Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Download 2,39 Mb.
bet28/41
Sana28.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#587338
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
dinshunoslik

PRAVOSLAVLAR - xristianlikda, katolik cherkovi bilan bir vaqtda pravoslavie yo’nalishi vujudga kelgan. Pravoslavie Fapbiy Rim imperiyasidagidan keskin farq qiladigan ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitda rivojlangan. Vizantiyada markazlashgan davlat hokimiyatining kuchli boshqaruv tizimi Fapbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin yana uzoq vaqt davomida saqlanib kelgan. Davlatga imperator rahbarlik qilgan. Imperator cheklanmagan xokimiyatga ega bo’lib, unga Konstantinopol cherkovi ham bo’ysungan. Cherkov davlat apparatining tarkibiy qismiga aylantirilgan va u imperiya manfaatlariga xizmat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasi hududida qadimgi madaniy markazlarning mavjudligi Konstantinopol cherkovidan mustaqil cherkovlarning ajralib chiqishiga shart-sharoit yaratgan. Ill—IV asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi xududida Konstantinopol cherkovidan tashqari, Aleksandriya (Misr) Antioxiya (Suriya), Ierusalim (Isroil) kabi mustaqil cherkovlar paydo bo’lgan va undagi bo’linish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etgan.
Sharqiy Rim (Vizantiya)da mustaqil cherkovlarning mayjudligi bu erda aslo diniy-siyosiy markaz yo’qligini anglatmaydi. XI asrgacha Vizantiya imperiyasi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo’lgan. Konstantinopol cherkovi imperiya xududidagi mustaqil cherkovlarni vaqtinchalik bo’ysundirib, xristianlikning markaziga da’vogarlik qilib, Rim papasiga qarshi kurash olib borgan.
Sharqiy cherkov rasman grek-kafolik cherkovi deb atalgan. «Cherkov» atamasiga «kafolik» so’zining qo’shib ishlatilishidan, uning o’z e’tiqodini katolitsizm kabi jahon diniga aylantirishga intilganligini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sharqiy Rim imperiyasidagi vaziyat tamoman boshqacha bo’lgan. Keyinchalik islom davlatlarining qattiq siquvi imperiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan. Birin-ketin unga bo’ysundirilgan cherkovlar yana mustaqilligini tiklab olgan.
Hozirgi davrda 15 ta avtokefal (grekcha - autox o’zim kephale — boshman, ya’ni mustaqil degan ma’nolarni anglatadi) pravoslav cherkovi mavjud. Bular - Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya, Livan) Ierusalim (Isroil), Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Volga Kipr, Ellada, Alban, Polyak, CHexiya va Amerika cherkovlaridir. Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi Sinay Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX asrning oxirlarida, Sharqiy Evropadagi siyosiy jarayonlar sababli, avtokefal cherkovlarning soni yanada ortdi. Bu cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko’rsatadilar va zamonning dolzarb muammolariga turlicha munosabat bildiradilar.
Pravoslavie ko’plab avtokefal cherkovlardan tashkil topgan bo’lsa ham, Konstantinopol cherkovi uning markazi maqomini saqlab qoldi. Shunga binoan, Konstantinopol patriarxi rasman jahon pravoslavie cherkovining boshlig’i hisoblanadi. Konstantinopol patriarxi avtokefal cherkovlarning ichki va tashqi ishlariga aralashish huquqiga ega emas. Avtokefal cherkovlarning e’tiqod va amal masalalaridagi mustaqilligi ularni tashkil etgan markaz (Konstantinopol cherkovi) bilan tuzilgan o’zaro bitimda belgilangan. Avtokefal cherkov tarkibidagi avtonom cherkov boshliqlari mahalliy cherkov yig’inida saylanadi va avtokefal cherkov patriarxining tasiridan o’tadi.
Avtokefal cherkovlar ekzarxat (grekcha exarhos boshliq, rahbar degan ma’nolarni anglatadi, viloyat cherkovi, unga episkop rahbarlik kiladi), eparxiya (cherkovning ma’muriy okrugi, unga arxierey rahbarlik qiladi) hamda blagochinielarga (eparxiyaning tumanlari, unga katta pop rahbarlik qiladi) bo’linadi. Pravoslaviening quyi diniy ma’muriy birligi qavm deb ataladi. Qavmlar cherkov, butxona xodimlari va dindorlar jamoasidan iborat. Diniy tashkilotlar ierarxiya, ya’ni
kuyi tashkilotlaming yuqori tashkilotlarga bo’ysu-nishi va hisob berishi prinsipi asosida boshqariladi.
Bu prinsip ruhoniylar darajasida ham amal qiladi. Unga ko’ra, kichik martabali ruhoniylar yuqori martabali ruhoniylarga bo’ysunishlari kerak. Ruhoniylar darajasi bilan birga uylangani (OQ) va uylanmaganiga (qora, rohiblikni tanlagan) qarab ham ajratiladi. Diniy tashkilotlar uchun mutaxassislar va rahbar kadrlar asosan rohiblar orasidan tanlanadi.
Pravoslavie cherkovlari diniy ta’limot, marosim va aqidalar masalasida bir- biridan farq qilmayli. Diniy ta’limot asosini «e’tiqod ramzi» tashkil etali. «Etiqod ramzi» 12 paragrafdan iborat bo’lib, unda diniy ta’limotning asosiy aqidalari:
xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo va insonga munosabati, xudoning yagona, lekin uch qiyofada ekanligi, o’z qiyofasini o’zgartirishi, odamlar gunohini o’z zimmasiga olishi, o’lib kayta tirilishi, ohirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan.
Pravoslavie ta’limotiga ko’ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo, O’g’il xudo va Muqaddas Ruh, Xudoning qiyofalari teng va bir-biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.





Pravoslav xristianlar birinchi insonlar — Adam va Eva sodir etgan dastlabki gunoh, o’g’il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug’ilganligi, odamlar gunohini o’limi bilan o’z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o’liklarni qayta so’roq qilish uchun erga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni ko’rishiga ishonadilar. SHuningdek, pravoslaviyada ham jannat va do’zax, ruhning abadiyligi, cherkovning xudo va odamlar o’rtasidagi vositachilik vazifasini bajarishi to’g’risidagi ta’limotlar mavjud.
Har bir diining o’z marosimlari bo’lganidek, pravoslaviyada etti sirli marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o’qishlari bilan ob’ektga odamning ko’ziga ko’rinmaydigan xudoning marhamati o’tadi.
Sirli marosimlar quyidagilardan iborat:

  1. cho’qintirish marosimi


  2. Download 2,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish