Toksin xosil qilishi. Botulizm qo’zg’atuvchilarining xamma tiplari biologic yo’l bilan paydo boladigan barcha malum zaharlardan eng kuchli zaharni ishlab chiqaradi.
Potogenezi va klinikasi. Bu kasallik botulism qo’zg’atuvchilari yoki toksini yuqib qolgan ovqat istemol qilinganda boshlanadi va tabiatan mikroblarga aloqador tipik intoksikatsiya, yani zaharlanishdan iborat bo’ladi. Odam to’ksinga juda sezgirdir. Toksin medada so’riladi va qon bilan butun organizmga tarqalib, markaziy nerv sistemasini shikaslantiradi. Zaharlanishning dastlabki simptomlari odatda 12-24 soatdan keyin paydo bo’ladi. Bosh miyya nervlarining yadrolariga toksin tasir qilish natijasida bemorda ko’z soqqasi muskullari parezga uchrab, til va halqum muskullari falaj bo’lib qoladi, nutq va eshituv ayniydi. Temperaturasi ko’tarilmaydi, tomir urushi tezlashib ketadi. O’lim hollari 15% dan 70% gacha boradi. Odam nafasi yoki yuragi falajlanishidan o’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |