Sistinazani aniqlash uchun (Pizu sinamasi) sistin qo’shilgan probirkadagi ZA ustunchasiga tekshiriluvchi kultura sanchib ekiladi. Ekma 37°S da kelasi kungacha termostatga qo’yiladi. Chin bug’ma tayoqchalari sanchib ekilgan yunalishda qo’rg’oshin sulfid hosil bo’lishi natijasida muhit qorayadi, muhit sathidan 1 sm pastroqda qoramtir «bo‘lutcha» paydo bo’ladi.
Fermentativ xususiyatlari amaliyotda keng qo’llanilayotgan usullarda o’tkaziladi.
Corynobacterium diphtheriae qo’zg’atuvchisi boshqa difteroidlardan farqlanib toksigenlik xususiyatga, sistin aktivligiga ega va maxsus qon zardobi bilan AR musbat bo’ladi, Bundan tashqari qo’shimcha fermentativ xususiyatlari va epidemiologik jihatdan zarur bo’lsa fagotiplari o’rganilib yakuniy javob beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |