1.8. Mikroorganizmlarning nafas olishi va oziqlanishi
Mikrob xujayrasiga kirayotgan oziq moddalar transformatsiyalanadi, so`ng sitoplazma, xujayra devori, bacterial nukleoid tarkibiy qismlarga so`riladi. Xujayra tomonidan uglevodlar, yog`lar, aminokislotalar, oqsillarning sintezi energiya yutilishi bilan kechadi - bu endotermik reaksiyalar xisoblanadi. Bu bilan birgalikda xujayra sitoplazmasida doimiy ravishda energiya ajratuvchi protsesslar sodir bo`lishi kerak.
Energiya nafaqat sintez uchun, balki ko`payish, spora xosil qilish, xarakatlanish va boshqa protsesslarga lozim bo`ladi.
Nafas olish yoki biologik oksidlanish deganda xayotiy zarur energiyani bioximik protsesslar natijasida xosil bo‘lishi tushuniladi.
Yuqorida rivojlangan xayvonlarda nafas olish protsessi bir xil kechadi: qondagi gemoglabin kislorodni yutib, qon bilan barcha organ va to`qimalariga tarqatadi, so`ng oksidlanish protsesslari natijasida oxirgi maxsulot sifatida CO2 xosil bo`ladi. Mikrob xujayrasi kichik o`lchamiga ega bo`lishiga qaramay nafas olishning xilma-xilligi bilan farqlanadi.
Nafas olish turiga qarab bakteriyalar ikkita asosiy gruppalarga bo`linadi:
Aeroblar, faqat molekulalar kislorod bor joyda rivojlanadi.
Anaerobalar, faqat kislorodsiz muxitda rivojlana oladi.
2,5-rasm
Oraliq gruppani 3 fakultativ anaerobalar deb ataluvchi xam kislorodli xam kislorodsiz muxitda rivojlana oladigan mikroblar tashkil etadi. Anaerobalar bakteriyalar nafas olishni u yoki bu birikmalarni oksidlash bilan amalga oshiradi va kislorodni tugridan-tugri xavodan oladi. Autotroflar anorganik, geterotroflar esa organik birikmalarni oksidlaydi. Kislorod etishmay kolsa ba’zi mikroblarning rivojlanishi xam tuxtaydi. Masalan, vabo vibrioni, sil, ulat tayokchalari.
Anaerob mikroblar energiyani organik va neorganik birikmalarning parchalanishi natijasida oladi. Organik birikmalarning parchalanishiga bijigish va ajish protsesslarini kiritish mumkin.
Aerob nafas olishga nisbatan anaerobli nafas olishda ko‘p mikdorda energiya xosil bo‘ladi. Masalan, aerobli nafas olishda bir molekula glyukozaning oksidlanishi 674 kaloriya issiklik energiya ajralishi bilan kechadi, anaerobli nafas olishda esa shuncha
mikdordagi energiyami xosil kilish uchun 37 molekula glyukozani sarflapppga tugri keladi2.
Patogen anaeroblarga - kislorodsiz kokshol, batulizm, gazli gangrena ko‘zgatuvchilari kiradi.
Muxitda molekulyar kislorodning bo‘lishi anaerobning vegetativ formalariga letal ta’sir kursatadi. Ba’zi olimlar fikriga kura, molekulyar kislorod ipggirokida oksidlanish protsesslari sitoplazmatik yad xisoblangan vodorod peroksidningЩgOg) xosil bo‘lishiga olib keladi. Aeroblar katalaza fermenta ajratadi, bu ferment vodorod peroksidni parchalab zararsizlantiradi. Anaerob bakteriyalar esa katalizalar ishlab chikmaydi.
Bundan tashkari, kislorod xayotiy fermentlarni inaktivatsiyalaydi. Natijada anaeroblarni normal oziqlanishi bo‘zilib, ular ochlikdan xalok bo`ladi. Nafas olish mexanizmlarini o`rganishda bir qancha nazariyalar oldinga surilgan.
Xozirgi vaqtda aniqlanganki, nafas olishning birinchi bosqichi degidrogenaza fermentlari ta’siri ostida vodorodning aktivlanishidan iborat. Xam aerob xam anaerob nafas olishda bu fermentlar vodorodni substrat yoki boshlangich akseptordan olib, uni sunggi akseptorga beradi. Aerob nafas olishda vodorodning oxirgi akseptori bo`lib, atmosfera kislorodi xisoblanadi. Anaerobli nafas olishda esa - turli birikmalar, energiya manbai va parchalanish maxsulotlari xizmat qiladi.
Fakultativ anaeroblar gruppasiga kislorod bor joyda yaxshi rivojlanadigan, lekin shartli anaerob xisoblanadigan xamda anaeroblarga taaluqli, lekin kislorod miqdori kam joyda yaxshi rivojlanuvchi, ya’ni shartli aerob xisoblanadigan bakteriyalar mavjud.
Patogen bakteriyalar asosan aeroblarga kirib, fakultativ anaeroblar xisoblanadi.
YUqumli kasalliklar diagnostikasida vaksinalar tayyorlash, antibiotiklar olish va boshqa su’niy o`stirish - mikroblarni kulturalashtirish zaruriyati vujudga keladi. Bu maqsadda ozuqa muxitlari tayyorlanadi. Bu ozuqa muxitdarni tayyorlashga va mikroblarni kulturalashda ayni turdagi mikrobning barcha xossalari - oziqlanish tipi, nafas olish tipi va boshqalar nazarda tutiladi.
Mikroorganizmlarning o`sishi va yashab turishi uchun ular yashaydigan muhitda turli xujayra komponentlarining tuzilshi uchun oziq materiallar va yaroqli energiya manbalari bo`lishi kerak. Ovqatga muhtojlik barcha tirik organizmlar uchun umumiy bir hodisadir.
Uglerod va azot manbalarining xarakteriga qarab mikroorganizmlar autotroflar bilan geterotroflarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |