Bakdan (a) va to'yingan hamda o'ta qizigan bug'dan teshikli va so'rg'ichli na'muna olish (b) sxemalari Qozondan chiqarib tashlanayotgan suvdan na‟muna olish qozonning yuqori barabanidan, uzluksiz chiqarib turilgan suv quvurlaridan qozon suvi na‟munasidan qozon barabanida o'rnatilgan teshikli va terqishli kollektor orqali amalga oshiriladi. Kimyoviy nazoratni tezkor amalga oshirish ishchilar sonini kamaytirish uchun issiqlik elektr stansiyalari markazlashgan na‟muna olish, ular haqidagi ma'lumotlarni bir joyga to'plash joriy qilinadi hamma na‟munalar quvurlar orqali sovitish qurilmasiga ulanadi.Quvurlarda suv va bug'ning temir oksidlari bilan ifloslanmasligi uchun zanglamaydigan po'latdan mis miqdorining na‟munasi olinmasa qizil mis tayyorlanadi.
2 - rasm. Qozon suvidan barabanda na’muna olish moslamasi:
1 – toza bo'lmaning o'rtasidagi suvdan na‟muna olish kollektori; 2,3 – kollektordagi teshikli uchyoq; 4 – toza bo'lmadan na‟muna olish quvuri; 5 – suv chiqarish quvuri oldidagi suv na‟munasini olish quvur; 6 – suv chiqarish quvuri; 7 – tuzli bo'lma yuvish suvini yig'gich. 3.Bug' va kondensat tarkibida birikmalarining konsentrasiyasi juda kichik bo'lgani uchun ularning miqdorini aniqlash qiyin bo'ladi ularning aniqlash uchun tuz yig'ish usuli qo'llaniladi. Buning kondensat yoki bug' na‟munasi ma'lum bir miqdorda olinib ko'p marta bug'lantirilib tuzlar yig'iladi. Hosil bo'lgan oz miqdordagi kondensatdagi tuz miqdori odatdagi analiz orqali aniqlanadi va bug'lantirilgan kondensat miqdoriga taqsimlanadi. Bu termik konsentrasiyalash usuli kamchilik tomoni juda ko'p, bir necha o'n litr suvni bug'lantirish, bunga ko'p vaqt sarflanishidir. Kimyoviy konsentrasiyalash usulining bunday kamchiligi yo'q bunda 120-150 litr miqdordagi kondensat 15-20 m/soat tezlikda 30°S xaroratda ketma – ket laboratoriyadagi kationit va anionit filtrlaridan o'tkaziladi. Filtrda ushlanib qolgan kation va anionlar 1-2 litr xlorid kislotasiva uyuvchi natriy (NaOH) ishqori bilan yuviladi. Reagent va yuvish suvi yig'ib olinib analiz qilinadi. Kationlar va anionlar miqdorlari yig'indisi kondensatdagi tuz miqdoriga teng bo'ladi. Bu usullarda nazoratni tezkor amalga oshirib bo'lmasligi ko'p mehnat sarflanishi analiz qilinayotgan vaqt mobaynida stansiyada bug' sifati o'zgarib ketishi mumkinligi sababli hozirgi paytda bug', kondensat, ta'minot va qozon suvi tarkibidagi tuz miqdorini aniqlash uchun elektr tuz o'lchagichlari qo'llaniladi. Ma'lumki toza kondensat elektr tokini o'tkazmaydi suvda erigan birikmalar miqdori oshishi bilan tok qarshiligi kamayib o'tkazuvchanlik oshadi. Elektr tuz o'lchagichlarning ishlashi shu prinsipga asoslangan va galvonometr ko'rsatgichlari bo'yicha aniqlanadi. Bundan tashqari IESlarda Na, Ca, K, Mg miqdorining aniqlaydigan alangali fotometr, kislorodomerlar avtomatik ravishda suv qattiqligini nazorat qiladigan jestkomer, SiO3 va Fe konsentrasiyasini o'lchash uchun fotoelektrokafimetr va boshqa asboblar qo'llaniladi.