yо‘lga qо‘yilgan.
1.Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza bо‘lsa uning saqlanishi xam, ishlab chiqariladigan maxsulotning sifati xam shunchalik yuqori bо‘ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy kо‘rsatkichlardan biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli xajmli va ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi.

  1. Donni quritish. Don quritishda namlik shunda kо‘rsatgichga olib kelinadiki, bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Kuritish uchun korxonalar maxsus quritish uskunalari bilan ta’minlanadi.

  2. Sovutish rejimlarini qо‘llash. Don va don maxsulotlarining sifatli saqlanishi kо‘p jixatdan xavo rejimiga bog‘liq. Maxsulot saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilyatsiya yordamida sovutilishi mumkin.

4.Maxsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda xasharot xamda kemiruvchilardan ximoyalash. Bu jarayon ancha murakkab xisoblanadi. Maxsulotlarni bu ta’sirlardan ximoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi,kimyoviy preparatlar qо‘llaniladi.
5.Yuqoridagi barcha masalalarni xal etish soxasida faoliyat kо‘rsatayotgan kadrlarning malakasiga kо‘p jixatdan bog‘liqdir. Shuning uchun bо‘lgusi mutaxassis don, un, yorma va omuxta yem saqlash yuzasidan chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bо‘lishi lozim.


Download 84,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish