Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir



Download 357,73 Kb.
bet31/79
Sana02.06.2022
Hajmi357,73 Kb.
#629793
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Do-fayllar.org

Nazorat savollari
1. Suyuq dorilarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlash og‘irlik usulida tayyorlashdan qanday farq qiladi? 

2. O‘lchov kolbasi bo‘lmaganda konsentrlangan eritmalar qanday tayyorlanadi?


3. Hajm oshish koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi? 
4. Nima uchun konsentrlangan eritmalar aseptik sharoitda tayyorlanadi?
5. Agar tayyorlangan konsentrlangan eritma quvvati keragidan yuqori bo‘lib chiqsa, uni suyultirish uchun kerak bo‘ladigan 
suv miqdori qanday hisoblanadi?
6. Agar tayyorlangan konsentrlangan eritma quvvati keragidan kam bo‘lib chiqsa, uni quyultirish uchun kerak bo‘ladigan 
dorivor modda miqdori qanday hisoblanadi?
7. Agar mikstura tarkibiga 3% dan ko‘p quruq modda kirsa, uni qanday qilib tayyorlanadi? 
8. Agar mikstura tarkibiga 3% gacha quruq modda qo‘shilsa, uni qanday qilib tayyorlanadi?
9. Mikstura tarkibiga nastoyka, suyuq ekstrakt, sharbat, novogalen preparatlari va boshqa suyuqliklar qanday 

tartibda qo‘shiladi? 


10. Qand sharbatini dozalashning o‘ziga xosligi nimadan iborat?


SUVSIZ ERIТMALARNI ТAYYORLASH. SТANDARТ ERIТMALARNI SUYULТIRISH 
ТOPSHIRIQ: 

1.Eritma tayyorlash: 


a) uchuvchan erituvchilarda;
b) uchmaydigan erituvchilarda. 
2.Standart eritmalarni suyultirish bo‘yicha hisoblashlarni bajarish:


a) shartli nom bo‘yicha hisoblash;


b) kimyoviy nom bo‘yicha hisoblash.

Suvsiz eritmalar 
Dorilar texnologiyasida suvli eritmalardan tashqari spirtli, glitserinli, moyli, silikonli va hokazo eritmalar 

uchraydi. Ko‘pincha ular sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi. Suvsiz erituvchilar 2 guruhga bo‘linadi:



1. Uchuvchan (etanol, xloroform, efir, benzin, skipidar). 

2. Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar: o‘simlik moylari, vazelin moyi (suyuq parafin), glitserin.
Uchuvchan erituvchilar bilan eritma tayyorlaganda qizdirish, filtrlash, suzish kabi texnologik bosqichlardan voz 
kechish lozim, chunki bunda erituvchining uchib ketish ehtimoli bo‘ladi. Efir, benzin, etanol yong‘indan xavflidir.
Bu eritmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan, og‘zi zich yopiladigan shisha idishlarda tayyorlanadi. Suvli 
eritmalardan farqli o‘laroq suvsiz eritma tayyorlashda avval idishga eritiladigan modda, so‘ngra erituvchi solinadi.
Idish quruq bo‘lishi shart. Bu eritmalarni filtrlash zarur bo‘lgan taqdirda voronka ustiga shisha plastinka yopib turib 
filtrlash kerak. Agar etanolning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 90% li etanol ishlatiladi (hajm foizda).
Bundan quyidagilar mustasno: 
5—10% li yod eritmasi (X DF), 1—2% li yod eritmasi, 1,5% li vodorod peroksid eritmasi, 1% li sitral eritmasi
— 96% li etanolda; 1—2% salisil kislotasi va 0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda; 1—
2% li brilliant yashili va 1% li metilen ko‘ki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi (O‘z RSSV ning 2002-yil 29-
dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i). 
Etanol eritmalari og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi.
Rr: Acidi borici 0,3 

Sp. aethylici 70% — 10 ml


M.D.S. Sirtga ishlatish uchun. 
Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni 

tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°C) solib isitish mumkin.


Ba’zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin:
X = V Ѕ B 
A

Masalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak. 


X = 50 Ѕ 70 = 36,8 ml.

95
Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. O‘lchov silindri 


bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.


Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida 
qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.
Rr: Mentholi 0,2 
Ol. Vaselini 20,0
M.D.S. Sirtga ishlatish uchun. 
Quruq flakonga 0,2 g mentol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 20 g vazelin moyi solinadi. 

Og‘zi berkitilgan idishdagi aralashmani suv hammomida 70—80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to‘liq eriydi.


Rr: Natrii tetraboratis 20,0 

Glycerini 80,0


M.D.S. Og‘izning shilliq pardalarini artish uchun. 

Quruq flakonga 20 g natriy tetraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin


solinadi. Idishning og‘zi berkitilib, natriy tetraborat erib ketguncha suv hammomida qizdiriladi. Тegishli yorliq 
yopishtiriladi.


Download 357,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish