Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruh
|
Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 bahogacha
|
Topshiriqni misollar bilan yoritish 0-5 bahogacha
|
Guruh a’zolarining faolligini. 0-5 bahogaca
|
Jami baho
|
1-gr
|
|
|
|
|
2- gr
|
|
|
|
|
3- gr
|
|
|
|
|
3 – «qoniqarli».
4 – «yaxshi»
5 – «a’lo».
Uyga vazifa
16-Mavzu: IES da kimyoviy nazorat tashkil qilishning prinsipial sxemalari.
Reja:
1.Kimyoviy nazoratning vazifasi.
2.Suv va bug'dan na‟muna olish.
3.Kimyoviy nazoratni amalga oshirishda qo'llaniladigan usullar va asboblar.
4. Yengil uchuvchi moddalardan namuna olish.
Suv tayyorlash va suv tartiblari ustidan kimyoviy nazoratning asosiy vazifasi stansiyada ishlatilayotgan suv va bug'ning talab qilingan me'yorlari suv tayyorlash qurilmalarida yoki suv tartiblarida buzilayotgani o'z vaqtida aniqlash, bu jarayonlarni doimiy nazorat qilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish hisoblanadi. Issiqlik elektr stansiyalarida kimyoviy nazoratni tarkibida kimyo laboratoriyalari bo'lgan kimyo sehi amalga oshiradi.
Kimyo laboratoriyasi qozon agregati va turbina qurilmasida teploximik sinovlar ishlab chiqarish talablaridan kesib chiqadigan sozlash ishlarini hamda tayyorlanayotgan suv va hosil bo'layotgan qatlamlarni to'liq analiz qilib boradi.
Bajarilayotgan ishlar asosida IESda olib borilayotgan suv tartiblarining samaradorligi va tejamkorligi aniqlanib, suv tartiblarini va suv tayyorlash texnologiyasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Ekspress ya'ni tezkor laboratoriyalar esa kechayu – kunduzi tiinimsiz tayyorlanayotgan suv sifati stansiyaning turli qismlarida o'rnatilgan talablarda javob berish bermasligini nazorat qiladi.
Bundan tashqari kimyo sehi xodimlari suv tayyorlash qurilmalari va issiqlik qurilmalari ishga tushayotganda, sozlash ishlari amalga oshirilayotganda va sinovdan o'tkazilayotganda kimyoviy nazoratni amalga oshiradi hamda suv tayyorlash qurilmalaridan chiqayotgan oqova suvlar sifatini, ularning tozalanishini, konservasiyalangan va zahirada turgan agregatlar holatini ham nazorat qilib turadi. Kimyo sehi zimmasiga qozon barabanlarining kollektorlarining, kondensator, qizdirgichlarning hamda turbina kuraklarining holatini kuzatib qatlamlar va zanglarning joylashishini miqdorini xususiyatlari va tarkibi hamda qalinligi o'lchamlari harakterini aniqlash ham kiradi. Bunday olib boriladagan nazoratlar bir birini to'ldirib IESlarning ishonchli va samarali ishlashini ta'minlaydi.
Suv tayyorlash va suv tartiblari ustidan kimyoviy nazoratning muhim shartlaridan biri suv va bug' kondensatidan aniq na‟muna olishdir. Olingan na‟muna tarkibi nazorat qilinayotgan suv yoki kondensat tarkibidan farq qilmasligi kerak aks holda bu olib borilayotgan suv tartiblari natijalari noto'g'ri baholanishga olib keladi. Bir jinsli muhitdagi, qizdirilgan bug' kondensat, tozalangan qo'shimcha va ta'minot suvlari ulardan na‟muna olishda qiyinchilik to'g'dirmaydi. Turli usullarda olingan na‟munalar, bu muhitlarning safiga mos keladi. Ta'minot suvidan na‟muna olish ekonamayzer oldidan quvurga o'rnatilgan trubka orqali amalga oshiriladi. Qizdirilgan bug'lardan na‟muna olish uchun bug' quvurlarida so'rg'ichli va tirqishli na‟muna olish trubkalari o'rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |