Komplementlarni bogʼlash reaktsiyasi ( RSK ). Bu reaktsiya murakkab serologik reaktsiyalar sirasiga kiradi: unda komplement va antigen va antiteloning ikki sistemasi ishtirok etadi. Birinchi sistema, yuqorida koʼrib oʼtilgan serologik reaktsiyalar taʼrifida aytib oʼtilganidek spetsifik hisoblanadi. Ikkinchi sistema esa qoʼy eritrotsitlari va unga mos keladigan gemolitik zardobdan tayyorlanadi. U gemolitik deb ataladi va antigen–antitelo ( birinchi sistema ) bilan komplementlarning kompleksini hosil qiluvchi indikator hisoblanadi. Gemolitik sistemaga komplementning qoʼshilishi natijasida eritrotsitlar erib, lizis hosil boʼladi. Аgar komplement spetsifik sistema bilan bogʼlangan boʼlsa, gemoliz hodisasi roʼy bermaydi.
Jadval.
RSK ni amalda koʼrsatish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |