Chaqaloqlarning passiv immuniteti – ham immunitetning tabiiy shakli hisoblanadi. U antitelolar deb ataladigan alohida moddalarning ona organizmidan planseta orqali qorindagi bolaga yoki ona suti orqali chaqaloqqa o‘tishiga bog‘liq.
Sun’niy immunitet. Infeksion kasallik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday immunitet organizmda sun’iy yo‘l bilan yaratiladi, shuningdek infeksion kasallikka davo qilishda undan foydalaniladi. Su – n’iy immunitetning aktiv va passiv shakllari tafovut qilinadi.
Aktiv sun’iy immunitet odamda o‘ldirilgan yoki zaiflashtirilgan mikroblardan olinadigan preparatlar ( vaksinalar ) ni yoki qo‘zg‘atuvchilar –ning zararsizlantirilgan toksinlaridan olingan preparatlar (anatoksin – lar) ni unga yuborish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Passiv sun’iy immunitet odam organizmiga immun antitelolar deb ataladigan maxsus himoya vositalari yuborilganda hosil bo‘ladi.
Organizmga tushgan mikroorganizmlarning hammasi ham infeksion kasallik qo‘zg‘amaydi. Bu organizmdagi spesifik va nospesifik faktorlarga bog‘liq bo‘lib, bu infeksion kasalliklarning himoya faktorlari hisobla – nadi. Normal teri va shilliq pardalarning ko‘pchilik mikroorganizlarni o‘tkazmasligi, teri sekretlarida ham, me’daning kislotali shirasida mikro-organizmlarni o‘ldiradigan moddalar, qon va organizmning suyuqliklari, so‘laklardagi mikroorganizmlarni yemiruvchi ferment sistemalar nospesifik himoya omillari va organizmning immun sistemasi bo‘lib hisoblanadi. Organizmning yuqumli kasallikka qarshi kurashi qon va to‘qimalarda bo‘ladigan maxsus hujayralar ( fagotsitlar ) ning o‘sha kasal –liklar qo‘zg‘atuvchilarni qamrab oladi, yemirib yuborishi tufayli sodir bo‘ladigan hodisa fagotsitoz hodisasi deyiladi. Fagotsitoz hodisasining immunitet sistemasidagi roli shundan iboratki, fagotsitlar yot zarachalarni yutib, yemirib yuborishdan, antigenlarni tayyorlashda, ularni qayta ishlash va limfotsitlarga o‘tkazib berishda ishtirok etadi.
I.I. Mechnikov ko‘rsatib o‘tganidek, fagotsitlar reaksiyasi bu hujayra elementlarining fiziologik funksiyasi, bu organizmning patologik va fiziologik holatlarini kuzatadi.
Organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati faqatgina immun hosil qilish bilangina emas, balki odam tanasining anatomik va fiziologik xususiyatlariga, teri va shilliq pardalar, limfatik bezlar, ko‘z yoshida, jigarda hosil bo‘ladigan moddalarning mikroblarga tshsqinlik qilish xususiyatiga ham bog‘liqdir. Teri va shilliq parda ajralmalarida bakteritsid moddalarning mavjudligi, oshqozon shirasining o‘ziga xos xususiyatlari,qon va boshqa a’zolarda ( ko‘z yoshi, tupuk ) properdin, lizotsim kabi ferment sistemasining mavjudligi organizmning nospesifik himoya vositasini tashkil etadi. Garchi fagatsitoz va komplementlar maxsus immunologik reaksiyalarda ham ishtirok etsa-da, mazkur sistema insonning kasalliklarga qarshi kurashishida muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |