58
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, quritilgan polimer granulasi pnevmotransport orqali ekstruder bunkeriga uzatiladi. Granula bunkerdan ekstruder
silindriga tushadi va shnekni vintkalar (mejvitkovoe) ora bo‘shlig'ini to‘ldiradi. Aylanayotgan shnek granulani oldinga qarab 2 va 3 zonalarga
suradi. Buning natijasida granula oquvchan holatga o‘tadi va formani (halqasimon tirqish) kallakni to‘ldiradi. Kallakda suyuqlanma dorna tufayli
perimetr bo‘yicha tarqaladi va formadan chiqishda silindr shakliga ega bo‘ladi (qopcha yoki “yeng” shaklida). Suyuqlanmaga turg'un forma berish
uchun uni tashqi tomondan havo yordamida sovutiladi. Qotish momenti “yeng”ni xiralashuvi paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. YA’ni kristallanish
chegarasi (agar kristallanuvchi polimer bo‘lsa, unda kristallizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi). Ekstrudat “yeng” uzunasiga maxsus valiklar yordamida
tortiladi va shu bilan bir qatorda “yeng” ichidagi havo yordamida puflanadi. “yeng” ichiga havo vaqti-vaqti bilan berilib turiladi. CHunki havo
diffuziya va utechka tufayli “yeng” ichida kamayishi mumkin.
Keyin plyonka barabanga o‘raladi yoki ikki tomondan qirqiladi. Qirkilgan “yeng”ning chetlari qayta ishlanadi va granula holiga keltirilib,
ishlatilayotgan toza granulaga qo‘shiladi.
Plyonka ishlab chiqarishda uzun shnekli ekstruderlar qo‘llaniladi.
Bunaqa ekstruderni
qo‘llashdan maqsad, suyuqlanmada pulsatsiya (tepib turish) ni yo‘qotishdir. Qo‘llaniladigan
ekstruderlarning ko‘rsatkichi L/D=20-25; D=20-90 mm. Tortib olingan plyonkani qalinligi 10 dan to
300 mkm gacha bo‘lishi mumkin. Qalinligini o‘zgaruvchanligi +10%.
Qolipning asosiy xarakteristikasi – suyuqlanmani oqishiga qarshilik ko‘rsatish koeffitsenti.
Qolipdan oldin quyilgan suyuqlanmani filtrlash setkasining ishlash qobiliyati bosimning o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Agar setkaning qarshiligi
ko‘paysa (ifloslanishi tufayli), unda uni almashtirish lozim.
Umumiy qilib aytilganda, ekstruderning ishlash qobiliyati unumdorligi talab qilinayotgan moshnostga nisbati bilan aniqlanadi.
Hozirgi zamon ekstruderlarida shunday jihozlar o‘rnatilganki, ular tufayli zonalar bo‘ylab
haroratni nazorat qilish va avtomatik ravishda uni regulirovka qilish;
suyuqlanma bosimini
setkagacha va undan keyin nazorat qilish; ekstrudat va plyonkaning qalinligini nazorat qilish; shnekni
aylanish chastotasini nazorat qilish; avtomatik ravishda havoni “yeng” ichiga
berish va boshqalarni
amalga oshirish mumkin.
Bir xil qalinlikka ega bo‘lgan plyonka olishda siqilgan havoni bir tekis va o‘zgarmas bosim
ostida yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.
Plyonkaning qalinligi va kengligi “yeng” ichiga havoni ko‘p yoki oz puflash yo‘li
bilan
boshqarib turiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, “yeng ” puflash darajasi 250-300%dan oshmasligi
yoki boshqacha qilib aytganda, puflangan “yeng”ning diametri halqasimon tirqish diametridan 2,5-3
marta ko‘p bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi.
SHu shartga rioya qilinganda puflangan plyonka qalinligi
mashinaning bosh qismidagi
halqasimon tirqishdan chiqayotgan parda qalinligidan taxminan 9-10 marta kichik bo‘ladi.
Bu usul bilan PE, PP, PS, PA va boshqalardan plyonka olish mumkin. Polietilenning yuqori
qovushqoqlik ko‘rsatkichi PTR ga ega bo‘lgan markalaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichga ega
bo‘lgan polietilen “yeng”i turg'un bo‘ladi, uni kallakdan tortib olish imkoniyatini beradi.
Undan tashqari polietilenni oldindan quritish lozim, chunki namligi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Texnologik jarayonning to‘g'ri borishi uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish kerak:
Siqish darajasiga (stepen sjatiya)
—
bu ko‘rsatkich granula tushayotgan vint kanali hajmining
(V
z
) dozirovka zonasi kanalining hajmiga (V
d
) nisbatan olinadi va quyidagicha ifodalanadi:
K
c
= V
z
/V
d
Puflash koeffitsenti plyonka “yeng”i diametrining (D
e
) dorna diametriga (D
d
) nisbati bo‘yicha
aniqlanadi:
K
r
= D
e
/D
d
Tortish (v
ыtyajka) koeffitsenti plyonkaning harakat tezligining (V
p
)
ekstrudatning harakat
tezligiga (V
e
) nisbati, ya’ni ekstrudatning kallakdan chiqish tezligi orqali topiladi:
K
v
= V
p
/V
e
Plyonkaning qalinligini quyidagicha hisoblash mumkin:
B
pl
= B
e
/K
r
K
v
Bu yerda:
B
e
— ekstrudatning qalinligi;
K
r
— puflash darajasi;
K
v
— tortish darajasi.
59
Plyonkalarni polimer materiallarning hossalariga qarab (qattiqligi, termik turg'unligi) har xil
usullar bilan olish mumkin. Eni, usulga qarab polietilendan
olingan plyonka
Do'stlaringiz bilan baham: