Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xususiyatlariga ta’sir qiladigan omillar. Don massasining sifatiga va xususiyatlariga donning navi, shuningdek ekiladigan urug‘ sifatiga xal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi. Don massasining G‘ovakligi ayrim xollarda sochiluvchanligi xam navga bog‘liq xolda о‘zgarib turadi.
Bir о‘simlikning turli navga xos bо‘lgan donlari saqlash jarayonida turli fiziologik faollikni namoyon etishi, shuningdek turli nafas olish jadalligiga ega bо‘lishi mumkin.
Ekiladigan urug‘ sifati, о‘simlikning unib chiqishi, о‘sishi, rivojlanishi, kasallik, zararkunanda va noqulay ob-xavo sharoitlariga chidamliligi va xokazolarga ta’sir etadi.
Olinadigan xosil sifati va xususiyatlari esa yuqoridagi omillarga chambarchas bog‘liqdir. Kо‘rinib turibdiki,qat’iy nazorat qilingan standart urug‘ yuqori va sifatli xosil garovidir.
Ma’lumki xar bir don yoki urug‘ navi qishloq xо‘jaligida e’tibor qilinadigan xususiyatlaridan tashqari xosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va x.k)turli iste’mol kо‘rsatkichlariga ega bо‘ladi. Masalan bug‘doyning xar xil navlari о‘ziga xos un chiqishi va nonvoylik sifat kо‘rsatkichlariga ega; makkajо‘xorining kо‘pgina navlari va duragaylari yaqqol ifodalanuvchi texnologik xususiyat va furajilik qimmatiga ega; zigirning turli navlari doni tarkibida turli sifatga ega bо‘lgan yog‘ mavjud bо‘ladi; kungaboqar doni tarkibida yog‘ miqdori turli navlarda bir-biridan keskin farq qiladi;
suli, arpa, tariq va sholini qayta ishlashda navlarga mos xolda turli iste’mol sifatiga ega bо‘lgan yormalar olinadi va x.k. Bularning barchasi donlarni saqlashda ularni aloxida-aloxida joylashtirishni talab etadi.
Shuningdek don va urug‘larning navdorlik xususiyatlariga barcha turdagixо‘jaliklarda (jamoa, fermer, davlat xо‘jaliklari) xisobga olinadi va shunga kо‘ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli donlarga ustama xaq xam belgilanishi mumkin.
Don saqlash omborlari xо‘jaliklardan yuqori sifatli elita donlarini sotib oladilar. Qabul qilingan donlar urug‘lik va oziq-ovqat maqsadlari uchun saqlanadi.Donlarni iste’molchilarga, shuningdek urug‘lik uchun sifatli sifatli saqlangan xolda yetkazib berish uchun korxonalar nav xususiyatlari, saqlash rejimlarini mukammal biladigan malakali mutaxassislarni talab etadi.
О‘simlikning о‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning shakllanishi, xosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir kо‘rsatadi. Donshunoslik va о‘simlikshunoslik kursidan bizga ma’lumki, tashqi muxit omillari о‘simlik rivojlanishi va xosilning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan bir navli urug‘ turlicha rivojlanib, turli xosil berishi mumkin. Bunga mos xolda ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, tо‘liqligi yirikligi va boshqa texnologik sifat kо‘rsatkichlari xar xil bо‘ladi. Don sifatiga о‘g‘itlash xam katta ta’sir kо‘rsatadi.
Mavsumiy iqlim sharoitlari xam don sifatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Masalan yig‘im-terim oldidan va terim vaqtida yogingarchilik kо‘p bо‘lsa, donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik kо‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurg‘oqchilik bо‘lsa don xaddan tashqari qо‘rib ketadi, yoki namlik yetishmasligidan donlar tо‘liq yetilmay qoladi.
Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida xam о‘zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi.
Kasallik va zararkunandalar xam sifatini va miqdorini pasaytirib yuboradi.
Shuningdek don sifati va xosildorlikka begona о‘tlar xam katta ta’sir kо‘rsatadi. Begona о‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi о‘sib rivojlanmaydi.
Xosildorlik keskin pasayadi va uning sifati buziladi.
Begona о‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy о‘simlik donlariga qо‘shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki begona о‘t urug‘larining kо‘pchiligi zaxarli bо‘lishi mumkin. Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim.
Donning sifati va saqlanuvchanligi kо‘p jixatdan yig‘im-terim jarayonlariga bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa xosil sifati va miqdori shuncha yuqori bо‘ladi. Yig‘im-terim ishlarini о‘z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olish, don ekinlaridan mо‘l xosil yetishtirishning asosiy garovidir.
Mamlakatimizda don ekinlari 2 xil usulda yig‘ib olinadi: tо‘gridan-tо‘gri; avvalо‘rib, keyin yig‘ib olish.
Don ekinlari xosilini avval о‘rib keyin yig‘ib olish asosiy usul xisoblanadi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida о‘ruvchi mashinada yerdan 15-25 sm balandlikda о‘rilib, quritish uchun angizga tashlab ketiladi. Donning tо‘la pishib yetilishi quritish paytiga tо‘gri keladi. Quritilgan don maxsus mexanizatsiyalar yordamida yigishtirib olinadi va yanchiladi. xosilni oldinо‘rib keyin yig‘ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda о‘rim tо‘gridan-tо‘gri yigishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari xosili oldin о‘rib keyin yig‘ib olinganda, uning fizioloviy urug‘lik va nonvoylik sifatlari tо‘gridan-tо‘gri о‘rib, yanchilgan donnikiga qaraganda ancha yaxshi bо‘ladi. Ayniqsa qalin va baland bо‘yli, shuningdek begona о‘t bosgan, bir tekis yetilmagan va yerga yotib qolgan don ekinlari xosilini yig‘ib olishda bu usul yaxshi natija beradi.
Kо‘pgina don turlarida, shuningdek о‘rim muddati kechikkanda о‘simliklar past bо‘yli va siyrak chiqqanda tо‘gridan-tо‘gri о‘rib yanchish amalga oshiriladi.xosilni tо‘gridan-tо‘gri yig‘ib olish uchun ekin dalasi mumkin qadar begona о‘tlardan xoli bо‘lishi, о‘simliklar bir tekis о‘sgan bо‘lishi va xosili bir vaqtda pishib yetilgan bо‘lishi lozim. Tо‘gridan-tо‘gri yig‘ib olish usulida terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori xosil garovidir. Terim muddati qanchalik chо‘zilib ketsa, donlar tо‘kila boshlaydi va nobudgarchilik shuncha ortadi.
Mamlakatimizda xosilni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri terib olishda 10-12 kunlik terim muddati joriy qilingan.
Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yigishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning sifati va xususiyatlariga katta ta’sir kо‘rsatadi. Donni iloji boricha mexaniq shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim.xozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yigishtirib olish uchun zamonaviy ilgor texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning ”Keys” kompaniyasining zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bо‘lgan mashinalaridan mexanizatsiya ishlarida keng kо‘lamda foydalanilmoqda.
Don maxsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun xо‘jaliklar omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq xolda bir necha soat va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bо‘lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda xam extiyot qilish lozim.
Donning zararlanishiga kо‘pincha uni xirmonlarda, dala sharoitlarida, о‘tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bо‘ladi.Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa, namiqib va о‘z-о‘zidan qizib kelishi mumkin. Bu xolat yangi о‘rilgan donni darxol joylashtirish va donni qizib turgan xolida joylashtirishlarda xam kuzatiladi.
Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida xam kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi kо‘p jixatdan yig‘ib olingan zaxoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog‘liq.Don yig‘ib olingan zaxoti darxol belgilangan manzilga yetkazilishi lozim.Donning mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi.
Yuqoridagilarga bog‘liq xolda don ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat kо‘rsatkichlariga ega bо‘lgan xolda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda bо‘lish talab etiladi.Qabul qilingan don tо‘gri analiz qilinishi va sifati bо‘yicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish lozim. Saqlashda tо‘gri rejimlarni qо‘llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim. Bu esa don korxonalarining iqtisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.