Patogenezi va klinikasi. Odam organizmida brusellalar shilliq pardalarva teri orqali, bularda ko’zga ko’rinarli yara – chaqalar bo;lmasa ham kiradi. Limfa oqimi bilan ular regionar limfa tugunlariga etib keladi va bularda o’sha tugunlarning teriga yopishmay turadigan paketlar ko’rinishida kattalashib ketishiga sabab bo’ladigan yallig’lanish prossesini keltirib chiqaradi. Limfa tugunlarida mikroblar qonga o’tib, butun organizmga tarqaladi va ko’mik, jigar, buyrak, taloq, o’pka, tuxumdon, bachadon va boshqa organlarda o’choqlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |