Аgglyutinatsiya reaktsiyasi ( RА ). Tuzlar ( natriy xloridning izotonik eritmasi ) bilan antitelo taʼsirida mikroorganizmlar va boshqa hujayralarning bir – biriga yopishib qolishi va choʼkmaga tushishi agglyutinatsiya hodisasi deyiladi. Аgglyutinatsiya reaktsiyasida ikki narsa ishtirok etadi: antitelo ( agglyutininlar ) –kasal odam yoki immunizatsiya qilingan jonivor zardobi; antigen – oʼldirilgan yoki tirik mikroorganizmlar va shunga oʼxshash hujayralardan tayyorlangan tortma; natriy xloridning distillangan suvda tayyorlangan 0,9 % li eritmasi.
Аgglyutinatsiya reaktsiyasini amalda ikki usuli mavjud: reaktsiyaning shisha buyum ustida kechishi va keng koʼlamli reaktsiya ( probirkada ).
Do'stlaringiz bilan baham: |