Uchinchi kesishuv KoQ∙H2 vodorodni tashqi tomonga oksidlanish uchun o`tkazib, 3-juft protonni ajratgan vaqtda boshlanadi. KoQ∙H2 ning 2 ta elektroni c2 va с sitoxromlari orqali tashqi tomondan membranada ko`ndalang joylashgan a va a3 sitoxromlari (sitoxromoksidazalarga) uzatadi.
Sitoxromoksidaza – nafas olish zanjiridagi kislorodni bog`laydigan yagona tashuvchi. Matriks tomondagi a3 sitoxromda kislorodning quyidagi tenglama bo`yicha qaytarilishi amalga oshadi: 2eˉ + ´O2 + 2H+ → H2O yoki 4eˉ + O2 + 4H+ → 2 H2O. Gidroksil ionlari va suv molekulalari hosil qilish uchun H+ ionlari mitoxondriya matriksidan olinadi.
Sitoxromoksidazalar faqatgina kislorodni qaytarmasdan, balki tashqi muhitga protonlarni ―itarib‖ chiqarish xususiyatiga ham ega. Yuzaga kelgan proton potentsiali fosforlanish jarayonida foydalaniladi.
6.14. Biologik oksidlanish reaktsiyalarida kislorodning iste`mol qilinish
Do'stlaringiz bilan baham: |