O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair.
O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiralilar, chunki ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o‘simlik tanasini zararlab, noyob o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu o‘simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan bo‘lib, taro‘alishi o‘simlikning o‘sish zonasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali tarqalishi mumkin.
Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma’lum bir geografik zonada tarqalish holatiga aytiladi.
O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo‘lib, ular tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar ko‘pchilik turlarini tashkil etadi. Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning asosiy ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsili va uglevodlar hisoblanadi, ular kraxmalni gidroliz qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari tuproqda o‘zoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli hisoblanadi. Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga quyidagi turlar kiradi:
Ervinii
Psevdomanus
Corinobacteria
Acvobacteria
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lib, quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga, dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga, dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta’sir vaqtiga), saqlanish usuliga,dorixonalarning sanitar-gigiyenik holatiga.
Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin:
O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijasida, butun tanasiga jarohatlanishi, bunda o‘simlik halok bo‘ladi.
O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh).
O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil turlari bo`lishi mumkin:
Qatron yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni zamburug‘lar, bakteriyalar chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga ignabargliklar va yaproq bargiga ta’sirchan bo‘ladi.
Chirish protsess bilan boruvchi kasalliklar.
Chirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning ba’zi to‘qimalari bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi.
Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar ko‘payishi natijasida kesib chiqadi.
4,1-rasm
Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va quriydi.
Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, mevalari bakteriya ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‘p uchraydi.
Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi.
SHish hosil bo‘lishi. Bo‘lar qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, o‘simliklarda shish hosil qiladi.
Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi kabi xolatlarini chiqarishi mumkin.
O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida bo‘lmay, balki simbioz natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi kasallik o‘limga olib keladi.
4,2-rasm
Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga mikorida hosil qiluvchi zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y. Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar va tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi.
Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va ko‘z oylarida kamroq bo‘ladi.
O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |