O’lat qo’zg’atuvchisini diagnostikasidagi jadal usullar.
1. Immunoflyuoressent usul qo’zg’atuvchini turli patologik materiallarda, atrof muhit ob’ektlarida, ektoparazitlarda borligini 2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. Bu maqsadda, turga xos o’latga qarshi atitelalar flyuoressent moddalar bilan nishonlanadi. Materialda o’lat qo’zg’atuvchisi bo’lsa nishonlangan AT unga birikib lyuminesent mikroskopda yashil nur tarqatadi.
2. Tekshirilayotgan materialda o’lat qo’zg’atuvchisi borligini, qo’zg’atuvchini AT si yuklatilgan eritrositar diagnostikumlar bilan PGAR orqali ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari oxirgi yillarda antitelolarni neytrolizasiya reaksiyasi (ANR), IFA va I. restis ni o’sishini tezlashtiruvchi oziqli muhitlardan diagnostikada foydalanilmoqda.
Laboratoriya tekshirishida chumaga qarshi kostyum kiyib, maxsus instruksiya asosida quyidagi materiallar olinadi: yaradan, bubondan olingan suyuqlik, yiring, o‘pkadan balg‘am, ichakdan olingan material yoki najas, septik formasida qon olib tekshiriladi. Mikroskopik usulda surtma tayyorlab, Gram usulida yoki metil ko‘ki bilan bo‘yaladi. Mikroskop ostida ikki qutblari yaxshi bo‘yalgan tuxumsimon shakldagi bakteriyalar ko‘rinadi.
Mikrobiologik usulda olingan material oziqli muhitga ekilib, toza kulturasi ajratiladi, chuma bakteriofagi bilan lizis bo‘lishi aniqlanadi.
Biologik usulda – dengiz cho‘chqasining yungi olingan terisiga tekshiruv materiali ishqalanadi. Ular 3-5 kun ichida kasallanib o‘ladi; ularning ichki a’zolaridan toza kulturasi ajratiladi.
Davolashda streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.
Profilaktikasi – maxsus chumaga qarshi stansiyalar otryadlari kasallangan kemiruvchilarga qarshi ishlar olib boradi. Hozirgi vaqtda chuma qo‘zg‘atuvchisining tirik EV – vaksinasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u teri ostiga yuboriladi. 1 yilgacha immunitet qoladi.
Sibir yarasi (kuydirgi) qo‘zg‘atuvchilari –Bacillaceae oilasiga Bacillus avlodiga mansub bo’lib, Bac.anthracis deb nomlanadi. Shakli tayoqchasimon, ikki uchlari qirqilgan, zanjircha shaklida joylashadi; Markaziy spora va kapsula hosi qiladi, harakatsiz GPAda medo‘za boshiga o‘xshash ipsimon g‘adir-budir koloniya hosil qiladi. GPBda paxta parchasiga o‘xshash cho‘kma hosil qiladi. GPJni to‘ntarilgan archaga o‘xshab parchalaydi.
Kuydirgi tayoqchasi sporalari tuproqda o‘zoq vaqt saqlanadi. Tabiiy sharoitda o‘txo‘r hayvonlar kasallanadi; ulardan go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlari orqali, hamda kontaktda bo‘lganda yuqadi. Ko‘pincha chorvadorlar, zooveterenarlar, qassoblar kasallanadi. Kasallikning teri, o‘pka, ichak va septik formalari bo‘ladi.
Tekshirish uchun kasallardan karbunkul suyuqligi, balg‘am, najas va qon olinadi. Tekshirish maxsus reglament asosida olib boriladi; ehtiyot choralari ko‘riladi. Tekshiruv materialidan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi. Surtmada zanjircha shaklida joylashgan tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi.
Bakteriologik usulda material oziqli muhitlarga ekiladi, toza kulturasi ajratilib, identifikatsiya qilinadi. Biologik usuda material oq sichqonlarga yuborilib tekshiriladi. Allergik usulda teri ichiga «antraksin» yuboriladi, infiltrat va qizarish bo‘ladi. Teri va junda kuydirgi sporalarini aniqlash uchun Askoli pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi (2 – mashg‘ulotga qarang).
Davolash uchun antibiotiklar, sibir yarasiga qarshi gammaglobo‘lin va boshqa dorilar ishlatiladi. Maxsus profilaktikasida tirik kuchsizlantirilgan STI vaksinasi ishlatiladi. O‘lgan hayvonlar kuydiriladi, kamida 2-3 metr chuqurlikda dizenfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov berib ko‘miladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |