Bo’g’ma qo’zg’atuvchisini toksigenligini aniqlash. Buning uchun Petri kosachasidagi (tarkibiga 15 — 20% ot zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo’shilgan) oziqli sathiga, 5000 AE/ml tutuvchi bo’g’maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5X6 sm kattalikdagi filtr lentasi qo’yiladi.
Kosachalar 30 minut 37°S da termostatda turgandan so’ng tekshiriluvchi kulturadan qovo‘zloq bilan olinib, filtr qog’oziga perpendikulyar ravishda 0,6 -0,8 sm masofada pilakcha ko’rinishida ekiladi.(tekshirilayotgan kulturadan kamida 4-5 koloniya olib ekililishi kerak). Ikkinchi tomoniga kontrol sifatida ma’lum bo’lgan toksigen shtami ekiladi. Ekmalar 37°S da termostatga kelgusi kungacha qoldiriladi.
Bo’g’maning identifikasiya-sida qo’shimcha, ravishda sistinaza, ureaza sinamalari va agglyutinasiya qiluvchi bo’g’ma zardobi bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |