Qur’on suralarida oxirat kunining boshlanishi bilan bogʻliq dahshatli hodisalar, barchaning halok boʻlishi, keyin odamlarning tirilishi, oʻrindan turishi, birma-bir soʻroq qilinib,
Qur’on suralarida oxirat kunining boshlanishi bilan bogʻliq dahshatli hodisalar, barchaning halok boʻlishi, keyin odamlarning tirilishi, oʻrindan turishi, birma-bir soʻroq qilinib, savob va gunohlar oʻlchanishi, shunga qarab odamlarning jannat yoki doʻzaxga kiritilishi, doʻzax azoblari va jannat rohatlari va hokazolar bayon etilgan.
Jannat va do‘zax 1. Jannat (arab. – bogʻ, bo‘ston, uch moh; fors. –
behisht; dor us -salom, dor ulbaqo, dor ul -oxir, dor ul -muqoma, dor ul - muttaqin, bogʻi eram, firdavs, illiyun va boshqa.) – taqvodor insonlar narigi dunyoda rohat va farogʻatda yashaydigan joy. Qur'onda jannat haqida bir necha yerda bayon qilingan (47: 15 -55, 46 -78; 76:11-12). Islom dini aqidasi bo‘yi cha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shugʻullangan kishilarga Alloh tomonidan ja nnatdan joy beriladi. Jannatda hayot abadiy bezavoldir. Jannatdagilarni Alloh turli ne'matlar bilan ta'minlaydi. U yerda gʻam -gʻussa va tashvish yo‘q. Odamlarning yaxshi ko‘rgan barcha narsasi muhayyo etiladi, hatto juftlari ham birga bo‘ladi. Qur'onda jan nat daraxtlar ostidagi ariqlardan zilol suvlar oqib turadi, deb ta'riflanadi. U yerda insonlar qarimaydi va kasal ham bo‘lmaydi. Jannatda havzi Kavsar mavjud bo‘lib, uning xislatlari ta'riflanadi. Havzi Kafsardan jannat ahli suv ichadi. Jannatning 8 eshigi bor deb yuritiladi. Bular: 1) paygʻambarlar, shahidlar, siddiq bandalar va saxiylar; 2) namozxonlar; 3) zakot beruvchilar; 4) amri ma'ruf, nahiy munkar qilgan mo‘minlar; 5) nafsu shahvatini jilovlab yurganlar; 6) haj va umra qilganlar; 7) Alloh yo‘lida jiddu jahd qilganlar; 8) taqvodor va ota-onasini rozi qilganlar va ro‘zadorlar kiradigan darvozalardir. Jannatni qo‘riqlovchi farishta “Rizvoni jannat” deb ataladi. Jannatda eng oliy ne'mat – Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi. 2. Do‘zax (fors.; arab. – nor, jahannam, jahim, saqar; turkiy tilda – tamugʻ) – din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Islom dinidagi asosiy tushunchalardan biri. Qur'onda do‘zax haqida bir necha o‘rinda ta'kidlab o‘tilgan (6: 128; 11: 106, 107). Do‘zax Alloh kofirlar va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Diniy tasavvurga ko‘ra, do‘zax dahshatli chuqurlik, ichida olov yonib turadi. Do‘zaxga mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichida, u yerda o‘sadigan zaqqum daraxtining (shayton boshiga o‘xshagan) mevasi bilan ovqatlanadi, cheksiz azob chekadi, terilari kuyadi, Qur'onda shunday ta'kidlanadi: “Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz” (4:56). Do‘zax azoblaridan yana biri achishtiruvchi sovuqdir. Do‘zax bir necha tabaqadan iborat bo‘lib, har bir gunohkor o‘z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Islom diniga ko‘ra do‘zaxning 7 darvozasi bor: 1) hoviya – eng chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga munofiqlar, Fir'avnga o‘xshagan kofirlar kiradi; 2) jahim – mushriklar; 3) saqar – dindan qaytgan murtadlar; 4) Lazo – shayton – iblis, uning do‘stlari va majuslar; 5) xutama – Allohning amriga bo‘ysunmagan kofir kimsalar; 6) sair – Allohga shirk keltirgan nasroniylar; 7) jahannam – gunohi kabiralar qilib, tavbasiz o‘tgan musulmonlar kiradigan darvozalardir. Do‘zaxni qo‘riqlovchi farishta Moliki do‘zax deb ataladi. Qalbida Allohga iymoni bo‘lgan bandalar do‘zaxda ma'lum vaqt azob tortganlaridan so‘ng o‘sha imonlari sharofati bilan do‘zaxdan chiqarilib, jannatga kiritiladi. Faqir-fuqaro, yetim-yesirlarga rahm-shavqat qilish, musulmonlar va inson bolasining ogʻirini yengil qilish ko‘plab bandalarning do‘zaxdan ozod etilishi uchun sabab bo‘ladi. Ammo imonsiz kishilar, kofir va mushriklar