Toshkent farmatsevtika instituti


Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob



Download 5,51 Mb.
bet22/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari.

Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrofmuhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan, epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens) va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas, Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki avvaldan axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.

4,3-rasm
O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig‘ishtirib olish va tayyorlashning turli bosqichlarida — o‘simliklarni yig‘ish, dastlabki ishlov berish, quritish, yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish chog‘ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin.



O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish joyida namlikning belgilangan normadan oshib ketishi natijasida bo‘ziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil zamburug‘lar, chirituvchi, sellyo‘zalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik farmakologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hrsil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. CHunki dorivor moddalardan ferment chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogsnlarning hosil bo‘lishi natijasida ular o‘ta zaharli holatga kelib qolishi ham mumkin.

Agar odamlar Staphylococcus, Rseudomonas, Salmonella va boshqa mikroorganizmlar bilan zararlangan tibbiy preparatlarni ists’mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalar va xomashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko‘rishda quyidagi usuldan foydalaniladi.

Dorixonalarda tayyorlanadigan dorn-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qapday bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi:

1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.

2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiati.

  1. Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x. k.) saqlash shart-sharoitlari.

4) Dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari.
Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga suv yoki havo orqali o‘tishi, idishlar, dorixona xodimlarining qo‘llari, shuningdek, analiz noto‘g‘ri qilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv chog‘ida xam o‘tib qolishi mumkin.

Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

  1. mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish;

  2. dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri saqlash;

  3. tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va h. k.);

  4. xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish;

  5. dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak;

  6. agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda bunday dorilarga konservant qo‘shilishi lozim.


Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish