Tayanch iboralar: O‘lat. Sibir yarasi (kuydirgi). Brutsellez
Zoonoz infeksiya qo’zg’atuvchilari
Zoonoz (zoonosis – yunoncha so’z bo’lib, zoon- hayvon; nosis-kasallik) yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlar ham bu kasalliklarga beriluvchan hisoblanadi. Bu qo’zg’atuvchilar har xil oila, avlodlarga mansubdir: tounni Yersinia pestis, tulyaremiyani — Francisella tularensis, brusellyozni — Brucella abortus, Br.melitensis, Br.suis, kuydirgini —Vas. anthracis keltirib chiqaradi. Bundan tashqari zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilariga leptospirozlar, sariq istima (jeltaya lixoradka), yaщur (manqa) va ko’plab kasallik qo’zg’atuvchilari kiradi. Tabiiy sharoitda kasallik manbasi hayvonlar hisoblanadi va hayvonlar o’rtasida epizootiya ko‘zatiladi. Odamdan odamga kasallik o’tmaydi, ma’lum sharoitlarni hisobga olmaganda (masalan, o’latni o’pka formasida, sariq istimada), odam kasallik manbasi bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan bakteriyalar kuchli virulentliligi bilan farq qiladi va o’ta xavfli yuqumli kasallikni avj oldiradi. Shuning uchun ushbu bakteriyalar bilan bog’liq bo’lgan bakteriologik ishlar xafsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Zoonoz yuqumli kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida bakterioskopik, bakterologik, serologik usullar, hamda biologik sinamalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, teri-allergik sinama ham qo’yiladi.
O‘lat (toun) qo‘zg‘atuvchisini A.Iersen 1894 yilda topgan. Uning shakli tuxumsimon bo‘lib, kattaligi 1-2 mk keladi, ikki uchlari yaxshi bo‘yaladi. Spora va xivchinlari yo‘q; qonli qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi va kapsula hosil qiladi. Koloniyasi to‘qilgan ro‘molchaga o‘xshash bo‘ladi (R - koloniyasi). GPBda parda va stalaktitga o‘xshash osilgan ipchalar shaklida o‘sadi. Kuchli ekzotoksin («sichqon zahari») va agressiv fermentlar ishlab chiqaradi.
O‘zbekistonda chumaning tabiiy manbalari bor: cho‘lda yashovchi kemiruvchilar, kalamushlar, yumronqoziqlar, dala sichqonlari, qo‘sh oyoqlar, sug‘urlar va h.k. Burgalar kasallikni doimo tabiatda kemiruvchilar orasida tarkalishiga sabab bo‘ladi. Odam bu kasallikka juda ham moyildir. Tabiiy sharoitda tuyalar, mushuklar ham kasallanadi. Agar zararlangan burgalar chaqsa, odamda teri-bubonli formasi kelib chiqadi; nafas yo‘llari orqali o‘pka formasi, og‘iz orqali ichak formasi, qonga tushganda septik formasi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |